Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar


Nur sindirish ko‘rsatkichining yorug‘lik to‘lqin uzunligiga bog‘liq- ligiga dispersiya deyiladi


Download 0.52 Mb.
bet52/113
Sana28.09.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1688773
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   113
Bog'liq
Energetikasining-hozir.org

Nur sindirish ko‘rsatkichining yorug‘lik to‘lqin uzunligiga bog‘liq- ligiga dispersiya deyiladi.

Bu – dispersiyaga berilgan ikkinchi ta’rifdir. Bundan prizmadan o‘tgan nurlar nima uchun turli burchakka og‘ishi sababini tushunib olsa bo‘ladi. Demak, qizil nurlarning har qanday muhitdagi tezligi binafsha nurnikidan katta bo‘ladi. Masalan, suvda uq = 228 000 km/s, ub = 227 000 km/s, uglerod


sulfitda uq = 185 000 km/s, ub = 177 000 km/s. Vakuumda yorug‘lik dispersiyasi
bo‘lmaydi, chunki unda hamma yorug‘lik to‘lqinlari bir xil tezlik bilan
tarqaladi.
1807-yilda ingliz fizigi Tomas Yung qizil, yashil va zangori ranglarni kombinatsiyalab, oq rangni olish mumkinligini isbotlaydi. Shuningdek, qizil, yashil va zangori ranglarni kombinatsiyalab, boshqa ranglarni olish mumkin (4.22-rasm).
4.22-rasm.
Qizil, yashil va zangori ranglarni Yung birlamchi nurlar deb ataydi. Shu birinchi ranglarning birortasini boshqa hech qanday ranglarning kombinatsiyasidan olish mumkin emas. Buni ekranga qizil, yashil va zangori rangli yorug‘likni tushirib oson tekshirish mumkin. Barcha uchta rang birlashgan yoki qo‘shilgan joyda oq rang hosil bo‘ladi. Qizil rang bilan
zangori rang qo‘shilganda – qoramtir; qizil va yashil rang qo‘shilganda sariq rang yuzaga keladi. Hozirgi zamon televizorlarida va kompyuter ekranlarida rangli tasvir mana shu uchta rangning qo‘shilishidan hosil qilinadi.
Turli yorug‘lik manbalaridan chiqqan yorug‘likni prizmadan o‘tkazib ko‘rilsa, birortasi ham (lazerdan tashqari) monoxromatik, ya’ni aynan bitta chastotaga ega bo‘lgan nurni chiqarmas ekan. Qizdirilgan moddalar ham o‘ziga xos spektrdagi nurlarni chiqaradi. Ularning spektrini uch turga ajratish mumkin.
Tutash spektr. Quyosh spektri yoki cho‘g‘lanish tolali lampochkadan chiqqan yorug‘lik tutash spektrga ega bo‘ladi. Modda qattiq yoki suyuq holatda bo‘lganida hamda kuchli siqilgan qazlar chiqargan yorug‘lik tutash spektrga ega bo‘ladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling