Ushbu hujjatda mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari, bir qator yangi qonun-qoidalar joriy etilishi ko’rsatib o’tildi. Bundan asosiy e’tibor fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yagona shaffof qulay tizim asosida muvofiqlashtirish, shuningdek mahallalarning davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o’zaro xamkorligini yanada mustaxkamlashga qaratildi. Kengashlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash, sohada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish bo’yicha ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Respublika kengashi va xududiy kengashlar raislarining birinchi o’rinbosarlari bir vaqtning o’zida “Maxalla” fondining tegishincha Respublika boshqaruvi hamda xududiy bo’lim va bo’linmalariga raislik qilishlari haqidagi tashabbus qo’llab-quvvatlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |