Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar


Download 0.52 Mb.
bet18/113
Sana28.09.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1688773
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   113
Bog'liq
Energetikasining-hozir.org

paramagnetiklar deyiladi.
Paramagnetiklarga platina, alyuminiy, xrom, marganes, kislorod kabi moddalar kiradi. Magnit maydonga kiritilgan paramagnetiklar maydonni qisman kuchaytiradi.
Magnit singdiruvchanligi birdan juda katta (μ >> 1) bo‘lgan moddalar ferromagnetiklar deyiladi. Temir, nikel, kobalt va ularning ba’zi qotishmalari ferromagnetiklardir. Magnit maydonga kiritilgan ferromagnetiklar uni kuchaytiradi.
Bunday moddalardan yasalgan jismlarni magnit maydoniga kiritilganda maydonga yaqinlashadi (2.7-rasm).


2.7-rasm.
Ferromagnetiklar tabiatda uncha ko‘p bo‘lmasa-da, ular hozirgi zamon texnikasida keng qo‘llaniladi. Masalan, transformator, tok generatori, elektrodvigatel va boshqa qurilmalarning o‘zaklari ferromagnit materiallardan yasaladi. Keyingi paytlarda doimiy magnitlar tibbiyotda ham keng qo‘llanilib kelmoqda. Ulardan qon bosimini pasaytiruvchi moslama sifatida qo‘lga taqiladigan bilaguzuk tayyorlanmoqda.


    1. Magnetiklar deb nimaga aytiladi?


    2. Magnit singdiruvchanlikning fizik ma’nosini tushuntiring.


    3. Tabiatdagi moddalar magnit singdiruvchanligiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?


    4. Feromagnetiklarning texnikada qo‘llanishiga doir misollar keltiring.

Masala yechish namunasi

Magnit maydon induksiyasi 0,50 T bo‘lgan o‘zaksiz g‘altakka magnit singdiruvchanligi 60 ga teng bo‘lgan ferromagnit kiritildi. G‘altak ichida magnit maydon induksiyasi qanchaga o‘zgaradi?


Formulas i: Yechilish i:


B = μ · B0
B = μ · B0B0

B = (60 · 0,5–0,5) T = (30–0,5) T = 29,5 T.




Javobi:B = 29,5 T.




      1. Download 0.52 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling