Oʼzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʼgʼrisida”gi Qonuning 26-moddasi ikkinchi qismida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organning yuridik xizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boʻlinmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilikka muvofiq oʻtkazilishi shuningdek mazkur qonunning 27-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini ular manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilganidan va boshqa turdagi ekspertizalar amalga oshirilganidan soʻng oʻtkazadi. Keysdagi holatga keladigan bo‘lsak, Oʼzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʼgʼrisida”gi Qonuning 27-moddasi birinchi qismiga asoslanib xujjat avvalo manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilib soʻngra huquqiy ekpertiza uchun Adliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlimlariga yuborilishi kerak. Yuqoridagi holatda Fermerlar kengashining talabi qonunchilik tartiblariga muvofiq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |