Magnit maydon harakatlanayotgan elektr zaryadlarga va


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
Sana22.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1220182
Bog'liq
Magnit maydon - Vikipediya



Magnit maydon
harakatlanayotgan elektr zaryadlarga va
magnit momenpish jismlarga taʼsir
qiladigan kuch maydoni
Magnit maydon — harakatlanayotgan
elektr zaryadlarga va magnit momenpish
jismlarga taʼsir qiladigan kuch maydoni.
M. Faradey birinchi marta 1845-yilda
fanga kiritgan. U elektr oʻzaro taʼsirlar
ham, magnit oʻzaro taʼsirlar ham yagona
moddiy maydon yordamida amalga
oshadi, deb hisoblagan. Elektromagnit
maydonning klassik nazariyasini J.


Maksvell yaratgan (1873). Oʻzgaruvchi
Magnit maydon oʻzgaruvchi elektr
maydon bilan uzviy bogʻlangan. Magnit
maydon harakatdagi elektrlangan jismlar,
elektr tokli oʻtkazgichlar va magnitlangan
jismlar atrofida hosil boʻladi (rayemga
q.). Elektr toki hosil qiladigan Magnit
maydon Bio— Savar — Laplas qonuniga,
Magnit maydon ning elektr tokiga taʼsiri
esa Amper qonuniga asosan aniqlanadi.


Magnit maydon mikrodunyo hodisalarida,
kosmik obʼyektlarda ham kuzatiladi.
Mikrodunyo hodisalaridagi Magnit
maydon, asosan, barcha zarralarning
magnit momentga ega boʻlishligiga,
harakatlanuvchi elektr zaryadiga Magnit
maydon koʻrsatadigan taʼsirga bogʻliq.
Bular esa moddalardagi paramagnetizm,
Hans Christian Ørsted
, Der Geist in der Natur, 1854


diamagnetizm, ferromagnetizm,
antiferromagnetizm, magnit rezonans,
magnitooptika hodisalari, Faradey effekti
kabi hodisalarni yuzaga keltiradi.
Harakatlanuvchi elektr zaryadi Magnit
maydon da tekis aylanma (vint chizigʻi
boʻyicha) harakat qiladi. Magnit
maydonning ayrim joylarida elektr
zaryadlarning harakat yoʻnalishi qarama-
qarshisiga oʻzgarishi mumkin. Magnit
maydonning bunday joylari magnit
koʻzgular deyiladi. Magnit maydon
taʼsirida atom ichidagi elektronlar
qoʻshimcha harakat qiladi. Atomning
nurlanishi Magnit maydon taʼsirida
oʻzgaradi (qarang Zeyeman effekti).


Jismda tarqaluvchi yorugʻlikning
qutblanish tekisligi Magnit maydon
taʼsirida maʼlum burchakka buriladi
(Faradey effekti). Yer, Quyosh singari
koʻpgina moddiy sistemalar Magnit
maydon ga ega. Quyosh dogʻlari kuchli
Magnit maydon bilan bogʻlangan.
Quyoshdagi oʻzgarishlar natijasida Yer
Magnit maydonning kuchli gʻalayonlanishi
— magnit boʻronlari hosil buladi.
Kosmosni oʻzlashtirish, yadrolarni sintez
qilish, plazma fizikasi va boshqa
sohalardagi fan va texnika masalalari
Magnit maydon ni oʻrganish bilan bogʻliq.
Magnit maydon, asosan, kucheiz (500
Gs), oʻrtacha (500 Gs dan 40 kGs gacha),
kuchli (40 kGs dan 1 MGs gacha) va oʻta


kuchli (1 MGs dan yuqori) xillarga
boʻlinadi. Kuchsiz va oʻrtacha Magnit
maydondan elektronika, elektrotexnika
radiotexnikada, shuningdek, 500 Gs dan
40 kGs gacha boʻlgan Magnit maydondan
zaryadli zarralar tezlatkichlari, Vilson
kamerasi, pufakli kamera, mass-
spektrometr kabi kurilmalarda
foydalaniladi. Kuchli va oʻta kuchli Magnit
maydon, asosan, qattiqjismlar fizikasida,
ferromagnetizm va antiferromagnetizm
xossalarini oʻrganishda,
magnitogidrodinamik generator va
boshqalarda ishlatiladi. Kucheiz va
oʻrtacha Magnit maydon doimiy
magnitlar, elektr magnitlar, oʻta
oʻtkazuvchi magnitlar, solenoidlar (elektr


toki utkazgichi) yordamida, kuchli Magnit
maydon yoʻnaltirilgan portlatish usulida
olinadi (oxirgi usulda mis quvur ichida
oldindan kuchli impulyeli Maghhhhjnit
maydon hosil qilinadi va u kuchli
portlashning radial bosimiga duch"r
qilinadi)
[1]
.
Elektromagnit maydon
Elektr maydon
1. 
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Yana q.
Manbalar


Parsell E., Elektrichestvo i magnetizm
[per. s angl.], M., 1971;
Landau L. D., L i f sh i s Ye. M., Teoriya
polya, 6 izd., M., 1973 [Teoreticheskaya
fizika, t.2|.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyotlar


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 11:30 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Magnit_maydon&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Magnit_maydon&oldid=2847088
" dan olindi


boʻlsa).

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling