Mahalla tarixi 1


Download 119.63 Kb.

Sana14.07.2018
Hajmi119.63 Kb.

Mahalla tarixi

1

 

 

Dastlabki  insonparvarlik  g‘oyalari  zardushtiylik  dinining  muqaddas  kitobi 

bo‘lmish  «Avesto»dan  o‘rin  olgan.  Unda  to‘rtta  asosiy  masalalar,  ya’ni 

insonlarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi, inson huquqlarining ustuvorligi, xususiy 

mulk  hamda  insonlarning  jamiyat  va  davlat  boshqaruvidagi  faol  ishtirok  etishi 

alohida ajratib ko‘rsatiladi.  

Aynan  «Avesto»da  ilk  jamoaviylikning  paydo  bo‘lishi  va  rivojlanishi, 

insonlarning  jamoa  bo‘lib  yashash  tarzi,  ular  o‘rtasidagi  munosabatlar,  jamoa 

hayotiga  bog‘liq  masalalarni  birgalikda  hal  etish,  davlat  va  jamiyat  o‘rtasidagi 

munosabatlar va boshqa shu kabi masalalar tartibga solingan. 

Xususan, unga ko‘ra nmana katta patriarxal oilani, bir necha nmanalarning 

birikuvi,  urug‘  jamoasi  ya’ni  visni  tashkil  etgan.  Muayyan  hududdagi  qo‘shni 

vislar birikuvidan varzana – hududiy qo‘shnichilik jamoasi, ularning uyushuvidan 

zanti – qabila yuzaga kelgan.  

Qabilalarning  o‘zaro  birlashuvi  esa  daxiyuni,  ya’ni  qabilalar  ittifoqini 

vujudga keltirgan. Buning isbotini bronza davrining yodgorligi bo‘lgan Sopollitepa 

qishlog‘i  tarixida  ko‘rish  mumkin.  Qishloq  o‘troq  dehqonchilik  xo‘jaligi  asosida 

tashkil  topgan 8  ta katta  oila  jamoasi bo‘lib, ularni  8 ta  oqsoqol boshqargan, ular 

birligidan Oqsoqollar Kengashi tuzilgan.  

Ushbu  tuzilma  va  uning  tarkibi,  «Avesto»da  bayon  etilgan  davlatni 

boshqaruv tizimiga aynan mos keladi. Unda ilk jamoaviylikning paydo bo‘lishi va 

rivojlanish  bosqichlarining  qayd  etilishi  bilan  bir  qatorda,  mazkur  jamoa 

yetakchilari  ma’lum  bir  vakolatlarga  ham  ega  bo‘lganligini  ham  kuzatishimiz 

mumkin.  

Jumladan, mazkur davrda ishlab chiqarish, jamoalarni boshqarish saylangan 

oqsoqollar  qo‘lida  bo‘lib,  ular  jamoa  hayoti  bilan  bog‘liq  barcha  ishlarni 

Oqsoqollar Kengashi orqali hal etishgan.  

                                                           

1

 Изоҳ: Маҳалла тарихига оид ушбу маълумотлар соҳада илмий ва амалий тадқиқотлар олиб бораётган 



олимларнинг фикр-мулоҳазалари асосида тайёрланган. 

Oqsoqollar  Kengashining  mahalliy  ahamiyatga  molik  ishlarni  bajarishdagi 

vakolatlari g‘oyatda keng bo‘lib, uni qo‘lida jamoaning kundalik ishidagi xo‘jalik 

muammolarini 

hal 


etish 

bilan 


birga 

diniy  


va dunyoviy hokimiyat ham to‘plangan.  

Boshqaruv  tizimiga  ko‘ra,  jamoa  tomonidan  oqsoqol  ayni  paytda,  

o‘z oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq bo‘lgan. Urug‘-qishloq oqsoqoli 

esa,  Oqsoqollar  Kengashining  boshlig‘i  bo‘lishi  bilan  bir  qatorda  butun  qishloq 

aholisining ham boshlig‘i hisoblangan va o‘z navbatida, Oqsoqollar Kengashining 

boshlig‘i  qishloqda  istiqomat  qiladigan  jamoaning  manfaatlarini  himoya  qilishga 

qaratilgan bir qator vakolatlarni amalga oshirgan. Boshqacha aytganda, bu davrda 

davlatning shakllanishida mahalla hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qilgan.  

Bundan tashqari, miloddan avvalgi III asrdan to milodiy V asr boshlarigacha 

qadimgi Parkana (Fag‘ona) davlatida ham jamoalar hayoti bilan bog‘liq masalalar 

ham oqsoqollar kengashi orqali hal etilgan.  

O’sha  davrdagi  jamoa  birlashmalari,  ya’ni  mahalla  deganda,  bir  necha 

oilani  birlashtirgan,  muayyan  hududni  makon  tutgan,  diniy,  madaniy  qadriyatlar 

bilan  ajralib  turadigan  ijtimoiy  tuzilma  tushunilgan.  Albatta  ularning  faoliyatida 

urug‘chilik munosabatlari ustunlik qilib turgan.  

Bu  davrda  jamoalarning  manfaatlari  birinchi  o‘ringa  qo‘yilib,  bevosita 

ularning  manfaatlari  oqsoqollar  kengashi  tomonidan  himoya  qilingan  va  ular 

mahalliy  ahamiyatga  molik  masalalarni  hal  etishda  mustaqil  bo‘lgan.  Bu  esa  o‘z 

navbatida,  butun  tarix  davomida  mahalla  insonlar  bilan  birga,  ularning  yaxshi  va 

yomon  kunlarida  hamnafas  bo‘lib,  muhtojlar,  zaiflarga  yordam  qo‘lini  cho‘zib 

kelish vakolatlariga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.  

Mahalla instituti va u tomonidan amalga oshirilgan vakolatlar masalasi O’rta 

asrlarda 

ham 


o‘zining 

munosib 


o‘rniga 

ega 


bo‘lgan.  

Shu  sababli,  ushbu  masalalar  o‘tmishdagi  Sharq  mutafakkir  –  olimlar,  davlat  va 

jamoat arboblarining ham e’tiboridan chetda qolmagan.  

Xususan, Sharq mutafakkirlari Muhammad Muso al-Xorazmiy, Muhammad 

al-Farg‘oniy,  Abu  Nasr  Forobiy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Yusuf 


Xos  Hojib,  Abu  Ja’far  Narshaxiy,  Mahmud  Qoshg‘ariy,  Amir  Temur,  Alisher 

Navoiy,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  kabi  buyuk  allomalar  asarlarida  adolatli 

jamiyat va insonning qadr-qimmati ulug‘lanishi bilan bir qatorda jamoa (mahalla) 

bo‘lib  yashash  tarzi,  uning  jamiyat  hayotidagi  o‘rni,  jamoa  tomonidan  amalga 

oshiriladigan 

vazifa  


va  vakolatlari  to‘g‘risida  ko‘proq  fikr-mulohazalarni  uchratish  mumkin.  

Bu  fikrlar  hamma  vaqt  ham  insoniyatning  e’tiborini  o‘ziga  jalb  qilib  kelgan  va 

uning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.  

Jumladan,  biz  savdo-hunarmandchilik  mavzelarini  ifodalovchi  «mahalla» 

atamasini  birinchi  marta  sharq  ilk  uyg‘onish  davri  mutafakkirlaridan  bo‘lgan 

Mahmud  Qoshg‘ariyning  «Devonu  lug‘otit  turk»  asarida  uchratamiz.  Bu  davrda 

ushbu institutning asosiy vakolati – aholining turmush faoliyatini jamoa doirasida 

ijtimoiy-hududiy  jihatdan  tashkil  etishdan  iborat  bo‘lgan.  Shuningdek,  o‘zini  o‘zi 

boshqarish  organlarining  mavjudligi,  faoliyati  va  ularning  tashkiliy  vazifa  

va  vakolatlari  xususida  Yusuf  Xos  Hojibning  «Qutadg‘u  bilig»  asarida  ham 

uchratishimiz mumkin. 

Xususan, u o‘z asarida ezgulik jamiyati va unga erishish yo‘llarini ko‘rsatib 

o‘tadi.  Uning  fikricha,  insonda  to‘rt  holat,  ya’ni  «abadiy  tiriklik»  –  bu  inson 

ruhining  mumtoz  bir  ruhga  aylanishi  (komillashishi);  «abadiy  yoshlik»  – 

ko‘ngilning hamisha sir-asror uchun uyg‘oq turishi; «doimiy sog‘liq» – insonning 

hamisha barcha masalada o‘z fikriga, qarashiga ega bo‘lishi; «tuganmas boylik» – 

cheksiz bir ma’naviyatga ega bo‘lish mujassamlanadi. 

Qadimgi Sharqning taniqli mutafakkirlaridan biri Abu Ja’far Narshaxiy IX 

- asrda yozgan «Buxoro tarixi» asarida esa, Buxoroda bundan 1100 yil ilgari 19 ta 

katta-katta 

mahallalar 

mavjud 

bo‘lganligi,  



bu  mahallalar  o‘zini  o‘zi  idora  qilib,  o‘z  vakolatlariga  ega  bo‘lganligi,  

bu Qadimgi Sharq mamlakatlari, jumladan, O’zbekiston hududida vujudga kelgan 

ilk  davlatlar  va  ularning  boshqaruv  faoliyatida  ham  yorqin  ifodasini  topganligini 

ta’kidlab o‘tgan.  



U  o‘z  asarida  «Kuyi  Alo»,  «Kuyi  bikor»,  «Kuyi  rindon»,  «Samarqand 

darvoza»,  «Faxsodara  darvoza»,  «Gardun  Kashon»,  «Darvozayn  Mansur»,  «Kuyi 

dehqon»,  «Kuyi  Mukon»,  «Kuyi  Kox» kabi o‘ndan ortiq  mahallalar bo‘lganligini 

va ular hududlardagi muammolarni hal qilish vakolatlariga ega bo‘lganligini qayd 

qilib o‘tgan. Bu borada L.Levitin ta’kidlaganidek, «Hozirgi O’zbekiston hududida 

bo‘lgan  shaharlardagi  mahallalarning  ayrim  mavzelari  o‘sha  paytlardayoq  shu 

qadar katta edilarki, ularni shaharning mustaqil qismi sifatida ko‘rib chiqish mum-

kindir. Mahallaga obro‘li shaxslar – umumiy yig‘ilishda saylanadigan shayx yoxud 

yuzboshi rahbarlik qilar edi. Har bir mahalla o‘zining ko‘kalamzor hududida mas-

jid  va  choyxona  joylashgan  jamoatchilik  markaziga  ega  bo‘lgan.  Mahalladagilar 

har xil turdagi jamoat ishlari o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan umumiy asbob-anjom-

larga ega bo‘lishgan». 

Keyinchalik  mahalla  va  u  tomonidan  amalga  oshirilgan  vakolatlar  masalasi 

X-XIII  asrlarda  Sharq  mutafakkir  olimlarining  ham  asarlarida uchraydi.  Xususan, 



Beyhaki  o‘zining  «Ma’sud  tarixi»  asarida  rais  (hokimi)ning  buyrug‘iga  asosan 

bayramlarni  o‘tkazish,  obodonlashtirish  ishlari  bilan  shug‘ullanish,  jamoa  bo‘lib 

shahar 

devorlarini 



ta’mirlash  

va  hatto  harbiy  sport  o‘yinlari  hamda  musobaqalar  oqsoqollar  ishtirokida 

o‘tkazilganligi bayon etiladi.  

Ko‘rinib  turibdiki,  bu  davrda  mahallalar  obodonlashtirish,  hasharlar 

uyushtirish, 

hududdagi 

turli 

ma’naviy-ma’rifiy 



tadbirlarni 

o‘tkazish  

va shu kabi vakolatlarga ega bo‘lgan.  

Ta’kidlash  kerakki,  O’zbekiston  hududida  X  asrdayoq  «mahalla»  atamasi 

savdo-hunarmandchilik  kasblarini  belgilovchi  atama  sifatida  uchraydi.  Bu 

davrlarda  mahalla  uch  asosiy  yo‘nalishda  o‘z  vakolatiga  ega  bo‘lgan.  Xususan, 

shahar  hududini  orasta  saqlash,  tegishli  hududda  istiqomat  qiluvchi  aholi  joyi 

hamda  mahalliy  aholining  turmush  tarzini  to‘g‘ri  tashkil  etilishini  ta’minlash, 

davlat  va  mahalliy  tadbirlarni  o‘tkazishda  ularga  rahbarlik  qilish  borasidagi 

vakolatlarni amalga oshirgan. 



Abu  Nasr  Farobiy  bundan  1100  yil  oldin  Sharqda  ilk  bor  «davlat», 

«jamiyat»,  «boshqaruv»  singari  ijtimoiy  tushunchalarni  falsafiy  jihatdan  talqin 

qilgan. U o‘zining asarida: «Har bir inson tabiatdan shunday tug‘ilganki, u yashash 

va  oliy  darajadagi  yetuklikka  erishmoq  uchun  ko‘p  narsalarga  muhtoj  bo‘ladi, 

ammo  bir  o‘zi  bunday  narsalarni  qo‘lga  kirita  olmaydi.  Ularga  ega  bo‘lish  uchun 

insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun 

holda,  ularning  har  biriga  yashash  va  yetuklikka  erishuv  uchun  zarur  bo‘lgan 

narsalarni  yetkazib  beradi.  Shuning  uchun  inson  shaxslari  ko‘paydilar  va  yerning 

aholi yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi», deb 

e’tirof etgan. 

Shuningdek,  u  fozil  shahar  (davlatni)  ijtimoiy  uyushishning  yetuk  shakli, 

insoniyat  kamolotga  erishuvining  zaruriy  vositasi,  deb  hisoblab,  dunyoda  yagona 

inson jamoasini tuzish haqida orzu qilgan.  

Mutafakkir  o‘zining  siyosiy  va  huquqiy  qarashlarida  «fozil  shahar»,  ya’ni 

mahalla,  davlat  qurilishi  muammolariga  e’tiborini  qaratganligini,  buni  jamoa 

boshqaruvi  deb  bemalol  atasa  bo‘lishini,  zotan,  fozil  shahar  –  davlat  (demak, 

mahalla  ham)  fozil  jamoa,  unda  yashovchilarning  tabiatiga  mos  birlashma  – 

uyushma bo‘lgandagina boshqaruv va birlashuvning jamoa tizimiga ega bo‘lishini 

ta’kidlaydi. Bu davrda mahallalar el-ulus uchun erkinlik, ozodlik sari yo‘l ochgan 

va bu erkinlik va ozodlikdan qay darajada foylanishni o‘rgatgan.  

Bu  olimning  fikrlari  Abu  Ali  ibn  Sino  asarlarida  rivojlantirildi.  Ibn  Sino 

rahbar  xalqsiz  bo‘la  olmaganidek,  xalq  ham  rahbarsiz  bo‘la  olmaydi,  deb 

hisoblaydi.  U  o‘zining  «Uy  xo‘jaligi  to‘g‘risida»gi  traktatida  boshqaruv  (ilm)ga 

alohida  to‘xtalib,  uni  insondan  juda  katta  aql,  iroda  va  mehnat  talab  etuvchi  juda 

muhim  ilm  deb  hisoblaydi.  «Insonlar  jamoa  bo‘lib,  yashashlari  uchun  o‘zaro 

muloqotda,  turli  munosabatda  bo‘lishlari,  bir-birlarining  ehtiyojlarini  qondirish 

uchun  xizmat  qilishlari  va  umumiy  intilish,  maqsadga  ega  bo‘lishlari  lozim». 

Ushbu  fikrlardan  ham  ko‘rinib  turibdiki,  bu  davrlarda  mahallalar  insonlarning 

ehtiyojlarini  qondirish,  ya’ni  ularning  huquqlarini  himoya  qilishga  qaratilgan 

vakolatlariga ega bo‘lgan. 



Abu Rayxon Beruniy bundan ming yil avval yaratgan «Hindiston» asarida 

jiddiy  ilmiy  tadqiqotlar  qilish  bilan  birga  bu  mamlakat  tarixi,  geografiyasi 

etnografiyasi haqida boy ma’lumotlarni yozar ekan, muhim bir fikrni aytadi: «Har 

bir  xalqning  udumlari  ko‘p  yillar  tajribadan  o‘tgan  o‘sha  xalqning  yashash  tarzi, 

dunyoqarashi  bilan  uyg‘unlashib  ketgan»  –  degan  qarashlarni  bildiradi.  Bundan 

ko‘rinib  turibdiki,  bu  paytda  mahallalar  aholining  yashash  tarzida  vujudga 

keladigan barcha mahalliy ahamiyatga molik masalalar bilan shug‘ullangan.  

Shuningdek,  Beruniy  kishilik  jamiyati,  insonlar  uyushmasining  vujudga 

kelishi  ta’limotini  yoqlaydi.  Uning  fikricha,  insonlar  ehtiyoj  tufayli  birga 

yashashga  ishtiyoq  sezadilar.  «Hamma  gap  shundaki,  (inson)  ehtiyojlarining 

ko‘pligi  va  himoya  vositalaridan  mahrum  bo‘lganda  chidamsizligi  hamda 

dushmanlarning  serobligi  orqasida,  o‘zaro  qo‘llab-quvvatlash  va  har  biri  o‘zini 

ham,  boshqalarni  ham  ta’minlaydigan  ishni  qilish  maqsadlarida  o‘z  hamtovoqlari 

bilan jamiyat bo‘lib birlashishga majbur bo‘lgan edi». 

Sharqning  buyuk  shoiri  Alisher  Navoiy  ham  o‘z  asarlarida  jamiyat  

va  inson  munosabatlarining  etnik  va  estetik  muammolariga  e’tiborini  qaratgan.  U 

o‘zining  «Xayratul  –  abror»  asarida  Hirot  shahrini  100  ta  shaharchadan  – 

mahallalardan  tashkil  topgan  go‘zal  joy  deb  talqin  qiladi.  Mahallalarning 

hududlari,  har  bir  mahallalarda  fuqarolarning  hayot  kechirishi,  faoliyati  bilan 

bog‘liq  binolar:  masjid,  bozor,  choyxona,  do‘kon,  hammom,  sartaroshxonalar  va 

boshqalar haqida bayon qiladi. 

U o‘zining «Majolisun-nafois» tazkirasida mahallaning hayotda tutgan o‘rni 

va  nufuzi,  mahalladoshlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  hurmat,  tenglik,  shohu-gadoning  bir-

biriga bo‘lgan munosabatida g‘amxo‘rlik qadrlanganligini yozadi.  

Bundan  kelib  chiqib,  ushbu  davrda  mahallalar  hududlarni  obodonlashtirish, 

saranjom-sarishta  qilish,  ularni  ozoda  tutishni  nazorat  qilish,  aholiga  yordam 

ko‘rsatish,  yo‘qsil  bechoralarning  ahvolini  chuqur  hayrixohlik  bilan  hal  etish, 

maqbaralarni 

ta’mirlashda 

bosh-qosh 

bo‘lish  

va  boshqa  shu  kabi  vakolatlarni  amalga  oshirganligi  borasidagi  xulosaga  kelish 

mumkin.  


Mahallalar,  ayniqsa,  Amir  Temur  tuzgan  davlatda  jadal  rivojlangan  va 

ularning  vakolatlari  yanada  kengaytirilgan.  Bu  davrda  ham  mahalla  oqsoqoli  – 

«kadxudo»  deb  atalgan  hamda  mahalliy  aholi  tomonidan  saylangan  va  unga 

e’tibor, ishonch katta bo‘lgan hamda zimmasiga javobgarlik, mas’uliyat yuklanib, 

ularga boshqaruv masalalarida katta vakolatlar berilgan.  

Jumladan,  «Temur  tuzuklari»da:  «Kadxudolar  dehqonlar  va  ekin 

maydonlariga  ishlov  beruvchilar  ko‘ngligini  xushnud  etib,  o‘zlariga  qaratsinlar. 

Faqiru  miskin,  biron  kasb  qilishga  ojiz  –  ko‘rlarga  nafaqa  belgilasinlar,  deyilgan. 

Bundan ko‘rinib turibdiki, bu vaqtlarda mahallalar fuqarolarning kasb-kori asosida 

tashkil  etilgan  bo‘lib,  etikdo‘zlar,  pichoqchilar,  temirchilar  bir  joyda  yashab 

mehnat qilishganlar. 

Bu  haqda  «Temur  tuzuklari»da  yozilishicha,  Sohibqiron  o‘zi  barpo  etgan 

bepoyon  va  qudratli  saltanatni  boshqarishda  mahallaning  mutasaddi  shaxslariga 

tayangan, ular bilan yaqin muloqotda, doimiy mashvaratda bo‘lgan, kezi kelganda 

ularning faoliyatini bevosita qo‘llab – quvvatlagan. 

Shuningdek, bu davrda mahallalarning rivojlanishi milliy davlatchilik rivoji 

bilan  bevosita  bog‘liq  bo‘lgan.  Shuning  uchun  Amir  Temur  davrida  –  o‘zbek 

davlatchiligi  yangidan  shakllanib,  yuksalish  yo‘liga  kirgan  paytlarda  mahallalar 

kundan-kun 

obod, 


fayzli 

bo‘lib 


borgan  

va  vakolatlari  kengaygan.  Buni  Ibn  Arab-shox,  Ibn  Xoldun,  Klavixo  kabi  xorijiy 

sayyox va tarixchilar ham o‘z asarlarida qayd etgan. Amir Temur zamonida hatto 

xarbiy qo‘shin ham mahalla usulida yashagan. 

Bu  haqda  Klavixo  shunday  ma’lumot  beradi:  «Qarorgohda  har  bir  qo‘shin 

to‘dasida  istagan  kasb  egasi  ustalarini  topish  mumkin  edi.  Har  bir  to‘da  alohida 

mahallalarga bo‘lingan. Buguni emas, qo‘shin hamma vaqt o‘zi bilan birga chodir-

ham-momni  ham  yulib  yurar,  hammomchilar  muayyan  joyda  darxol  chodir  tikib, 

qozonda  suv  qaynatib,  hamma  zarur  narsalarni  hozirlab,  isitiladigan  hammom 

xonalari qurar edilar». 

Amir  Temur  tomonidan  odamlarning  mahalla  turidagi  hayot  tarzi  g‘oyasi 

harakatdagi  harbiy  qo‘shin  zimmalariga  ham  joriy  qilingan  edi.  Harbiy  qismlar 



ham,  huddi  mahalla  singari  muxtoriyatga  ega  bo‘lib,  o‘z  o‘zini  ta’minlay  olishi 

kerak  edi  (mazkur  davrda  har  bir  mahallada  o‘zini  o‘zi  ta’minlashi  uchun  har  bir 

askar  hunarmand,  novvoy,  hammol,  sartarosh,  temirchi,  etikdo‘z,  tikuvchi, 

qandolatchi, musiqachi yoki boshqa kasb egasi bo‘lishi lozim bo‘lgan).  

Sohibqiron  tomonidan  mahalla  tizimiga  berilgan  bunday  e’tibor  natijasi 

Zahiriddin  Muhammad  Bobur  davrida  ham  yanada  takomillashtirildi.  U 

podshohlik taxtiga o‘tirishi bilan davlat ishlari bilan bir qatorda jamiyat ishlariga, 

xususan  ko‘p  yillar  davomida  shakllanib  kelayotgan  milliy  an’analar,  odatlar, 

qadriyatlarga alohida e’tiborini qaratdi. Bu davrda mahallalar fuqarolar o‘rtasidagi 

tinchlik  

va totuvlikni ta’minlash bilan bir qatorda, o‘z hududida istiqomat qiladigan boshqa 

xalqlarning 

ham 


urf-odatlari, 

ana’analari  

va qadriyatlariga bir xil munosabatda bo‘lish kerakligi haqida tushuntirish ishlarini 

olib borgan.  

Shuningdek,  u  o‘zining  «Mubayyin»  asarida  fuqarolarning  tinchligi  va 

osoyishtaligi uchun to‘rt unsur, ya’ni tuproq, suv, o‘t, shamol uyg‘unlikda bo‘lishi 

kerakligini va bunda albatta jamoa oqsoqollaridan katta mas’uliyat talab qilinishini 

e’tirof etadi. 

Ko‘rib  turganimizdek,  mahalla  bu  davrida  juda  ham  gullab  yashnagan  

va  ular  xalq  bilan  juda  yaqin  bo‘lishga  qaratilgan  bir  qator  yuqorida  nazarda 

tutilgan  vakolatlarga  ega  bo‘lgan.  Albatta,  mahallaning  bunday  rivojiga  ulug‘ 

mutafakkirlarimiz ham o‘zlarining munosib hisslarini qo‘shganlar. Aynan mazkur 

masala  yuzasidan  Davlatimizning  birinchi  rahbari  I.A.Karimov  to‘xtala  turib, 

«odam  shular  haqida  o‘ylar  ekan,  uzoq  tariximizda  mahalla,  degan  idoraning 

o‘zbek  zaminida  paydo  bo‘lishida  tashabbuskor,  sababchi  bo‘lgan  ajdod-

avlodlarimizga har qancha ta’zim qilsa arziydi», degan fikrlarni bildiradi. 

Ta’kidlash kerakki, temuriylar davridan keyingi inqiroz davrlarida, ayniqsa, 

O’rta  Osiyo  hududi  uchta  xonlikka  bo‘linib  ketganidan  so‘ng  mahallalar  rivojida 

uncha 

katta 


siljish 

ko‘zga 


tashlanmadi.  

Bu  bosqichda  o‘nboshi,  ellikboshi,  yuzboshi  va  amin  kabi  mahalliy  boshqaruv 



tizimidagi  amaldorlarga  katta  huquq  va  vakolatlar  berildi.  Ularning  hukmlari 

qonun darajasida qabul qilinib, so‘zsiz bajarilgan, ammo bu amaldorlar faoliyatini 

nazorat  qiluvchi  jamoatchilik  fikri  rivojiga  e’tibor  berilmagan.  Bu  esa,  ko‘p 

hollarda  mahalliy  amaldorlarning  haddan  oshishi,  xalqni  ezishi,  undan  o‘rinsiz 

soliq  va  to‘lovlar  undirishiga  olib  kelgan.  Natijada  odamlarning  ijtimoiy  ahvoli, 

mahallalarning rivoji yomonlashib, ularning vakolatlari cheklana boshlandi.  

Xususan,  shahar,  qishloq  boshqaruv  tizimida  tuman  boshlig‘i  tasarrufida 

uchastka (bo‘lim) pristavi bo‘lib, unga mahalla oqsoqollari, ellikboshi, o‘nboshilar 

bo‘ysuntirildi.  Mazkur  davrda  mahallaga  Omin  rahbarlik  qilib,  unga  katta  huquq 

va vakolatlar berilgan.  

Jumladan, 

uning 


vakolatiga 

ayrim 


soliqlarni 

yig‘ish; 

mulkiy  

va  oilaviy  nizolarni  hal  etish;  qozining  ba’zi  hukmlarini  ijro  etish;  mahallada 

bo‘shab 

qolgan 


hovli 

va 


yerlarni 

rasmad 


(taqsimlash) 

etish;  


suv  xavzalari,  mahalla  ozodaligini  ta’minlash  va  nazorat  qilish;  mahalla 

xavfsizligini  ta’minlash;  har  ko‘cha  doirasida  hal  etiladigan  masalalarga 

munosabat bildirish; mahalla hududidagi savdo ishlarini nazorat etish va boshqalar 

kirgan.  Ko‘rinib  turganidek,  bu  davrdagi  mahallarning  vakolatlari  qo‘proq  davlat 

organlari zimmasidagi vakolatlarga yaqin bo‘lgan.  

Bu  davrda  Toshkent  shaharliklar  tomonidan  tan  olinib,  saylangan  hokimi 

mutlaq  hali  qaror  topmagan  edi.  Shu  boisdan  shahar  to‘rt  mustaqil  dahalarga 

ajratilib  boshqarilgan.  Har  bir  dahaning  boshqaruv  ma’muriyati  jamoatchilik 

asosida  saylangan  oqsoqoli,  qozisi,  raisi,  muftiysi,  imomu  so‘filaridan  iborat 

bo‘lgan  va  mazkur  boshqaruv  ma’muriyati  mahalliy  ahamiyatga  molik  masalalar 

yuzasidan o‘zlarining bir qator vakolatlariga ega bo‘lgan.  

Bu  davrda  mahalla,  (mahallat,  yer,  daha,  jamoa,  el,  yurt  kabi)  bir  qancha 

nomlar  bilan  yuritilgan  hamda  shahar  jamiyatining  nafaqat  hududiy,  

shu  bilan  birga,  eng  quyi  birligi  hisoblanib,  o‘z  vakolatlarini  amalga  oshirishda 

odamlarning  avloddan-avlodga  o‘tib  kelayotgan  o‘zlarining  qon-qarindoshlik  va 

ruhiy yaqinlik haqidagi tasavvurlariga tayangan. 



Har  bir  dahaning  o‘z  oqsoqollari,  qozilari  va  ma’muriy  boshqaruvidagi 

boshqa  alohida  mansablari  bo‘lgan.  Dahalar  Qo‘qon  xonligi  davrida  shaharning 

obro‘li  xonadon  vakillaridan  tayinlangan  oqsoqollar  tomonidan  boshqarilgan 

bo‘lsa,  Rossiya  imperiyasi  istilosidan  so‘ng  mingboshilar  tomonidan  idora 

qilingan.  Ayrim  hollarda  esa  bir  necha  mahallalarga  tavochilar  biriktirilgan. 

Dahalar tarkibidagi mahallalar boshqaruvi esa ellikboshilar qo‘lida bo‘lgan. 

Mahallaga  boshchilik  qilgan  shaxslar  mahalladagi  barcha  jamoat  ishlari  va 

marosimlarini  boshqarganlar,  shuningdek,  fuqarolarning  shahar  yig‘inlari  va 

muassasalarida  mahalla  manfaatlarini  himoya  qilish  vakolatiga  ega  bo‘lganlar. 

Mahallaning  jamoa  tartibi  o‘zini  o‘zi  boshqarish  tizimi  bilan  belgilangan,  uni 

boshqaruvchi  vakillar  umumiy  yig‘inlarda  saylanganlar.  Jamoa  boshlig‘i  qilib, 

ko‘pincha  boy  bo‘lmagan,  o‘rta  hol,  katta  hayotiy  tajribaga  ega  bo‘lgan  hurmatli 

kishini  saylaganlar.  U  fuqarolar  o‘rtasida  hurmat  e’tiborga  ega  bo‘lishi  va  shahar 

yig‘inida,  daha  sudida  mahalla  manfaatlarini  munosib  himoya  qila  olishi  lozim 

bo‘lgan.  

Shuningdek,  bu  davrda  ayollarning  ijtimoiy  hayotiga  oqsoqollar  tomonidan 

saylab  qo‘yilgan  kayvoni  rahbarlik  qilgan.  Kayvoni  lavozimiga  mahallada  katta 

hurmat 


qozongan 

va 


o‘zbek 

turmush 


tarzini, 

urf-odat  

va  an’analarini  butun  nozikligi  bilan  biladigan,  serg‘ayrat,  faol,  tashkilotchilik 

qobiliyatiga  ega,  odob-ahloqi  bilan  obro‘-e’tibor  qozongan  ayol  loyiq  ko‘rilgan. 

Unga  xodima  yoki  dasturxonchi  ko‘maklashgan.  Bu  vazifaga  ko‘pincha  beva 

xotinlarni  saylaganlar,  chunki  ularning  bo‘sh  vaqti  ko‘p  bo‘lgan  hamda  bu  ish 

ularga qo‘shimcha daromad keltirgan.  

Bu  davrda  mahalla  faollarining  asosiy  vakolatlari  jamiyat  hayotida  tartib 

saqlanishini ta’minlash; barcha an’anaviy me’yorlarning bajarilishi ustidan nazorat 

o‘rnatish;  mahalla  ahlining  milliy  urf-odatlarga  rioya  qilishlarini  nazorat  qilish; 

urf-odatlarni 

buzgan  


va  jamoat  majburiyatlaridan  bo‘yin  tovlaganlarga  tegishli  chora  ko‘rish;  asrlar 

davomida  saqlanib  kelinayotgan  o‘zaro  hamjihatlikda  yashash  qoidalariga 

nechog‘lik  amal  qilinib  kelinayotganligini  nazorat  qilish;  xo‘jalik  ishlarini, 


iqtisodiy  tadbirlarni,  tarbiyaviy  vazifalarni,  saram-jon-sarishtalik  va  tartib 

intizomni  saqlab  turish;  jinoiy  ishlarning  oldini  olish;  yoshlar  tarbiyasi  bilan 

shug‘ullanish;  uy-joylarni  oldisotdisi,  to‘y-maraka,  maro-simlarni  uyushtirish; 

qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi nizolarni  bartaraf  etish; bemor-larni  yo‘qlash,  farzand 

ko‘rgan 

oilalarni 

qutlash 

masalalariga 

e’tibor 

berish; 


mahallani, 

mahalladoshlarning  tinch-totuvligi,  oilaviy  ahilligi,  do‘stligi,  biro-darligi, 

inoqligini  taminlash  va  mustahkamlash;  ariq-hovuzlarni  tozalash,  yangi,  obod 

ko‘chalar,  yo‘llar  qurish  va  boshqa  mahalla  obodonchiligi  bilan  bog‘liq  jamoat 

ishlarini uyushtirish hamda boshqa sh.k. vakolatlardan iborat bo‘lgan. Ushbu ishlar 

hashar  yo‘li  bilan  amalga  oshirilib,  unda  aholining  balog‘atga  yetgan  qismi, 

ko‘proq  erkaklar  qatnashgan.  Hasharda  har  bir  oiladan  bir-ikki  kishi  ishtirok 

etishgan.  

Bir  so‘z  bilan  aytganda,  mahalla  oqsoqoli  zimmasida  juda  ko‘p  katta 

mas’uliyatli  vakolatlar  turgan  bo‘lib,  uning  e’tiboridan  hech  narsa  chetda 

qolmagan.  Shuning  uchun  ham  uning  ijtimoiy  adolatga  asoslangan  so‘zlari, 

o‘gitlari,  maslahatu  tanbehlariga  mahalladagi  hamma  odamlar,  yoshlaru  keksalar, 

xotin-qizlar so‘z-siz amal qilishgan. 

Mahallalar 1917 yilgacha bo‘lgan davrda juda keng ish olib borib, mahalliy 

aholini  birlashtiruvchi  tashkiliy  tuzilma  bo‘lgan.  Sobiq  sho‘rolar  hokimiyati 

mahallalarni tuman, shahar,  qishloq kengashlari  rahbarligida  boshqargan.  Lekin u 

davrda  mahallalar  boshqaruv  tizimi  sifatida  «chalajon»  holatga  keltirib qo‘yilgan. 

Ular  xalqning  dastlabki  jamoat  tashkiloti  sifatida  faoliyat  ko‘rsatishi  uchun  hech 

qanday  huquq,  vakolat,  imkoniyatga  ega  bo‘lmagan  hamda  mahalliy  hokimiyat 

organlarining  quyi  bo‘g‘ini  sifatida  qaralgan.  Ammo  shunga  qaramay,  sho‘rolar 

davrida  hukmron  tuzum  va  mafkura  mahallalarni  rasman  tan  olmasa-da,  biroq 

aholining  chuqur  noroziligiga  sabab  bo‘lmaslik  uchun  mahallalarni  taqiqlay  ham 

olmagan, uni jamiyatni boshqarish tizimiga kiritmagan. 

Bir  so‘z  bilan  aytganda,  sovet  hukumati  mahallaga  o‘z  umrini  yashab 

bo‘lgan  o‘tmish  sarqiti  sifatida  qaragan.  20-yillar  boshlaridan  sovet  hukumating 

uni  vazifa  va  vakolatlarini  cheklash,  o‘ziga  bo‘ysundirishga  intildi.  Bu  esa  o‘z 



navbatida  mahalla  faoliyatiga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazdi.  Biroq,  mahalla  o‘zining 

yashovchanligini 

namoyon 

etib, 


an’anaviy 

hayot  


va  aloqa  tarziga  qarshi  har  qanday  hujumlarga  va  ularni  yo‘qotish  yo‘lidagi 

urinishlarga dosh berdi.  

Bu  masalaga  baho  bera  turib,  L.Levitin  quyidagilarni  ta’kidlaydi: 

«O’zbeklarning  ko‘pgina  an’anaviy  ijtimoiy  tuzilmalariga  qarshi  chiqqan  sovet 

hokimiyati 

mahalla 


bilan 

olishishda 

chekinishga 

majbur 


bo‘ldi.  

Bu  hokimiyatning  mahallaga  tishi  o‘tmadi.  1932  yilda  «O’zbekiston  SSR 

shaharlaridagi  mahalla  (kvartal)  qo‘mitalari  to‘g‘risida»  Nizom  chiqdi.  

Ular  yangi  sotsialistik  tuzilmalar  bilan  birga  mavjud  bo‘lishi,  bu  tuzilmalarni 

to‘ldirishi kerak, degan qaror qabul qilindi.  

1935-1936  yillarda  mahallalar  (oqsoqol)  boshchiligida  mahalla  komitetlari 

tashkil  etilib,  aholi  o‘rtasida  olib  boriladigan  barcha  ishlarni  rais  boshqargan. 

Rasmiy  doiralar  mahalla  idoralariga  aholini  hisobga  olish  va  ma’lumotnomalar 

berish hamda yuqori tashkilotlarga hisobot taqdim etish vakolatlarini yuklagan. 

1938  yil  15  sentyabrda  O’zbekiston  SSR  Oliy  Kengashi  Prezidiumi  Qarori 

bilan «O’zbekiston SSR shaharlaridagi mahalla (kvartal) qo‘mitalari to‘g‘risida»gi 

Nizom  hamda  tegishincha  mahalla  qo‘mitalari  bekor  qilingan  hamda  ularning 

funksiyalari  rayon  va  shahar  kengashlari  tomonidan  bajarilishi  ko‘zda  tutilgan. 

Biroq, xalq turmush tarzini majburlab singdirish hamisha salbiy oqibatlarga sabab 

bo‘lishi bois, aynan ushbu kamchiliklar oradan ikki yil o‘tib, 1940 yilda boshqaruv 

tizimida  mahalla  qo‘mitalarini  qayta  tiklash  to‘g‘risidagi  masalaga  qaytish  uchun 

sabab bo‘ldi hamda mahalliy kengashlarning ijtimoiy salohiyatini chuqur anglagan 

holda sovet hokimiyati mahallani yuridik qonuniylashtirishga majbur bo‘ldi. Natijada 

1940  yil  10  iyuldagi  O’zbekiston  SSR  xalq  komissarlari  soveti  qarorida  O’zSSR 

shaharlarida  mahalla  (kvartal)  qo‘mitalarini  tashkil  etish  zarur  deb  hisoblanishi 

hamda  «O’zbekiston  SSR  shaharlaridagi  mahalla  (kvartal)  qo‘mitalari 

to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlanishi ko‘zda tutildi.  

1941  yilda  O’zbekiston  SSR  xalq  komissarlari  soveti  «O’zbekiston  SSR 

shaharlaridagi  mahalla  (kvartal)  qo‘mitalari  to‘g‘risida»gi  nizomning  yangi 



tahririni qabul qildi. Unga binoan, mahalla komitetlari a’zolari  mehnatlariga hech 

qanday haq olmas edi. Mahalla komitetlari moliyaviy-xo‘jalik ishlari (oshxonalar, 

qizil 

choyxona, 



sartaroshxonalar 

ochish  


va  ularni  ishlatish)  bilan  shug‘ullanishi  mumkin  emas  edi,  ular  yuridik  shaxs 

maqomiga  ega  bo‘lmagan.  Uning  asosiy  vakolatlari  mahalla  hududidagi  sovet, 

partiya  va  jamoat  tashkilotlariga  madaniy-ommaviy  ishlarda  yordam  berish, 

ko‘chalar,  maydonlar,  hovlilarni  obodonlashtirish  hamda  tabiiy  jihatdan  ularni 

nazorat qilishdan iborat bo‘lgan.  

Shuningdek,  militsiya  organlariga  pasportlashtirish  va  ro‘yxatga  olish 

ishlarida  yordam  bergan.  Ular  aholini  ro‘yxatga  olgan,  lekin  fuqarolarga  o‘z 

nomidan ma’lumotnomalar bera olmagan. Boshqacha aytganda, bu davrda mahalla 

bor edi-yu, ammo boshqaruv tizimida uning o‘rni, kuchi yo‘q edi, ya’ni fuqarolar 

hayotiga daxldor kichkinagina yumushni hal qilishga vakolati yetishmasdi.  

Rossiyalik  tarixchi  olim  S.N.Abashinning  fikriga  ko‘ra,  sovet  hokimiyati 

yillarida  ular  tomonidan  mahallaga  kundalik  boshqaruvning  qo‘shimcha 

instrumenti  sifatida  qaralgani  va  keyinchalik  mahallaga  keng  vazifa  va  vakolatlar 

yuklatilgan  ijtimoiy  institut  sifatida  g‘oyaviy  jihatdan  qaray  boshlaganini 

ta’kidlaydi. 

1953  yil  3  aprelda  O’zbekiston  SSR  Ministrlar  kengashining  «O’zbekiston 

SSR  shaharlaridagi  mahalla  (kvartal)  qo‘mitalari  to‘g‘risida»gi  Qarori  qabul 

qilinib,  unda  mahallalarning  soliq  yig‘ishdagi  amaliy  vazifasi  o‘z  dolzarbligini 

yo‘qotdi. 

Asosiy 


e’tibor 

esa, 


g‘oyaviy  

va  tashviqot  hamda  targ‘ibot  ishlariga  qaratildi.  Shu  bilan  birga,  mahallalarga 

mustaqil birlashma deb emas, balki sovet organlari qarorlarining tarqatuvchilari va 

yordamchilari  sifatida  qaraldi.  Mahalla  komitetlarining  faoliyati  sotsialistik 

shiorlar ostida olib borildi.  

Boshqacha  aytganda,  sobiq  Ittifoq  mafkurasi  mahallalarni  rasman  tan 

olmadi, ularni jamiyatni boshqarish tizimiga kiritmadi. Mahallalar faoliyati milliy 

qadriyatlarni e’zozlash va targ‘ib qilishga emas, balki faqat sobiq mustabid tuzum 

g‘oyalariga qaratildi, uning tuzilishi ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga xos belgilar 


bilan  shakllantirildi.  Ma’naviyat,  ta’lim-tarbiya  sohasida  mahallaning  ahamiyati 

yo‘qqa chiqarilgan, yuridik shaxs huquqlaridan foydalanish man etilgan edi. 

Yuqoridagi  Qaror  bo‘yicha  mahallalar  faqatgina  fuqarolarga  mulk  huquqi 

asosida 


tegishli 

bo‘lgan 


uylar 

ko‘pchilikni 

tashkil 

qiladigan 

ko‘cha  

va mavzelardagi hududlarda tashkil etilishi belgilandi. Bu davlat mulki bo‘lgan uy-

joylar  hududida  mahalla  qo‘mitalari  tashkil  etilmasligini  anglatar  edi.  Qarorga 

ko‘ra, mahalla qo‘mitalari aholining jamoatchilik asosidagi o‘zini o‘zi tashkil etish 

bo‘yicha  tashkiloti  bo‘lib,  hech  qanday  ma’muriy  vakolatlarga  ega  bo‘lmagan. 

Ular buyruq va farmoyishlar chiqara olmaganlar, jarima yoki to‘lovlar undirishlari 

mumkin  bo‘lmagan,  guvohnoma,  ma’lumotnoma  va  boshqa  rasmiy  hujjatlar  ham 

bera olmagan, shuningdek, o‘z muhriga ega bo‘lishi ham mumkin bo‘lmagan.  

Guvohi  bo‘lganimizdek,  ushbu  davrda  chiqarilgan  barcha  huquqiy  hujjatlarda 

mahallalarning  huquqlari  va  vakolatlari  qat’iy  cheklangan  bo‘lib,  yuqorida 

ta’kidlaganimizdek ularga yuridik shaxs maqomi berilmagan edi.  

Shu  bilan  birga  1958  yil  30  iyulda  O’zbekiston  SSR  Ministrlar  kengashi  

«Mahalla  (kvartal)  qo‘mitalariga  o‘z  muhriga  ega  bo‘lish  huquqini  taqdim  etish 

to‘g‘risida»gi Qaror qabul qilib, unda ushbu tuzilmalarga tegishli mahalla (kvartal) 

qo‘mita  nomi  tushurilgan  uchburchak  shakldagi  muhrga  ega  bo‘lish  vakolatini 

berdi.  


Ushbu  Qaror  asosida  «O’zbekiston  SSR  shaharlaridagi  mahalla  (kvartal) 

qo‘mitalari 

to‘g‘risida»gi 

Nizomning 

bandiga 

o‘zgartirish  

va  qo‘shimchalar  kiritilib,  mahalla  (kvartal)  qo‘mitalariga  ko‘p  bolali  oilalar  va 

yolg‘iz onalarga davlat nafaqasini olish uchun bolalar soni to‘g‘risida turar-joydan 

ma’lumotnomani, ish joyiga taqdim etish uchun qaramog‘idagi boqiluvchilar soni 

to‘g‘risidagi  ma’lumotnomani,  propiska  uchun  kelish  va  ketish  varaqasini, 

pasportni olish va almashti-rishni muhr bilan tasdiqlash vakolati berildi.  

Shunday  bo‘lsada,  ushbu  davrda  mahalla  vakolatlari  faqatgina  mahalliy 

ahamiyatdagi  masalalar  yuzasidan  rasmiy  ma’lumotlarni  tasdiqlashdan  iborat 

bo‘lgan,  xolos.  Ular  mustaqil  moliyaviy-xo‘jalik  yoki  tashkiliy-boshqaruv 

vakolatlariga ega bo‘lmagan.  


Masalan,  1961  yil  30  avgustda  O’zbekiston  SSR  Oliy  Soveti  tomonidan 

qabul 


qilingan 

«O’zbekiston 

SSR 

shahar, 


posyolka, 

qishloq  

va  ovullaridagi  mahalla  qo‘mitalari  to‘g‘risida»gi  Nizomga  ko‘ra  ham  mahalla 

komitetlari  biron  moliyaviy  xo‘jalik  faoliyati  bilan  shug‘ullanishlari  (oshxonalar, 

sartaroshxonalar  va  shu  kabilarni  tashkil  qilishlari  va  ulardan  foydalanishlari) 

mumkin emas edi.  

Shuningdek,  ular  oldi-sotdi,  ijaraga  berish  ishlarini  amalga  oshirishda 

qatnashishlari 

mumkin 

emas, 


degan 

norma 


mustahkamlanganligi 

ham 


mahallalarning  huquq  va  vakolatlarini  sezilarli  darajada  cheklar  edi,  ularning 

huquqlarini  kengaytirish  o‘rniga  kun  tartibiga  ularni  cheklash  haqidagi  masalalar 

doimiy ravishda qo‘yilib kelar edi. 

Ta’kidlash  lozimki,  mahalliy  aholining  an’anaviy  turmush  tarziga  qarshi 

kurash,  ularni  kommunistik  qarashlar  bilan  almashtirishga  urinishlar  natijasida 

1983  yil  4  iyulda  yuqoridagi  nizomning  yangi  tahriri  qabul  qilinib,  unda  ham 

mahallalar vakolatlari deyarli o‘zgarishlarsiz saqlanib qolindi. 

Bu 


davrda 

qishloq 


joylarida 

mahalla 


tuzulmalaridan 

tashqari, 

o‘z  vazifaviy  maqsadlari  nuqtai  nazaridan  unga  o‘xshab  ketadigan  o‘zini  o‘zi 

boshqarishning boshqa tuzulmalari ham mavjud edi.  

Masalan, Xorazm viloyatida fuqarolarning «sovet» deb ataladigan yig‘inlari 

ham bor edi. O’z mohiyatiga ko‘ra, «sovetlar» – bu sobiq Sovet Ittifoqi vaqtidagi 

qishloq  kengashlari  (sovetlari)dir.  Ular  o‘sha  davrda  quyi  sho‘ro  hokimiyati 

organlari vazifalarini bajarar edilar. 

1990 yilning 9 aprelida Sovetlar davlatida mohiyatan yangi bo‘lgan qonun – 

o‘zini o‘zi boshqarish faoliyatini tartibga solishga qaratilgan birinchi qonun, ya’ni 

«SSSRda  mahalliy  o‘zini  o‘zi  boshqarish  va  mahalliy  xo‘jalikning  umumiy 

asoslari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.  

Ittifoqdosh  Respublikalar,  shu  jumladan  O’zbekiston  SSR  ham,  SSSR 

qonuniga  muvofiq,  mahalliy  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  to‘g‘risidagi  

o‘z qonunlarini qabul qilishlari lozim edi. Biroq, Sovet Ittifoqining tanazzulga yuz 

tutib  borayotganligi  tufayli  bu  masalalaning  hal  etilishi  kundan-kunga 



murakkablashib  bordi.  Shu  sababli  ushbu  Qonun  amalda  hayotga  tatbiq  etilmadi. 

«Mustaqil  respublikalar  paradi»  boshlangan  davrda  yara-tilgan  mazkur  qonun 

respublikalar e’tiboridan chetda qoldi.  

Alohida ta’kidlash lozimki, xalqimizning milliy tabiati, azaliy  an’analari va 

qadriyatlariga asoslangan mahalla o‘zining uzoq tarixida hech qachon O’zbekiston 

davlat  mustaqilligi  davridagidek  alohida  e’tiborga  sazovor  bo‘lgan  emas.  Davlat 

mustaqilligi  sharofati  bilan  O’zbekistonda  mahallalarga  e’tibor  berish,  ularning 

ta’lim-tarbiyaviy  huquqiy  maqomini  oshirish,  o‘zini  o‘zi  boshqarish,  beva-

bechoralar,  nogironlarning  biron  bir  sababga  ko‘ra  omadi  yurishmagan  oilalar  va 

odamlarning  issiq-sovug‘idan,  g‘am-tashvishlaridan  xabardor  bo‘lib,  moddiy  va 

ma’naviy  yordam  ko‘rsatish  singari  masalalar  bo‘yicha,  shuningdek  yanada  obod 

va 


go‘zal, 

ko‘rkam  



va chiroyli bo‘lishi, el-ulus mehr-muhabbatini qozonishida yangi davr boshlandi. 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling