Mahalliy boshqaruv Turkiston general-gubernatorligi


Turkiston General-gubernatorligini boshqarganlar


Download 84.41 Kb.
bet2/3
Sana23.06.2023
Hajmi84.41 Kb.
#1651916
1   2   3
Turkiston General-gubernatorligini boshqarganlar

Boshqargan yillari

General-gubernator

1867-1882

Kaufman Konstantin Petrovich

1882-1884

Chernyayev Mixail Grigoryevich

1884-1889

Rozenbax Nikolay Ottonovich

1889-1898

Vrevskiy Aleksandr Borisovich

1898-1901

Duxovskoy Sergey Mixaylovich

1901-1904

Ivanov Nikolay Aleksandrovich

1904-1905

Tevyashev Nikolay Nikolayevich

1905-1906

Subbotich Dean Ivanovich

1906-1908

Grodekov Nikolay Ivanovich

1908-1909

Mishyenko Pavel Ivanovich

1909-1914

Samsonov Aleksandr Vasilyevich

1914-1916

Martson Fyodor Vladimirovich

1916-1917

Kuropatkin Aleksey Nikolayevich




  1. TURKISTON O'LKASINI BOSHQARISH TO'G'RISIDAGI NIZOMLAR

O‘zbekiston diyori 30 yildan ortiq vaqtdan buyon mustaqil hisoblanadi. Ammo,
tarixdan bizga ma'lumki bizning diyorimiz XIX asr oxirlaridan boshlab Podsho
Rossiyasi qaramligiga o‘tgan. O‘sha davrda O‘rta Osiyoda mavjud bo‘lgan uchta
davlat, ya'ni Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari Rossiya imperiyasi
tomonidan egallangan. Xususan, Farg‘ona vodiysi ham bundan mustasno emas.
Ya'ni bu vodiyda mavjud bo‘lgan Qo‘qon xonligi Podsho Rossiyasi tomonidan tugatilgan. 1865-yilda Turkiston viloyati tuziladi. 1867-yilga kelib esa bu hududni o‘z ichiga oluvchi Turkiston general gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugi tashkil etilgan. Shubhasiz bunday hollarda mamlakatni boshqarish uchun ma'lum bir qarorlar, nizomlar Podsho Rossiyasi tomonidan chiqarilgan. Ular yillar kesimida yozilsa quyidagilarni o‘z ichiga oladi, 1865-yil, 1867-yil, 1871-yil, 1873-yil, 1882-yil, 1884-yil, 1886-yil, 1908-yil, 1912-yil, 1916-yil. Demak, Ushbu nizomlar podsho hukumati Turkiston o‘lkasini bosib olganidan so‘ng, to podsho hukumati ag‘darilib Turkiston general gubernatorligi tugatilguniga qadar chiqarib borilgan. Jumladan, Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so‘ng, 1865-yil 6-avgustda Aleksandr II " Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom" ni tasdiqlaydi. Oradan ikki yil muddat o‘tib Turkiston general gubernatorligi tuzilganidan so‘ng esa, ya'ni 1867-yilda Turkiston o‘lkasini boshqarish bo‘yicha Muvaqqat Nizom tasdiqlanadi. Shuningdek uchbu yilda yana "Sirdaryo va Yettisuv viloyatlarini boshqarish to‘g‘risida Nizom" chiqarilgan va bu loyihaga ko‘ra "Harbiy xalq boshqaruvi" joriy qilingan. Bu joriy qilingan nizomlar Turkiston o‘lkasini boshqarish masalasida uning ma'muriy boshqaruvini hamsiyosiy boshqaruvini ham, iqtisodiy boshqaruvini ham nazarda tutar edi. Bu ni'omlarga muvofiq o‘lka ma'muriy jihatdan viloyatlarga, uyezdlarga, volostlarga hamda ovullarga bo‘lingan holda boshqarilgan. Albatta boshqaruv jarayonida o‘lkadagi hukumat boshliqlari asosan (deyarli to‘liq) podsho hukumatining o‘zini odamlari bo‘lgan. Faqat kichik boshqaruvlardavina mahalliy aholi orasidan vakil qo‘yilgan(Masalan, qishloq oqsoqoli). Shuningdek, 1886-yilda "Turkiston general gubernatorligini boshqarish to‘g‘risidagi" nizom chiqarilgan va bu nizom loyihasiga ko‘ra "ma'muriy politsiya" boshqaruvi o‘rnatilgan. Bu nizomning asosiy maqsadi o‘lkada ma'muriy boshqaruvni mustahkamlash va yerdan foydalanish tartiblarini o‘zgartirishdan iborat bo‘lgan. Shuningdek, ushbu yildagi nizomga muvofiq Turkiston general gubernatorligining ma'muriy boshqaruvi yangi idora -Turkiston general -gubernatori Kengashi bilan to‘ldirilgan. Albatta yuqorida keltirib o‘tilgan Podsho Rossiyasi tomonidan chiqarilgan nizomlarning barchasi to‘laqonli podsho hukumati manfaatlariga
moslashtirilgan va o`lkada imperiya manfaatlariga zid keladigan har qanday
qarshilikni harbiy yo`l bilan bostirish, yerli aholini doimiy tobelikda ushlab
turish, imperiyaning savdo-sotiq, sanoat, moliya-bank sohalari xavfsizligini
ta`minlashdan iborat bo`lgan. Shu tariqa butun Turkiston o‘lkasi Podsho
Rossiyasining zulmi ostida kun kechirgan va bu holat Podsho Rossiyasi
imperatorlik tugatilganidan so‘ng ham davom etgan.
1865 yilda chor hukumati Turkiston o‘lkasidagi bosib olingan yerlarda «Dasht komissiyasi»ni tuzdi. Ushbu komissiyaning vazifasi o‘lkadagi sharoitni o‘rganish va uni qanday boshqarish kerakligi xaqida nizom tuzish uchun material to‘plashdan iborat edi.
Bu komissiya ish jarayonida bosib olingan yerlardan quyidagi qoidalarga asosan foydalanishni belgilab berdi:
1. Harbiy va fuqaro xokimiyatini bir qo‘lda to‘plagan xolda o‘lkani boshqarish;
2. Siyosiy ahamiyatga ega bo‘lmagan barcha ichki ishlarni boshqarishni, yerli aholining xulq-atvori va urf-odatini hisobga olib, mahalliy aholi qo‘liga topshirish;
3. Mahalliy boshqarmada, uning qonun va urf-odatlarida mavjud bo‘lgan davlat manfaatlariga ziyon yetkazuvchi barcha narsalarni butunlay tugatish;
4. Imkoniyati boricha sudni ma’muriyatdan batamom ajratib qo‘yish;
Mazkur komissiya tomonidan ishlab chiqilgan «Nizom» loyixasi qonuniy tasdiqlanmadi.
Shaharning «yangi» qismining qurilishi va rivojlanishi shahar ma’muriyati faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan. 1866 yilda tashkil etilgan shahar qo‘mitasi asosan uy qurish uchun yer ajratish va buning evaziga pul undirish bilan shug‘ullanardi. Shaharning obodonchiligi uchun sug‘orish ahamiyati kattaligini hisobga olib Toshkent “yangi” qismida ariqlarni va suvni to‘g‘ri taqsimlashni boshqarib boruvchi ariq qo‘mitasi tuzilgan edi. Ushbu ikki qo‘mita bir-biriga bo‘ysunmagan holda faoliyat ko‘rsatgan. Ularda hech qanaqangi qoida va yo‘riqnoma bo‘lmay, bu shahar xo‘jaligini boshqarishni qiyinlashtirgan.
1867 yili Turkiston general-gubernatorligi e’lon qilingach, uning birinchi gubernatori qilib K.P.Kaufman tayinlandi. General-gubernatorning vakolati cheksiz bo‘lib, u agarda mahalliy boshqarma va uning urf-odatlarida davlat manfaatiga qarshi biror zararli holat ma’lum bo‘lsa, ularni bekor qilish xuquqiga ega edi.
Butun Turkiston o‘lkasi hududidagi harbiy va fuqaro hokimiyati general-gubernator va viloyatlarning harbiy gubernatorlari qo‘lida edi. Rus hukumati o‘lkada joriy etmoqchi bo‘lgan boshqarma apparati mahalliy aholining xar qanday ozodlik uchun ko‘targan xarakatlarini bostirishi va mustamlakachilik siyosatini mustaxkamlash uchun xizmat qilishi darkor edi.
Dastlab (1867) Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari kirgan. Keyinchalik mintaqada Rossiya hukmronligining kengayishi bilan general-gubernatorlikka beshta: Sirdaryo, Farg‘ona, Yettisuv, Samarqand va Kaspiyorti viloyatlari kirdi. Bir vaqtning o‘zida Turkiston general-gubernatorligi ixtiyorida bo‘lgan Buxoro va Xiva xonliklari ustidan ham rus hukumati protektorati o‘rnatildi.
1868 yil 27 fevralda Sirdaryo va Semipalatinsk viloyatlari va Toshkent “yangi” qismida boshqaruv to‘g‘risidagi 1867 yil loyihasiga binoan “harbiy-xalq” boshqarmasi tuzildi. Statistik maslahatchi Rossig‘kiy boshqarmaning birinchi boshlig‘i etib tayinlandi. Shahar “yangi” va “eski” qismlaridagi ijtimoiy-siyosiy va xo‘jalik boshqaruvi bir-biridan alohida-alohida olib borilgan, holbuki bu har ikkala qism ham Toshkent shahri boshlig‘iga bo‘ysunardi. Toshkentning “yangi” qismida quyidagi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutildi:
1. Reja tuzish, uy qurishga yer ajratish, ko‘cha va maydonlar barpo etish;
2. Soliqlar, turli tushumlarni tartibga keltirish va undirish, shuningdek shahar daromad va harajatlar smetasini tuzish;
3. Shahar irrigatsiya tizimi va obodonchiligini boshqarish.
Harbiy-xalq boshqaruvining barcha qarorlarini general-gubernator tomonidan tasdiqlangach viloyat idorasi, shahar boshlig‘i va hokimi orqali hayotga tatbiq etilgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, mazkur boshqaruv Toshkent shahar boshqaruvi to‘g‘risidagi loyihani uzil-kesil ishlab chiqqungacha qadar ta’sis etilgan edi. Boshqaruv a’zolari 3 yilga saylanardi. Harbiy-xalq boshqarmasi uchun ko‘p moddiy mablag‘ talab etilmasdi. Chunki quyi ma’muriyat aholi hisobiga yashardi.
Ularni hamda boshqaruv raisi lavozimini harbiy gubernator tasdiqlardi. Boshqaruv a’zolari xazinaga kelib tushadigan har yilgi tushumlarning 5-10% miqdorida maosh olar edilar. Ariq oqsoqollari, oqsoqollarning barchasi xalq hisobiga yashagan. Bu esa o‘z navbatida talon-tarojlikka keng yo‘l ochib bergan.
Shahar xo‘jaligining faoliyati qoniqarsiz axvolda bo‘lganligini hisobga olib, harbiy gubernator N.N.Golovachev shaharning «yangi qismidagi barcha xo‘jalik ishlarini bir boshqarmaga birlashtirish uchun harakat qildi. 1870 yildan boshlab «yangi» shaharda ijtimoiy xo‘jalik boshqarmasiga asos solinib, uning tarkibi xalq- harbiy boshqarmasidan besh amaldor hamda «yangi» qismdan to‘rt uy sohibidan iborat bo‘lib, harbiy gubernator tomonidan tayinlangan. Eski shahar ijtimoiy-xo‘jalik boshqarmasida 20 ta a’zo faoliyat ko‘rsatgan. Lekin bu boshqarmalar mustaqil ravishda xeya qanday tadbirlarni o‘tkaza olmas edi. Buning uchun albatta shahar boshlig‘i yoki yuqori ma’muriyatdan ruxsat olishlari shart edi. Boshqarmalarning asosiy vazifalari davlat soliqlarini to‘plash, zemstvo va ijtimoiy yig‘imlarni taqsimlash va x.k.lardan iborat edi. Shahar boshlig‘i boshqarma raisi vazifasini ham bajargan.
Shahar xo‘jaligi xaqidagi masalalar va xarajatlar shaharning ikkala qismi uchun ham bir xilda xal etilib, hatto mablag‘lar ham teng ikkiga bo‘lingan edi. Eski shahar boshqarmasi a’zolari xo‘jalik ishlarini olib boruvchi yangi tartib va qonunlar bilan mutlaqo tanish bo‘lmaganlar, rus tilini ham bilmaganlar. Yangi shahar xo‘jalik boshqarmasi a’zolari ruslardan iborat bo‘lib, ular xam mahalliy tartiblar va aholiningg urf-odatlaridan umuman bexabar bo‘lganlar. Aholi manfaatlarini hisobga olmay, bunday sun’iy ajratish shahar xo‘jaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Hatto rus amaldorlarining o‘zi xam mazkur boshqaruv shahar xo‘jaligi masalalarida mutlaqo yaroqsiz ekanini va u yerdagi amaldorlarning xizmat majburiyatlari boshqaruv manfaatlariga mutlaqo zid ekanini ta’kidlaganlar.
Shahar byudjeti ancha g‘arib bo‘lishiga qaramay uning qurilishi va obodonchiligi bo‘yicha ma’lum ishlar qilingandi. 1870 yilda shahar daromadi 10 ming rubl, 1871 yilda-17,5 ming rubl, 1872 yilda-17 ming rubl, 1873 yilda-21820 rubl, 1874 yilda-23917 rubl, 1875 yilda-30287 rubl, 1876 yilda-27766 rubl tashkil etgan. Byudjetning 82%i politsiya va shahar jamoatchilik boshqaruvi, tibbiy, sanitar xizmati va sud organlari, irrigag‘iyaning shaxsiy tarkibini ta’minlashga va x.k larga, mablag‘ning 18 foizigina shahar obodonchiligiga sarflanardi. Bu ahvolda jamoatchilik boshqaruvi o‘z vazifasini qay darajada bajargani o‘z-o‘zidan ayon.
Aholi o‘sishi va shahar hududi kengayishi munosabati bilan 1870 yil 16 iyundagi Umumrossiya shahar nizomiga ko‘ra Dumani tashkil etish zaruriyati yuzaga keldi. Birinchi marta bu masala 1872 yilda ko‘tarib chiqildi, biroq bu masalani 1877 yildagina hal etishga muvaffaq bo‘lindi. Shu yili Sirdaryo harbiy gubernatori boshchiligida maxsus hay’at tuzilib, unga Toshkent shahrining “eski” va “yangi” qismlari uchun yagona boshqaruvni tashkil etish bo‘yicha loyiha tayyorlash topshirilgandi.
Hay’at saylovchilar ro‘yxatini tuzish, shahar jamoatchilik boshqaruviga saylov o‘tqazish bo‘yicha ish olib bordi. Saylovda 25 yoshga to‘lgan, shaharda qo‘zg‘olmas mulki bo‘lgan, rus fuqarosi bo‘lgan, savdo va kosibchilik guvohnomalari bo‘yicha shahar solig‘ini to‘laydigan, qarzlari bo‘lmagan va sudlanmagan shaxslar ishtirok etishi mumkin edi. Dumada ovoz beruvchilar miqdori 72 odamdan oshmasligi kerak edi. Shulardan Toshkentni xristian bo‘lmagan, faqat mahalliy aholining 1/3 qismidan ortiq bo‘lmagan tub aholi vakillaridan a’zolar, qolgan 2/3 qismi shaharning “yangi” qismidagi aholi vakillaridan tashkil topishi shart edi.
Saylovlarda asosan savdogarlar, yirik sanoat korxonalari va uy egalari ishtirok etgan. Yangi tashkil etilgan Duma birinchidan shaharni mustamlakachilar qo‘lida saqlab turishni, ikkinchidan Dumaga saylangan tub aholi vakillarini xokimiyat tayanchiga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygandi. Shahar boshlig‘i general-gubernator tomonidan tayinlangan.
Shu tariqa chor hukumati mahalliy aholi mehnati evaziga kun ko‘ruvchi quyi ma’muriyat barpo qildi. Dumaga saylov 4 yilda 1 marta bo‘lib o‘tgan. Ammo saylov yig‘ilishi “a’zolarga hech qanaqangi instruksiya berish xuquqiga ega emasdi”. Shahar saylovlarida “eski” shahardagi qo‘zg‘olmas mulkka ega bo‘lgan masjidlar, madrasalar va boshqa muassasalar ham vakillari orqali ovoz berish xuquqiga ega edilar. 1870 yildagi shahar nizomini tatbiq etilishi bir muncha mahalliy xususiyatlarga ega ekanini ko‘rish mumkin. Jumladan, shahar jamoatchiligi boshqaruvi funksiyasiga shaharni uzluksiz suv bilan ta’minlash maqsadida irrigatsiya inshootlarini qurish va saqlash ham kiritilgandi.
1877 yil 9 avgustda general-gubernator polkovnik Ye.T. Pukalovni shahar xokimi etib tayinladi. Shundan bir hafta o‘tib Toshkent shahar dumasiga a’zolarni saylash boshlandi. O‘sha yilning 30 avgustida Toshkent shahar Dumasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rinib turibdiki, general-gubernator, xo‘jalik boshqaruvini saqlab qolish zaruriyatini asoslab bersa-da, mustaqil lavozim sifatida shahar dumasi raisini saylash masalasida bir yoqlamalikka yo‘l qo‘ygan. O‘sha vaqtda uning saylanishi asoslangan edi. Vaholanki bu narsa general-gubernatorning shaharni boshqarishidagi ta’sirini susaytirardi. Shu bois shahar boshlig‘i Duma raisi va shahar hokimi vazifasini bajardi. 80-yillarda shahar maxkamasi (gorodskaya uprava) boshliq va o‘rinbosar, olti otliq yigit (otliq politsiyai), mirshab (gorodovoy), vrach, 2 felqdsher, mirob va boshqalardan iborat bo‘lgan. Keyinchalik shahar mahkamasi tizimi ancha o‘zgarib ketdi.
1869-1887 yilda shaharning “yangi” qismida politsiyachilar vazifasini gorodnichiy (mirshab) va uning yordamchisi (pristav) boshqarardi. 1884 yilgacha politsiya xizmatini “qo‘shindagi quyi amaldorlar” bajarardi, keyin esa u erkin yollash yo‘li bilan 80 nafar odam tarkibida tuziladigan bo‘ldi.
1882 yilda politsiya boshqarmasi shahar xokimi (gorodnichiy), uning yordamchisi (pristav), kotiblari, politsiya komandasi, 12 yigit (otliq politsiya) va boshqalardan tashkil topgan.


  1. Download 84.41 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling