Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar


Tabiiy radioaktivlik deb, nostabil izotoplar atomi yadrolarining turli zarralar chiqarish va energiya ajratish bilan stabil izotoplarga aylanishiga aytiladi


Download 0.52 Mb.
bet95/113
Sana28.09.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1688773
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113
Bog'liq
Energetikasining-hozir.org

Tabiiy radioaktivlik deb, nostabil izotoplar atomi yadrolarining turli zarralar chiqarish va energiya ajratish bilan stabil izotoplarga aylanishiga aytiladi.

Shunday qilib, radioaktivlik atom yadrosi va unda bo‘ladigan jarayonlar


haqida ma’lumot beruvchi manbalardan biridir.
Radioaktiv yemirilish qonuni. Yadroning radioaktiv nur chiqarish bilan boshqa yadroga aylanishi radioaktiv yemirilish yoki soddagina yemirilish deyiladi. Radioaktiv yemirilgan yadro ona yadro, hosil bo‘lgan yadro esa bola yadro deyiladi. Xo‘sh, bu yemirilish biror qonunga bo‘ysunadimi? Ko‘plab tajribalarning ko‘rsatishicha, qaralayotgan hajmdagi radioaktiv atomlar soni vaqt o‘tishi bilan kamaya boradi. Ba’zi elementlarda bu kamayish minutlar, hatto sekundlar davomida ro‘y bersa, ba’zilarida milliardlab yil davom etadi. Umuman olganda, yadroning yemirilishi tasodifiy hodisadir. Shuning uchun, u yoki bu yadroning berilgan vaqt oralig‘ida yemirilishi statistika qonunlariga bo‘ysunadi. Radioaktiv elementning asosiy xarakteristikalaridan bittasi har bir yadroning bir sekund davomida yemirilish ehtimoli bilan aniqlanadigan kattalikdir. U λ harfi bilan belgilanadi va radioaktiv yemirilish doimiysi deyiladi.
Agar boshlang‘ich moment t = 0 da N0 ta radioaktiv atom mavjud bo‘lsa, t
momentda qolgan radioaktiv atomlarning soni

0
N = N e–λt (7 –12)


qonunga muvofiq aniqlanadi. Bu yerda: e ≈ 2,72-natural logarifmning asosi.
(7–12) ifoda radioaktiv yemirilish qonuni deyiladi.
Yarim yemirilish davri. Radioaktiv yemirilish intensivligini xarakterlovchi kattaliklardan biri yarim yemirilish davridir. Yarim yemirilish davri T deb, boshlang‘ich yadrolarning soni o‘rtacha ikki marta kamayishi uchun zarur bo‘ladigan vaqtga aytiladi.

2
Agar t = T bo‘lsa, unda N = N0


N0
2
va radioaktiv yemirilish qonuniga muvofiq:

0
= N = N e–λT.



Ushbu formulani potensirlab quyidagini olamiz:


λT = ln2 yoki T = 𝑙n2 = 0,693

(7 –13)


ni hosil qilamiz.

𝜆 𝜆

Turli izotoplar uchun yarim yemirilish davri juda keng intervalda o‘zgaradi. U uran uchun 4,56 mlrd. yilga teng bo‘lsa, poloniy izotopi uchun bor-yo‘g‘i 1,5 · 10–4 s ni tashkil qiladi.


Radioaktiv yemirilish qonuni quyidagicha ham ifodalanishi mumkin:
t

N = N0 · 2 T , (7–14)
bu yerda: T – yarim yemirilish davri.
Aktivlik. Radioaktiv manbaning aktivligi (A) deb, 1 s dagi parcha-
lanishlar soniga aytiladi:

dt
A = dN , (7–15)
Aktivlikning SI dagi birligi – Bekkerel (Bk) deb, 1 s da 1 ta parchalanish ro‘y beradigan aktivlikka aytiladi. 1 Bk = 1 parch./1 s = 1 s–1. Hozirgacha yadro fizikasida sistemaga kirmaydigan nuklid aktivligining birligi – kyuri (Cu) qo‘llaniladi: 1 Cu = 3,7 · 1010 Bk.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling