Magnit maydon a’zamjonova Zarina To’xtasin qizi
Download 14.36 Kb. Pdf ko'rish
|
A\'zamjonova Tezis
MAGNIT MAYDON A’zamjonova Zarina To’xtasin qizi TATU Farg‘ona filiali 623-22-guruh talabasi +998906313178 ANNOTATSIYA Tabiatda shunday tabiiy metall birikmalari mavjudki, ular ba‘zi bir jismlarni o‘ziga tortishi xususiyatiga ega. Jismlarning bunday xossasi ular atrofida maydon mavjudligini bildiradi. Bunday maydonni magnit maydon deb atash qabul qilingan. O‘z atrofida magnit maydon uzoq vaqt yoqotmaydigan jismlarni doimiy magnit yoki oddiygina magnit deb ataymiz. Kalit so‘zlar: Amper kuchi, Lorens kuchi, magnit maydon, uyurmaviy maydon, magnit oqimi. KIRISH Doimiy magnitning magnit tasiri eng kuchli bo‘lgan joyi magnit qutubi deyiladi. Har qanday magnit ikkita shimoliy va janubiy qutublari mavjud bo‘ladi. Ikkita magnit strelkasi bir-biriga yaqinlashtirilsa, ularning ikkalasi ham burilib, qarama-qarshi qutblari bir-biriga ro‘para kelib to‘xtaydi.Bu hol magnitning jismlar orasida o‘zaro tasir mavjudligini anglatadi. Ular maydon kuch chiziqlari bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. Kuch chiziqlari berk bo‘lgan maydonlar uyurmaviy maydonlar deyiladi. Magnit maydon uyurmaviy maydon ekan shu xususiyati bilan magnit maydon kuch chiziqlari elektr maydon kuch chiziqlari elektr maydon kuch chiziqlaridan farq qiladi. Magnit maydonnning biror nuqtasining kuch xarakteristikasini tavfsivlovchi fizik kattalik magnit maydon induksiyasi deb ataladi. Magnit maydon induksiyasi vector kattalik bo‘lib B harfi bilan belgilanadi. Magnit maydon induksiyasi birligi qilib XBS da Serbiya fizigi Nikola Teslaning sharafiga Tesla atash qabul qilingan. Magnit oqimi. Biror sirtini kesib o‘tayotgan magnit maydon kuch chiziqlari sonini tavsiflash uchun magnit oqimi degan tushuncha kiritilgan. S yuzadan o‘tayotgan magnit induksiya oqimi deb, magnit induksiya vektorning yuzaga ko‘paytmasiga aytiladi: Ta‘rifga ko‘ra, magnit oqimi ifodasini quyidagicha yozamiz: F=B*S, Magnit maydon induksiyasi 1 T ga teng bo‘lgan magnit maydonning Induksiya chiziqlari tik qo‘yilgan 1m2 yuzasini kesib o‘tayotgan magnit oqimi 1Wb ga teng. Lorens kuchi yo‘nalishi chap qo‘l qoidasi yordamida aniqlanadi. Agar chap qo‘lning kaftiga magnit induksiyasivektorini tik tushadigan va ko‘rsatkich barmoqlari yo‘nalishi musbat zaryad harakatining yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lsa, u holda 90 gradusga ochilgan Lorens kuchining yo‘nalishini ko‘rsatadi. XULOSA Xulosa qilib aytganda kiritilgan tokli o‘tkazgichga magnit maydon tomonidan ta’sir qiluvchi Amper kuchi, o‘tkazgichning shu qismidagi har bir zarraga magnit maydon tomonidan ta’sir qilayotgan kuchlarning yig‘indisidan iborat deb qarash mumkin. Magnit va elektr maydon ta’sirida vakuumda harakatlanayotgan zaryadli zarralarni massalari bo‘yicha tarkibiy qismlarga ajratuvchi asbob massaspektrometr deb ataladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. N.Sh.Turdiyev. Fizika. Umumta’lim maktablarining 8-sinf uchun darslik. T.: “Turon-Iqbol”, 2006 2. А. Ниғмонхўжаев, К.А. Турсунметов ва б. Физика III. – Т.: «Ўқитувчи», 2001. – 352 б. 7. К.А. Турсунметов ва б. Физикадан масалалар тўплами. – Т.: «Ўқитувчи», 2005. (4 та нашр) – 216 б. 3. Т.М. Оплачко, К.А. Турсунметов. Физика II – Т.: «Илм зиё», 2006– 2017. – 208 б. 4. A. No‘monxo‘jayev, A. Husanov, J. Usarov va b. Fizika. Optika. Kvant fizikasi. Atom va yadro fizikasi. – T.: «O‘qituvchi» NMIU. – 2004. 5. К.А. Турсунметов ва б. Физика. Маълумотнома. – Т.: «O‘zbekiston», 2016. – 176 б. Download 14.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling