Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarning ahamiyati


O’zbekistonda soliqlar tizimining bugungi kundagi tarkibi4


Download 0.63 Mb.
bet2/4
Sana14.05.2020
Hajmi0.63 Mb.
#105852
1   2   3   4
Bog'liq
Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarning ahamiyati KURS ISHI

O’zbekistonda soliqlar tizimining bugungi kundagi tarkibi4




        1. Umumdavlat soliqlari


Mahalliy soliqlar va yig’imlar




  1. Yuridik shaxslar foydasiga soliq.

  2. Jismoniy shaxslar daromadiga soliq.

  3. QQS

  4. Aksiz solig’i

  5. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq

  6. Mikrofirmalar va kichik korxonalar, hamda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarning yagona soliq to’lovi

  7. Bojxona to’lovlari

  8. Jismoniy shaxslar chetdan tovar keltirgandagi yagona bojxona to’lovi

  9. Davlat boji

  10. Boshqa daromadlar

                1. O’z soliqlari:

  1. Mol-mulk solig’i

  2. Yer solig’i

  3. Yagona yer solig’i

  4. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i

  5. Transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun iste’mol solig’i

  6. Ayrim turdagi tovarlarni sotish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish uchun litsenziya yig’imi

  7. Yuridik va jismoniy shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish yig’imi.

To’liq hajmda biriktirilib berilgan soliqlar.

  1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

  2. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning qat’iy belgilangan solig’i

  3. Ba’zi tovarlarga aksiz solig’i

( o’simlik yog’i)

Umumdavlat soliqlaridan ajratmalar ulushi har yili mahalliy budjetlarning o’z daromadlarining tushumi hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlarning miqdoriga qarab o’zgartirib boriladi.

Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika budjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy budjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushishi mumkin. Agar kelgusi yili mahalliy budjetlarning o’z daromad manbalari (soliqlari) ko’payib qolsa, respublika soliqlaridan ajratma berishning hojati qolmaydi. Respublika va mahalliy soliqlar yagona mohiyatga ega bo’lib, budjetga to’lanishi lozim bo’lgan to’lovlardir.

Shu bilan birga, umumdavlat soliqlarining ayrim turlari ham mahalliy budjetlarni to’ldirish manbai sifatida mahalliy budjetlar ihtiyorida qoldirilishi mumkin. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi 490-sonli qarorining 14-bandiga asosan mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining tegishli budjetlarga tushumlarining to’liq undirilishi va tasdiqlangan xarajatlarni o’z vaqtida moliyalashtirilishi bo’yicha javobgarligini va mas’uliyatini oshirish maqsadida umumdavlat soliqlaridan tushumlar to’liq hajmda mahalliy budjetlar daromadiga o’tkazilgan.

Mahalliy budjetlarning bu daromad turining o’ziga xos tomonlar mavjud.

Yuqori budjetlardan ajratiladigan subventsiya va dotatsiyalar boshqa daromad turlaridan farq qilib bu daromad turlari yil boshida tasdiqlangan reja miqdorida olinadi. Ya’ni bu daromad turlariga yil davomida o’zgartirishlar kiritilmaydi.



Respublika iqtisodiyotida davom etayotgan iqtisodiy islohotlar soliqlarni iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim vosita sifatida ularni doimiy isloh qilib borishni talab qiladi. Hozirgi kunda aholining daromadlarining salmog’li xissasi xususiy sektorda shakllanmoqda. Davlat tomonidan bu daromadlarni boshqarish imkoniyatlari cheklangan, bu daromadlarni ma’muriy tarzda davlat xarajatlariga yo’naltirish bozor iqtisodiyoti printsiplariga zid. Faqatgina soliqlar orqali aholi daromadlarini budjet daromadlariga jalb qilish mumkin.

Ko’pgina chet el mamlakatlarida mahalliy budjetlar daromadlarini shakllanishi har bir holati qat’iy qoidalarga bo’ysundirilgan.

Hududiy budjetlarni tuzish bo’yicha qonun asosida belgilangan tamoyillarga amal qilishlari lozim. Ulardan asosiylari budjetning umumiy balanslashtirilganligi va budjetning to’liqligi tamoyillari hisoblanadi. Boshqacha aytganda, bu loyihada barcha mo’ljallanayotgan daromad va xarajatlar o’z aksini topishi kerak.

Mahalliy soliqlar va yig’imlar belgilanish usuliga ko’ra 2 guruhga bo’linadi:



  1. O’zbekiston Respublikasining qonunlari bilan joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yig’imlar;

  2. Mahalliy hokimiyat idoralari hoxishi bilan joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yig’imlar.

O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksining 7-moddasida ko’rsatilishicha, mol-mulk va yer solig’i O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari bilan joriy etiladi va O’zbekistonning barcha hududlarida amal qiladi.

Mahalliy soliqlar va yig’imlarning boshqa turlari esa, mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan joriy etiladi.

Mahalliy soliqlarni stavkalarini va ular bo’yicha beriladigan imtiyozlarni belgilash qonun xujjatlariga muvofiq mahalliy hokimiyatlar ihtiyoriga berilgan. Mahalliy budjetlar daromadlarini shakllantirishda mahalliy hokimiyatlarga mahalliy soliqlar va yig’imlar bo’yicha bunday huquqni berilishi hudud iqtisodiyotida muhim rol o’ynaydi.


    1. Mahalliy soliqlar va yig’imlarlarni undirishda mahalliy hokimiyatlarning roli

Konstitutsiyada mustahkamlangan mahalliy hokimiyatlarning mustaqilligini moliya sohasida qayta o’zgartirishlarni va mahalliy budjetlarning daromad asoslarini mustahkamlash yo’llarini izlashni talab qildi. Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish, xarajatlarni muvofiqlashtirishning yangi modeliga bo’lgan zarurat budjetni qayta o’zgartirishga olib keldi. Davlat boshqaruv tamoyillari o’zgarishlari bilan birga hozirgi paytda maqsadlar hamda budjetni hududiy tartibga solish tamoyillarining o’zgarishlari bilan bog’liqdir.

Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy budjet daromadlarini shakllanishi va xarajatlarining asosiy yo’nalishlarini belgilash jarayonidagi roli, ular faoliyatini moliyaviy mustaqilligini ta’minlovchi asosiy yo’nalish hisoblanadi.

Qo’shimcha mahalliy soliqlarning joriy qilish va uning yig’imini ta’minlash bo’yicha mahalliy budjetlar oldida turgan eng muhim muammosi bo’lib, bu mahalliy budjetlarni yetarli daromad manbaiga ega emasligi, budjetlar daromadlarini shakllantirishdagi yuqori budjetlarga bog’liqligi hamda barqaror soliq turlarini kamligi hisoblanadi.

Mahalliy budjetlar daromadlar bazasini yanada mustahkamlash, budjetlararo munosabatlarni isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi, bu yo’nalishda mulkni, yerni, tabiiy resurslarni soliqqa tortish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Mulk solig’idan tushumlarning real oshirish yo’llaridan biri asosiy fondlarning bozor narxida baholashni o’tkazishdan olinishi mumkin, shuningdek, ushbu soliqdan yengilliklarni qisqartirish xam ushbu maqsadga xizmat qiladi. Navbatdagi istiqbolli manbalardan biri bo’lib, mahalliy budjetlarga jismoniy shaxslar daromad soliqlarini uzoq muddatga biriktirib qo’yish hisoblanadi. Soliqlar bilan bir qatorda mahalliy budjetlar daromadlarining shakllantiruvchi manbalari sifatida soliqsiz daromadlar ham qatnashishlari kerak. Ayniqsa soliq yukini yanada oshirmaslik talabi ana shu xulosadan kelib chiqadi. Mahalliy xukumat organlari o’zlariga biriktirilgan mulkni daromad olish maqsadida foydalanishga o’rganishlari ayniksa davlat pulli va ijtimoiy xizmatlar bozorini rivojlantirishlari zarur. Bundan tashqari ko’pchilik jismoniy shaxslar mol-mulk solig’ini to’lik to’lamaslik maqsadida mol-mulkini eski arzon narxlarda narxlatgan va shu eski narx bo’yicha mol-mulk soliqini hisoblattirib solig’ini to’lab kelmoqda, lekin ushbu mol-mulkni sotuvga ko’yayotgan vaqtda bozor narxidan kelib chiqqan holda narxlaydi. Natijada Texnik Inventarlash Kadastr Byurosi (ruscha nomi BTI) tomonidan narxlangan summa bilan sotuvdagi summa o’rtasida juda katta farq kelib chiqmoqda.

Qonunchilikka kiritilayotgan o’zgartirishlar soliq yukini yanada kamaytirishga, kichik va o’rta tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish tizimini soddlashtirish, vijdonli soliq to’lovchilarni ularning xo’jalik faoliyatiga asossiz aralashishdan himoyalanishni kuchaytirish, jinoiy va ma’muriy jazolarni erkinlashtirish, samarali soliq tizimini tamoyillarini yanada to’liq ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan.

Mahalliy soliqlarning mahalliy budjetlar daromadlarini mustahkamlash, ularni daromad bazasini kengaytirib borish hozirgi O’zbekistonning bozor iqtisodiga o’tayotgan davrda dolzarb masalalaridan biridir. Mahalliy budjetlarning daromad bazasi hududlarda yaratilayotgan milliy daromad, ya’ni ishlab chiqarishni rivojlanish darajasi, daromadlarini doimiy va bir maromda tushishi, mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy budjetlarni daromadlarini oshishidan manfaatdorligi bilan bevosita bog’liqdir. Mahalliy soliqlarning budjet daromadlarini oshishini ichki rezervlari, hududlarda ishlab chiqarishni rivojlanishi, joylarda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishi bilan chambarchas bog’liqdir.

Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni, turli mulkchilik formalarini yuzaga keltirish va bu mulkchilik formalari o’rtasida erkin raqobat orqali ishlab chiqarishni rivojlanitirishga erishish muhim o’rin egallaydi. Turli mulkchilik formalarini rivojlantirilishi xam bevosita budjet daromadlarini shakllantirishda o’z ta’siriga ega. Mahalliy soliqlarning mahalliy budjet daromadlar bazasini mustahkamlashda bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya darajasining o’sishi soliqlar va yig’imlardan tushadigan tushum salmog’ining pasayishi muammolar paydo bo’ladi. Bu budjetning xarajatlar qismini qoplashda ma’lum mablag’larning yetishmasligiga olib keladi.

Ma’lumki mahalliy hokimiyatlarni o’zlariga tegishli hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar mahalliy budjetlar ihtiyoriga berilgan. Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning daromadini soliqqa tortish tizimi ham bosqichma-bosqich takomillashtirib borilmoqda. Bunday soliq to’lovchilar va ushbu soliq turlari bo’yicha budjetga tushumlar yil sayin ko’payib bormoqda.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko’ra, mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga 1993 yil 2 sentyabrdagi "Mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilishi vakolati berilgan”. Shu bilan mahalliy hokimiyat organlarining budjet sohasidagi faoliyatining konstituttsiyaviy asosi o’rnatilgan. Mahalliy joylardagi vakillik hokimiyati va ijro hokimiyati organlarining bu sohadagi vazifalari, vakolatlari turlicha bo’lib, ular avvalo “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonunda belgilangan.

Shunday qilib, vakillik hokimiyati organlarining vazifasi budjetini va uning ijrosi haqidagi hisobotni tasdiqlash bo’lsa, ijro hokimiyati organlarining vazifasi budjet loyihasini ishlab chiqish, ijro haqidagi hisobotni tayyorlash va eng muhimi, samarali ijroni tashkil etish hisoblanadi.

Budjet tegishli hududning rivojlanishi, aholi turmush sharoitining yaxshilanishida muhim ahamiyatga ega asosiy vositadir. Shuning uchun uni tasdiqlash, ijrosi haqidagi hisobotni tasdiklash mahalliy vakillik organlarining mutloq vakolatiga kiradi. Budjet tasdiqlanishida daromadlarning umumiy miqdori, uning manbalari, shuningdek, xarajatlar belgilanib, har bir soha uchun ajratilgan mablag’lar aniq ko’rsatiladi. Bu hudud xo’jaligini moliyalashtirish, ijtimoiy-madaniy tadbirlar va davlat organlarini pul bilan ta’minlashni o’z ichiga oladi. Budjet tasdiqlanganda uning xar bir uch oylik bo’yicha taqsimoti ham belgilanadi.

Mahalliy hokimiyat organlari budjet ijrosini tashkil qiladi, moliyaviy intizomga rioya qilinishi ustidan nazorat qilinadi. Zarur xollarda budjet ijrosi jaryonida uni qayta taqsim qiladi. Budjet ko’rsatkichlari hokim tomonidan tayyorlanadi. Budjetning ijrosi haqidagi hisob ham hokim tomonidan tayyorlanadi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoiti davrida budjet masalasi, moliya ishlari juda muhim va murakkab masaladir. Xar bir hududning rivoji, kam ta’minlangan oila va shaxslarning yetarli darajada ijtimoiy himoya qilinishi, xar bir hudud davlat hokimiyat organlari moliyaviy masalalarni to’g’ri hal qila bilishiga bog’liq. Bunda mahalliy budjetga tushadigan soliq va yig’imlarning turi, miqdorini belgilash alohida o’rin tutadi.

Mahalliy budjetlar daromadlarini mustahkamlash va xarajatlarini muvofiqlashtirishda moliya idoralari rolini oshirishning eng asosiy bosqichi bu organlarni faoliyatini xususiy belgilab berishdir. Bugungi kunda respublikamizda mahalliy moliya idoralari faoliyatini va ular oldidagi vazifalarni belgilab beruvchi umumlashgan xususiy xujjat mavjud emas. Viloyat moliya bosh boshqarmalari faoliyatini belgilab beruvchi tartiblar viloyat hokimligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqarilgan.

Mahalliy budjetlar hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishning asosiy manbai va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining iqtisodiy negizi bo’lganligi sababli, budjetga qo’shimcha mablag’lar jalb etish manbalarini izlab topish va mavjud mablag’larni samarali sarflanishini ta’minlash budjet siyosati samaradorligini ta’minlaydigan asosiy omil hisoblanadi.

II BOB. MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDA VA HUDUDIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA SOLIQLARNING AMAL QILISH MEXANIZMI (TOSHKENT SHAXRI OLMAZOR TUMANI MISOLIDA)
2.1. Mahalliy budjet daromadlar bazasining iqtisodiy tahlili
Ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar kundan kunga chuqurlashib bormoqda. Bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini erkinlantirishuvida namoyon bo’lmoqda. Davlat bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, yani yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi munosabat endilikda faqat soliq orqali amalga oshiriladigan holatga aylanmoqda. Bu esa ushbu jarayonni chuqur o’rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi.

Mahalliy budjetlarning iqtisodiy tomondan mustaqqil faoliyat olib borishlari ularning o’z daromadlar manbaining mavjudligi bilan xarakterlanadi. Mahalliy budjetlar o’z hududida turli yo’nalishdagi vazifalarini hal qilish uchun yetarli bo’lgan moliyaviy mablag’ga ega bo’lishlari kerak.



Respublikamizda yer solig’i va mulk solig’i mahalliy soliqlar turkumiga 1998 yildan boshlab kiritildi. Bu esa mahalliy budjetlar daromad bazasini anchagina mustahqamlanishiga olib keldi, mahalliy soliqlar salmog’i 1998 yilda 10,7 foizdan 2000 yilda 18,1 foizga etdi.

Mahalliy budjetlar daromadlarining yana bir muhim manbasi bu jismoniy shaxslar daromad solig’ining mahalliy budjetlarga uzoq muddatga biriktirilib qo’yilishidir.

Mahalliy soliqlarning asosiy parametrlari (stavkalari, bazasi, yengilliklari) Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangani holda ularni yig’ish hududlarda amalga oshiriladi. Shuning uchun ba’zi soliqlarni yig’ish juda muammoga aylanmoqda, chunki bazasini aniqlash juda qiyin yoki ularni yig’ish bilan bog’liq xarajatlar shu soliqlarning summalaridan oshib ketmoqda. Xususan, bozorlardan yig’iladigan bir martalik patta yig’imlari xam juda xarajat talab yig’imlardandir. Shu tufayli mahalliy budjetlar daromad bazasini real mustahkamlash nuqtai nazaridan ushbu soliqlar kerakli talabga javob beradigan manba bo’la olmaydilar.

Ushbu yo’nalishda mahalliy hokimiyat organlarining o’z soliq potentsiallarini (salohiyatini) oshirish va soliq to’lovchilar sonini kichik korxonalarni ko’paytirish hisobiga oshirish, tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning sonini oshirish va ular daromadlarini nazorat qilish mexanizmining samaradorligini ko’tarish hisobiga budjet manfaatdorligini oshirish muhim yo’nalish hisoblanadi.

Respublikamiz soliq tizimidagi mavjud mahalliy soliqlar va yig’imlarga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarning ayrimlari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:

- mahalliy soliqlar va yig’imlar mahalliy davlat hokimiyati idoralari tasarrufida bo’lgan hududlar ehtiyojlari uchun ishlatiladi;

- ularning asosiy qismi mahalliy davlat hokimiyati idoralarining bevosita o’zlari tomonidan joriy etiladi, ularni huquqiy jihatdan tartibga solishda mahalliy davlat hokimiyati idoralariga bir qadar vakolatlar berilgan bo’lsada, respublika qonunchiligi bilan ham hisoblashishni talab etadi va boshqalar.

Shuningdek, mahalliy soliqlar va yig’imlarning muhim xususiyatlaridan biri, ularni belgilash usuliga ko’ra ikki guruhga, ya’ni respublika qonunchiligi bilan joriy etiladigan va mahalliy davlat hokimiyati idoralari qonunchiligi bilan joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yig’imlarga bo’linishidir.




Ko’rsatkichlar

2010 yil

2011 yil

2012 yil

2013 yil (reja)

mln.so’m

jami nis-n, %da

mln.so’m

jami nis-n, %da

mln.so’m

jami

nis-n, %da



mln.so’m

jami

nis-n, %da



Davlat maqsadli jamg’armalar daromadlarisiz – jami

13116397

100

16178564

100

20614100

100

25104900

100

1.To’g’ri soliqlar

3420602,8

26,1

4238732,8

26,2

5196400

25,2

6583100

26,2

2. Egri soliqlar

6973809,5

53,1

8656853,1

53,5

11187800

54,3

13039400

51,9

3. Mol-mulk solig’i va resurs to’lovlari

1974143,8

15,1

2308908,7

14,3

2746400

13,3

3755500

15

4. Ustama foyda solig’i

25695,7

0,2

142314,4

0,8

250000

1,2

294500

1,2

5. Boshqa daromadlar

722145,1

5,5

831754,5

5,1

1233500

6

1432400

5,7
1-jadval

Davlat budjeti daromadlarida soliqlarning salmog’i5

2013 yil 1 yanvardan boshlab, Prezidentimizning 1887-sonli qarorlariga ko’ra mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini ko’paytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq;

yuridik shaxs bo’lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq;

respublikada ishlab chiqariladigan pivo va o’simlik yog’iga aktsiz solig’i;

davlat bojlari, yig’imlar va jarimalar bo’yicha tushumlari to’liq miqdorda mahalliy budjetlar daromadlariga o’tkaziladi.6

Birinchi guruh mahalliy soliqlariga mol-mulk solig’i va yer solig’i kirib, ular respublika qonunchiligi bilan joriy etiladi va butun respublika hududida undiriladi hamda ular stavkalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Shuningdek, belgilanishi va amal qilishi nuqtai-nazaridan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq ham butun respublika hududida undirilib, uning yagona stavkasi amal qiladi

Mazkur guruh mahalliy soliqlari bo’yicha mahalliy davlat hokimiyati idoralarining faqatgina bir vakolati mavjud bo’lib, bu ham bo’lsa, ular o’z hududlarida joylashgan soliq to’lovchilarga mol-mulk solig’i bo’yicha qo’shimcha imtiyozlar berishi mumkin.

Ikkinchi guruh mahalliy soliqlar va yig’imlari, jumladan, infratuzilmani rivojlantirish solig’i; transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; savdo-sotik qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig’imlari; yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun yig’im mahalliy davlat hokimiyati idoralari tomonidan joriy etiladi. Ular stavkalarining eng yuqori miqdorlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanib, mahalliy davlat hokimiyati idoralari faqatgina ana shu stavkalar doirasida o’z hududlari uchun soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini belgilash bo’yicha esa to’liq huquqqa ega. Shu bilan birgalikda mahalliy davlat hokimiyati idoralariga yangi turdagi mahalliy soliqlar va yig’imlar joriy etish vakolati ham berilgan bo’lib, ularni joriy etish Vazirlar Mahkamasi bilan muvofiqlashtirishni talab etadi.



2-jadval
Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling