Mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy


Download 264.25 Kb.
Pdf просмотр
Sana22.12.2019
Hajmi264.25 Kb.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

VAZIRLAR MAHKAMASINING 

QARORI 

23.08.2007 y. 



N 181 

 

 



Hujjatning rus tilidagi 

matniga qarang 

 

 

DAVLAT VA XO’JALIK BOSHQARUVI, 



MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARINING 

AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN 

FOYDALANGAN  HOLDA  YURIDIK  VA  JISMONIY 

SHAXSLAR BILAN O’ZARO HAMKORLIGINI YANADA 

TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI 

TO’G’RISIDA 

 

Mazkur Qarorga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan 



O’zR VM 20.08.2009 y. 239-son Qarori, 

O’zR VM 24.03.2010 y. 52-son Qarori, 

O’zR VM 02.06.2010 y. 104-son Qarori, 

O’zR VM 02.06.2010 y. 105-son Qarori, 

O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qarori, 

O’zR VM 01.11.2012 y. 313-son Qarori, 

O’zR VM 30.12.2012 y. 378-son Qarori, 

O’zR VM 31.05.2013 y. 152-son Qarori, 

O’zR VM 09.09.2013 y. 244-son Qarori, 

O’zR VM 17.07.2014 y. 196-son Qarori 

 

1-ilova. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan 



holda interaktiv davlat xizmatlari to’g’risidagi Nizom 

            

2-ilova. Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari Reyestri 

 

 



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 

yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida" 2005 yil 8 iyuldagi PQ-

117-son  qarorini  bajarish  yuzasidan,  davlat  va  xo’jalik  boshqaruvi,  mahalliy  davlat 

hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularning axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalaridan foydalanish vositasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan tezkor o’zaro 

hamkorligini  ta’minlash,  shuningdek  davlat  va  xo’jalik  boshqaruvi,  mahalliy  davlat 

hokimiyati  organlari  tomonidan  ko’rsatiladigan  xizmatlardan  keng  foydalanilishini 

ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI: 

 

1. Quyidagilar: 



Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalangan  holda  interaktiv  davlat 

xizmatlari to’g’risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; 

Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestri 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

 


2.  Interaktiv  davlat  xizmatlari  reyestrini  yuritish  O’zbekiston  Respublikasi  Aloqa, 

axborotlashtirish  va  telekommunikatsiya  texnologiyalari  davlat  qo’mitasiga  yuklansin. 

(O’zR VM 30.12.2012 y. 378-son Qarori tahriridagi band) 

 

3. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar 



va Toshkent shahar hokimliklari: 

uch  oy  muddatda  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalangan  holda 

interaktiv  davlat  xizmatlari  ko’rsatilishini  ta’minlash  tadbirlari  rejalarini  ishlab  chiqsinlar 

va tasdiqlasinlar; 

interaktiv  davlat  xizmatlari  ko’rsatish  va  ko’rsatilayotgan  ana  shunday  xizmatlarni 

kengaytirish,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  interaktiv  davlat  xizmatlaridan  sifatli 

foydalanishini  ta’minlash,  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  keng  qo’llash  yo’li 

bilan  davlat  va  xo’jalik  boshqaruvi,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  faoliyatining 

samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ko’rsinlar; 

O’zbekiston  Respublikasi  Aloqa,  axborotlashtirish  va  telekommunikatsiya 

texnologiyalari  davlat  qo’mitasiga  ko’rsatilayotgan  interaktiv  davlat  xizmatlari  bo’yicha 

axborot,  shuningdek  mo’ljallanayotgan  interaktiv  davlat  xizmatlari  bo’yicha  takliflarni 

ularni  keyinchalik  Interaktiv  davlat  xizmatlari  reyestriga  kiritish  uchun  taqdim  etsinlar. 

(O’zR VM 30.12.2012 y. 378-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 

 

4.  O’zbekiston  Respublikasi  Aloqa,  axborotlashtirish  va  telekommunikatsiya 



texnologiyalari  davlat  qo’mitasi  zaruriyatga  ko’ra  vazirliklar  va  idoralar  bilan  birgalikda 

Vazirlar  Mahkamasiga  Bazaviy  interaktiv  davlat  xizmatlari  reyestriga  o’zgartirishlar 

kiritishga doir umumlashtirilgan takliflar kiritsin. 

(O’zR VM 30.12.2012 y. 378-son Qarori 

tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 

 

5. Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishni 



muvofiqlashtiruvchi kengash (A.N. Aripov) o’z majlislarida davlat va xo’jalik boshqaruvi, 

mahalliy 

davlat 

hokimiyati 



organlari 

tomonidan 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalaridan  foydalangan  holda  interaktiv  davlat  xizmatlari  ko’rsatish,  shu 

jumladan, davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining elektron 

hujjatlar aylanishi tizimlarini joriy etish va axborot tizimlarini integratsiyalash ishlarining 

ahvolini muntazam ravishda ko’rib chiqsin. 

 

6.  Mazkur  qarorning  bajarilishini  nazorat  qilish  O’zbekiston  Respublikasi  Bosh 



vazirining o’rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.  

 

 



O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev  

 

 



 

 

 



Vazirlar Mahkamasining 

2007 yil 23 avgustdagi 

181-son qaroriga 

2-ILOVA 


 

 

Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari 



REYESTRI 

  

T/r 



Xizmatlar nomi 

Bajarish uchun mas’ullar 



 

 

1. 



Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat 

hokimiyati organlarining tuzilmasi, tarkibi, funksiyalari 

va asosiy faoliyati, ularda fuqarolarning murojaatlarini 

ko’rib chiqish tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish. 

 

Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo’jalik 



boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati 

organlari 

2. 

Fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqish. 



 

3. 


Tug’ilganlikni, o’limni, nikohni ro’yxatdan o’tkazish, 

nikohni bekor qilish, otalikni belgilash, farzandlikka 

olish, familiyani, ismni va ota ismini o’zgartirish tartibi 

to’g’risida axborotlar taqdim etish. 

 

Adliya vazirligi 



4. 

O’zbekiston Respublikasi FHDYO hududiy organlari 

ro’yxatini taqdim etish. 

 

4-1. 



Davlat notarial idoralari reyestri to’g’risida ma’lumotlar 

taqdim etish 

(O’zR VM 02.06.2010 y. 104-son Qarori

 

tahriridagi pozitsiya) (Oldingi tahririga qarang) 



 

4-2. 


Advokatlar, shuningdek advokatlik byurolari, 

advokatlik firmalari, advokatlar hay’atlari, yuridik 

maslahatxonalar reyestri to’g’risida ma’lumotlar taqdim 

etish 


(Mazkur pozitsiya O’zR VM 20.08.2009 y. 239-

sonli Qaroriga muvofiq kiritilgan) 

 

4-3. 


Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazilgan yuridik 

shaxslar birlashmalari reyestri to’g’risida ma’lumotlar 

taqdim etish 

(O’zR VM 20.08.2009 y. 239-sonli Qaroriga 

muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

4-4. 



O’zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarini 

davlat ro’yxatiga olish reyestri to’g’risida ma’lumotlar 

taqdim etish 

(O’zR VM 20.08.2009 y. 239-sonli Qaroriga 

muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

4-5. 



O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari 

va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat 

reyestri to’g’risida ma’lumotlar taqdim etish 

(O’zR VM 

20.08.2009 y. 239-sonli Qaroriga muvofiq kiritilgan 

pozitsiya) 

 

5. 


Maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o’rta maxsus, kasb-

hunar va oliy ta’lim tizimlari to’g’risida axborotlar, 

O’zbekiston Respublikasining oliy o’quv yurtlari, 

akademik litseylari, kasb-hunar kollejlari va maktablari 

ro’yxatini taqdim etish. 

 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, 



Xalq ta’limi vazirligi 

6. 


O’zbekiston Respublikasi o’quv yurtlariga o’qishga 

kirish tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish. 

 

7. 


Bandlik masalalari bo’yicha axborotlar taqdim etish  

 

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 



qilish vazirligi 

 

(O’zR VM 24.03.2010 y. 52-son Qarori



 

tahriridagi pozitsiya) (Oldingi tahririga qarang) 

 

8. 


Pensiya va nafaqalarni rasmiylashtirish masalalari 

bo’yicha axborotlar taqdim etish  

 

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 



tashqari Pensiya jamg’armasi 

 

(O’zR VM 24.03.2010 y. 52-son Qarori



 

tahriridagi pozitsiya) (Oldingi tahririga qarang) 



 

9. 


Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini 

ta’minlash masalalari bo’yicha axborotlar taqdim etish. 

 

Ichki ishlar vazirligi 



10. 

Transport vositalarini ro’yxatdan o’tkazish va texnik 

ko’rikdan o’tkazish to’g’risida axborotlar taqdim etish. 

 

11. 



Yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini 

ro’yxatdan o’tkazish yuzasidan arizalarini ko’rib chiqish. 

 

12. 


O’zbekiston Respublikasida kommunal xizmatlar 

ko’rsatishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi 

to’g’risida axborotlar taqdim etish. 

 

"O’zkommunxizmat" agentligi 



13. 

Fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko’rsatish tartibi va ularni 

tashkil etish to’g’risida axborotlar taqdim etish. 

 

Sog’liqni saqlash vazirligi 



14. 

Sog’liqni saqlash vazirligi tizimi davlat muassasalari 

tomonidan bepul tibbiy yordam ko’rsatish tartibi 

to’g’risida axborotlar taqdim etish. 

 

15. 


Ro’yxatdan o’tkazilgan dori-darmonlar to’g’risida 

axborotlar taqdim etish. 

 

16. 


Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga 

oshirish tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish. 

 

17. 


Sog’liqni saqlash vazirligi tizimi o’quv muassasalari 

to’g’risida axborotlar taqdim etish. 

 

18. 


Sog’liqni saqlash vazirligi tizimi o’quv yurtlariga 

o’qishga kirish va o’qish uchun davlat grantlari berish 

tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish. 

 

19. 



Sog’liqni saqlash muassasalari xodimlarini qayta 

tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi 

to’g’risida axborotlar taqdim etish.  

 

19-1. 



Ota-onalar uchun bolalarni rejali vaksinatsiya va tibbiy 

ko’rikdan o’tkazish zaruriyati to’g’risida axborotlar 

taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga 

muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

20. 



Soliq to’lovchining so’roviga ko’ra byudjet va 

byudjetdan tashqari jamg’armasi bilan o’zaro hisob-

kitoblar to’g’risida axborotlar taqdim etish. 

 

Davlat soliq qo’mitasi 



 

21. 


Soliq to’lovchining so’roviga ko’ra nazorat organlarining 

tegishli davr uchun xo’jalik yurituvchi subyektlarni 

tekshirish reja-jadvalidan ko’chirmalar berish. 

 

22. 



Soliq to’lovchini ro’yxatdan o’tkazish yuzasidan 

arizalarini qabul qilish va shaxsiy tartib raqamlarini 

berish hamda soliq to’lovchining ro’yxatdan o’tkazish 

ma’lumotlarini o’zgartirish (faqat shahar va tumanlar 

huzuridagi ro’yxatdan o’tkazuvchi organlar, shuningdek 

mintaqaviy adliya organlari uchun). 

 

23. 


Soliq solish bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar 

to’g’risida axborotlar taqdim etish. 



 

24. 


Elektron soliq hisobotini qabul qilish va qayta ishlash, 

elektron soliq hisobotini jo’natish bo’yicha xizmatlar 

ko’rsatish. 

 

24-1. 



Elektron soliq deklaratsiyalarini qabul qilish va ularni 

umumlashtirish 

(O’zR VM 20.08.2009 y. 239-sonli 

Qaroriga muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

24-2. 


Soliq to’lovchi jismoniy shaxslarning byudjet va 

byudjetdan tashqari jamg’armalar bilan o’zaro hisob-

kitoblari to’g’risida axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 

01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq kiritilgan 

pozitsiya) 

 

24-3. 


Xususiy tadbirkorlarni tekshirish natijalari to’g’risida 

axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son 

Qaroriga muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

25. 


O’zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirishning amalda qaror topgan asosiy 

makroiqtisodiy ko’rsatkichlari to’g’risida axborotlar 

taqdim etish.  

 

Davlat statistika qo’mitasi 



26. 

Korxonalar va tashkilotlarning davlat registriga doir 

axborotlar taqdim etish.  

 

26-1. 



Davlat statistika hisobotlari blankalari shakllarini 

taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga 

muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

26-2. 


Statistik klassifikatorlar bo’yicha axborotlar taqdim 

etish 


(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq 

kiritilgan pozitsiya) 

 

26-3. 


Elektron arizalarni qabul qilish va ular bilan ishlash, 

shuningdek Internet tarmog’i orqali O’zbekiston 

Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining rasmiy 

saytida ochiq firma nomlarini zaxiralash va vaqtincha 

saqlash 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga 

muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

26-4. 



Elektron statistika hisobotlarini qabul qilish va ular 

bilan ishlash, Internet tarmog’i orqali elektron raqamli 

imzolardan foydalangan holda elektron statistika 

hisobotlari yuborish xizmatlari ko’rsatish 

(O’zR VM 

01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq kiritilgan 

pozitsiya) 

 

27. 



Deklarantlardan deklaratsiyalarning elektron 

nusxalarini qabul qilish va qayta ishlash. 

 

Davlat bojxona qo’mitasi 



27-1. 

Tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan olingan tovarlarning 

ayrim turlari eksport narxlari bo’yicha axborot berish 

(O’zR VM 20.08.2009 y. 239-sonli Qaroriga muvofiq 

kiritilgan pozitsiya) 

 

27-2. 



Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturalari 

ro’yxatini taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son 

Qaroriga muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 


27-3. 

Bojxona brokerlari to’g’risida axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq 

kiritilgan pozitsiya) 

 

27-4. 


Majburiy sertifikatlanishi lozim bo’lgan tovarlar 

to’g’risida axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 

y. 24-son Qaroriga muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

28. 


Biznesni rejalashtirish va boshqarish, tadbirkorlikni 

rivojlantirishni moliya-kredit bo’yicha qo’llab-

quvvatlash masalalariga doir axborotlar taqdim etish. 

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, 



Markaziy bank

 

(O’zR VM 02.06.2010 



y. 105-son Qarori

 

tahriridagi ustun) 



(Oldingi tahririga qarang) 

 

29. 



Tadbirkorlikni litsenziyalash va davlat tomonidan 

tartibga solish masalalari bo’yicha axborotlar taqdim 

etish. 

 

30. 



Mol-mulki sotiladigan iqtisodiy nochor xo’jalik 

yurituvchi subyektlar to’g’risida axborot. 

Davlat raqobat qo’mitasi 

(O’zR VM 09.09.2013 y. 244-son Qarori tahriridagi pozitsiya) (Oldingi tahririga qarang) 

 

31. 


Qimmatli qog’ozlar bozori, bank va sug’urta sektorlari 

to’g’risida axborotlar taqdim etish 

 

Davlat raqobat qo’mitasi, Markaziy 



bank, Moliya vazirligi 

(O’zR VM 09.09.2013 y. 244-son Qarori tahriridagi pozitsiya) (Oldingi tahririga qarang) 

 

32. 


Kommunal xizmatlar uchun tariflarni shakllantirish va 

tasdiqlash tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish 

 

Moliya vazirligi 



 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qarori tahriridagi pozitsiya) (Oldingi tahririga qarang) 

 

33. 


Tashqi savdo statistikasi bo’yicha axborotlar taqdim 

etish. 


 

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar 

va savdo vazirligi 

34. 


Investitsiya loyihalari to’g’risida axborotlar taqdim etish, 

investitsiya takliflarini qabul qilish. 

 

35. 


Davlat elektron xaridlarini tashkil qilish to’g’risida 

axborotlar taqdim etish. 

 

36. 


Mamlakatning transport-kommunikatsiya kompleksi: 

avtomobil yo’llari va temir yo’llar, fuqaro aviatsiyasi 

to’g’risida axborotlar taqdim etish 

 

O’zbekiston avtomobil va daryo 



transporti agentligi, "O’zbekiston havo 

yo’llari" MAK, "O’zbekiston temir 

yo’llari", "O’zavtoyo’l" DAK 

 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qarori tahriridagi pozitsiya) (Oldingi tahririga qarang) 



 

37. 


Yo’lovchi tashish temir yo’l va aviatsiya transporti 

qatnovlari jadvalini, vokzallarning ma’lumotlar berish 

xizmatlari ro’yxatini taqdim etish 

 

O’zbekiston avtomobil va daryo 



transporti agentligi, "O’zbekiston havo 

yo’llari" MAK, "O’zbekiston temir 

yo’llari" 

 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qarori tahriridagi pozitsiya) (Oldingi tahririga qarang) 



 

38. 


Telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari 

tariflari, O’zbekiston Respublikasi pochta indekslari 

ro’yxati, O’zbekiston Respublikasi telefon raqamlari 

zonalar kodlari, mamlakatlar kodlari, davlat organlari 

saytlari ro’yxati va manzillari bo’yicha axborotlar 

taqdim etish. 

O’zbekiston Respublikasi Aloqa, 

axborotlashtirish va telekommunikatsiya 

texnologiyalari davlat qo’mitasi 

(O’zR 


VM 30.12.2012 y. 378-son Qarori 

tahriridagi ustun) 



 

 

39. 



Ro’yxatdan o’tkazilgan Davlat axborot resurslari va 

tizimlari to’g’risida axborotlar taqdim etish.  

 

40. 


Litsenziyalar olish yuzasidan arizalar qabul qilish. 

 

40-1. 



Radiochastotalarning taqsimlanishi bo’yicha axborot 

berish 


(O’zR VM 20.08.2009 y. 239-sonli Qaroriga 

muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

40-2. 


Davlat organlarining interaktiv davlat xizmatlari 

to’g’risida axborot berish 

(O’zR VM 20.08.2009 y. 239-

sonli Qaroriga muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

40-3. 


Abonentning statsionar telefon aloqasi xizmatlaridan 

foydalanganlik uchun hisob-kitobi holati, shuningdek 

uning qarzdorligi to’g’risida axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq 

kiritilgan pozitsiya) 

 

40-4. 



Abonentning Internet tarmog’i xizmatlaridan 

foydalanganlik uchun hisob-kitobi holati, shuningdek 

uning qarzdorligi to’g’risida axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq 

kiritilgan pozitsiya) 

 

40-5. 



Jo’natuvchilarga va oluvchilarga xatlar va banderollar 

yetkazib berilganligi to’g’risida axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq 

kiritilgan pozitsiya) 

 

40-6. 


Dasturiy mahsulotlarning milliy ishlab chiquvchilari 

to’g’risida axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 

y. 24-son Qaroriga muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

41. 


Migratsiya va O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan 

chiqish masalalari bo’yicha axborotlar taqdim etish. 

 

Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar 



vazirligi 

42. 


Kelayotgan chet elliklarga vizalar berish, ularni 

vaqtinchalik ro’yxatdan o’tkazish va vaqtinchalik 

ro’yxatdan o’tkazishni uzaytirish, doimiy yashash uchun 

ruxsatnomalar olish, biron joyda yashash hujjati, 

O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish tartibotlari 

bo’yicha, O’zbekiston Respublikasi hududiga kirish 

borasidagi cheklashlar to’g’risida axborotlar taqdim 

etish. 


 

43. 


O’zbekiston Respublikasidagi chet el elchixonalari, 

O’zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan 

xalqaro tashkilotlarning diplomatik missiyalari va 

vakolatxonalari, O’zbekiston Respublikasining chet 

ellardagi elchixonalari ro’yxatini taqdim etish. 

 

Tashqi ishlar vazirligi 



43-1. 

Viza anketalarini elektron tarzda qabul qilish 

(O’zR VM 

20.08.2009 y. 239-sonli Qaroriga muvofiq kiritilgan 

pozitsiya) 

 

44. 



Davlat arxivi fondlaridan axborotlar taqdim etish. 

 

"O’zarxiv" agentligi 



45. 

Ilm-fan, ta’lim, axborot va madaniyat bo’yicha 

qiziqishlarni tezkorlik bilan qondirishga yo’naltirilgan 

Alisher Navoiy nomidagi milliy 

kutubxona, Oliy va o’rta maxsus ta’lim 


zamonaviy axborot texnologiyalari asosida aholiga 

axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishga doir 

axborotlarni, O’zbekiston Respublikasining axborot 

resurslari va axborot-kutubxona markazlari, shuningdek 

ixtisoslashtirilgan kutubxonalari ro’yxatini taqdim etish 

 

vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, 



O’zbekiston Respublikasi Aloqa, 

axborotlashtirish va telekommunikatsiya 

texnologiyalari davlat qo’mitasi 

(O’zR 


VM 30.12.2012 y. 378-son Qarori 

tahriridagi ustun) 

 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qarori tahriridagi pozitsiya) (Oldingi tahririga qarang) 



 

46. 


Yer resurslari bo’yicha axborotlar taqdim etish. 

 

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va 



davlat kadastri davlat qo’mitasi 

47. 


Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat 

ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida axborotlar taqdim etish. 

 

47-1. 


Yer uchastkalariga huquqlarni davlat ro’yxatidan 

o’tkazish uchun taqdim qilinayotgan hujjatlar tartibi va 

tarkibi to’g’risida axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 

01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq kiritilgan 

pozitsiya) 

 

47-2. 


Binolar va inshootlarga huquqlarni davlat ro’yxatidan 

o’tkazish uchun taqdim qilinayotgan hujjatlar tartibi va 

tarkibi to’g’risida axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 

01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq kiritilgan 

pozitsiya) 

 

48. 


O’zbekiston Respublikasining tabiiy-jug’rofiy sharoitlari 

va tarixiy-madaniy merosi to’g’risida axborotlar taqdim 

etish. 

 

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, 



"Yergeodezkadastr" davlat qo’mitasi 

49. 


"Toshkent" xalqaro aeroportidagi samolyotlar qatnovi 

jadvali, reyslardagi mavjud o’rinlar soni, aviakompaniya 

tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar tariflari, ro’yxati, 

samolyotlarning kelish va ketish vaqti tablosi. 

 

"O’zbekiston havo yo’llari" MAK 



O’zR VM 20.08.2009 y. 239-sonli Qaroriga muvofiq kiritilgan 50-84-pozitsiyalar 

 

50. 



Aviakompaniya tomonidan real vaqt rejimida 

ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash uchun anketa  

 

"O’zbekiston havo yo’llari" MAK 



 

50-1. 


"O’zbekiston havo yo’llari" milliy aviakompaniyasining 

aviachiptalarini band qilish va sotish, shuningdek band 

qilish va sotishni amalga oshirish bo’yicha axborotlar 

taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga 

muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

50-2. 


Aviakompaniyaning mahalliy, xalqaro reyslarga 

beriladigan imtiyozlar, chegirmalar hamda ularni 

qo’llash qoidalari to’g’risida axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq 

kiritilgan pozitsiya) 

 

51. 



Olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan ozonni buzuvchi 

moddalar va tarkibida ular bo’lgan moddalar to’g’risida 

axborot berish  

 

O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni 



muhofaza qilish qo’mitasi 

 

52. 



Ekologiya sertifikati berish bo’yicha axborot berish  

 

52-1. 



Davlat ekologiya ekspertiza xulosasini berish uchun 

zarur bo’lgan hujjatlar tarkibi bo’yicha axborotlar 

taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga 



muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

53. 



Yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqi 

uchun berilgan litsenziyalar bo’yicha axborot berish  

 

O’zbekiston Respublikasi Davlat 



geologiya va mineral resurslar qo’mitasi 

 

54. 



Mahsulotlar (xizmatlar)ni sertifikatlash bo’yicha 

akkreditatsiya qilingan organlar to’g’risida axborot 

berish  

 

O’zbekiston standartlashtirish, 



metrologiya va sertifikatlashtirish 

agentligi 

 

55. 


Akkreditatsiya qilingan sinov (o’lchov) laboratoriyalari 

bo’yicha axborot berish  

 

55-1. 


Standartlashtirish bo’yicha normativ hujjatlarni davlat 

ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq 

kiritilgan pozitsiya) 

 

55-2. 


Mahsulotlarni sertifikatlash va majburiy sertifikatlanishi 

lozim bo’lgan mahsulotlar ro’yxati bo’yicha axborotlar 

taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga 

muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

55-3. 



O’lchovlarni bajarish metodikasi davlat reyestri bo’yicha 

axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son 

Qaroriga muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

55-4. 


Akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari davlat 

reyestri bo’yicha axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 

01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq kiritilgan 

pozitsiya) 

 

55-5. 



Sifatni boshqarish sertifikatlashgan tizimi davlat reyestri 

bo’yicha axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 

y. 24-son Qaroriga muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

55-6. 


O’lchov vositalari davlat reyestri bo’yicha axborotlar 

taqdim etish  

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga 

muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

       


O’zR VM 01.11.2012 y. 313-son

 Qaroriga

 

muvofiq 55-7 



pozitsiya o’z kuchini yo’qotgan 

55-7. 


O’lchov vositalarini tayyorlash, sotish va ijaraga berish 

faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga 

ega bo’lgan yuridik shaxslar to’g’risida axborotlar 

taqdim etish (O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga 

muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

56. 



Avtomobil transportida yo’lovchilar va yuk tashish 

faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar 

berish bo’yicha axborot taqdim etish 

(O’zR VM 

01.11.2012 y. 313-son Qarori tahriridagi pozitsiya) 

(Oldingi tahririga qarang) 

 

O’zbekiston avtomobil va daryo 



transporti agentligi 

 

57. 



Yangi ilmiy loyihalar bo’yicha tanlovga, shuningdek 

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-

tadqiqot muassasalarida bajarilgan ilmiy ishlanmalar 

to’g’risidagi  arizalarni ro’yxatdan o’tkazish tartibi 

haqida axborot berish  

 

O’zbekiston Respublikasi Fanlar 



akademiyasi 

 

58. 



Kredit tashkilotlari (banklar, lombardlar, mikrokredit 

O’zbekiston Respublikasi Markaziy 



tashkilotlari), shuningdek qimmatli qog’ozlar 

blankalarini tayyorlash huquqiga ega bo’lgan yuridik 

shaxslar to’g’risida axborot berish 

(O’zR VM 31.05.2013 

y. 152-son Qarori

 

tahriridagi pozitsiya) (Oldingi tahririga 



qarang) 

 

banki 



 

58-1. 


Bank faoliyatini amalga oshirish uchun tijorat banklarini 

litsenziyalash tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq 

kiritilgan pozitsiya) 

 

58-2. 


Mikrokredit tashkilotlari hamda lombardlar faoliyatini 

litsenziyalash va tartibga solish bo’yicha axborotlar 

taqdim etish 

(O’zR VM 31.05.2013 y. 152-son Qarori

 

tahriridagi pozitsiya) (Oldingi tahririga qarang) 



 

59. 


Kreditlar, mikrokreditlar berish bo’yicha, shuningdek 

xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklarning kredit 

liniyalari to’g’risida axborot taqdim etish 

 

O’zbekiston Respublikasi Markaziy 



banki, tijorat banklari 

 

60. 



Bank omonatlari bo’yicha axborot berish  

 

61. 



Bank kartalari berish bo’yicha axborot taqdim etish  

 

62. 



Kartochkalar, terminallar, bankomatlardan foydalanish, 

terminallarni o’rnatish, ta’mirlash va almashtirish 

bo’yicha axborot berish  

 

 



63. 

Ilmiy loyihalar tanloviga berilayotgan 

buyurtmanomalarni ro’yxatdan o’tkazish  

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va 



texnologiyalarni rivojlantirishni 

muvofiqlashtirish qo’mitasi 

 

64. 


Innovatsion ilmiy ishlanmalar, ilmiy loyihalar tanlovlari, 

shuningdek ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalari 

to’g’risida axborot berish 

 

65. 



Innovatsion mahsulotlar yarmarkasida qatnashish uchun 

buyurtmanomalarni ro’yxatdan o’tkazish 

 

65-1. 


Ilmiy va ilmiy-texnikaviy tadbirlar o’tkazish rejasiga 

takliflarni elektron ro’yxatga olish 

(O’zR VM 01.02.2012 

y. 24-son Qaroriga muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

65-2. 


Ilmiy-tadqiqot ishlarni bajarish natijalarini elektron 

ro’yxatga olish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga 

muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

66. 


Qimmatli qog’ozlarning chiqarilishi, qimmatli qog’ozlar 

bozorining professional qatnashchilari to’g’risida 

axborot berish  

 

Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi 



Qimmatli qog’ozlar bozorini 

muvofiqlashtirish va rivojlantirish 

markazi 

(O’zR VM 09.09.2013 y. 244-son 

Qarori tahriridagi grafa) 

 

67. 



Paxta mahsulotlari tashqi ko’rinishi standart 

namunalariga buyurtmalar qabul qilish to’g’risida 

axborot berish 

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat" 



O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash 

markazi 


 

68. 


Aeroportlarda havo tashuvlarini amalga oshirish bilan 

bog’liq bo’lgan havo kemalariga xizmat ko’rsatish 

bo’yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun 

litsenziyalar berish bo’yicha axborot taqdim etish 

(O’zR 

VM 01.11.2012 y. 313-son Qarori tahriridagi pozitsiya) 



O’zbekiston Respublikasi Parvozlar 

xavfsizligini nazorat qilish davlat 

inspeksiyasi 

 


(Oldingi tahririga qarang) 

 

68-1. 



O’zbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental 

aviatsiya aerodromlarini sertifikatlash bo’yicha 

axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 01.11.2012 y. 313-son 

Qarori tahriridagi pozitsiya) (Oldingi tahririga qarang) 

 

68-2. 



O’zbekiston Respublikasining fuqaro havo kemalarini 

davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha axborotlar taqdim 

etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq 



kiritilgan pozitsiya) 

 

68-3. 



O’zbekiston Respublikasining havo kemalari 

ekspluatantlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha 

axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son 

Qaroriga muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

68-4. 



Aviatsiya texnikalariga texnik xizmat ko’rsatish 

tashkilotlarini sertifikatlash bo’yicha axborotlar taqdim 

etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq 



kiritilgan pozitsiya) 

 

68-5. 



O’zbekiston Respublikasiga muntazam ravishda 

parvozlarni bajarish uchun xorijiy aviatashuvchilarga 

foydalanish ruxsatnomalarini berish bo’yicha axborotlar 

taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga 

muvofiq kiritilgan pozitsiya) 

 

69. 


Ichki va xalqaro yo’nalishlarda temir yo’l transportida 

yuk va yo’lovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish 

huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan axborot taqdim 

etish  


 

O’zbekiston Respublikasi Temir 

yo’llarda yuk va yo’lovchilar tashish 

xavfsizligini nazorat qilish davlat 

inspeksiyasi 

 

70. 



Yuridik shaxslarga obyektlarni, mahsulotlar va 

texnologiyalarni ularning belgilangan standartlarga 

muvofiqligi yuzasidan berilgan qabul qilish xulosalari 

bo’yicha axborot berish  

 

71. 


G’allani, dukkakli donlarni, yog’li ekinlar hosilini va 

ularni qayta ishlash mahsulotlarini sertifikatlash, g’allani 

va uni qayta ishlash mahsulotlarini tekshirish tartibi, 

ushbu tarmoqda sinov vositalarini metrologik 

attestatsiyadan o’tkazish to’g’risida axborot berish 

 

Davlat don inspeksiyasi 



 

72. 


Iste’mol obyektlarining energiya ta’minoti loyihalarini 

kelishib olish bo’yicha axborot berish 

(O’zR VM 

01.11.2012 y. 313-son Qarori tahriridagi pozitsiya) 

(Oldingi tahririga qarang) 

 

Elektr energetikada nazorat bo’yicha 



davlat inspeksiyasi 

 

       



O’zR VM 01.11.2012 y. 313-son

 Qaroriga

 

muvofiq 73 



pozitsiya o’z kuchini yo’qotgan 

73. 


Energetik tekshirish va ekspertiza o’tkazish faoliyatini 

amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo’lgan 

xo’jalik yurituvchi subyektlar ro’yxatini berish  

 

         



O’zR VM 01.11.2012 y. 313-son

 Qaroriga

 

muvofiq 73-1 



pozitsiya o’z kuchini yo’qotgan 

73-1. 


Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr 

stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish 

faoliyatini litsenziyalash bo’yicha axborotlar taqdim 


etish (O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq 

kiritilgan pozitsiya) 

 

74. 


Davlat kinostudiyalari tomonidan tayyorlangan 

audiovizual asarlar to’g’risida axborot berish  

 

"O’zbekkino" milliy agentligi 



 

75. 


Kino, videomahsulotlarni ishlab chiqarish, ko’paytirish, 

dublaj qilish, sotish va prokatga berish faoliyatini 

amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish 

yuzasidan axborot taqdim etish 

 

76. 


Elektron katalogdan, milliy va xorijiy elektron 

resurslardan foydalanishga ruxsat berish, adabiyotlarga 

buyurtma berish  

 

O’zbekiston milliy kutubxonasi 



 

77. 


Shahar transporti yo’nalishlari to’g’risida axborot berish  

 

"Toshshahartransxizmat" uyushmasi 



77-1. 

Shahar yo’lovchi transportida yurish uchun oylik yo’l 

kartochkalari turlari to’g’risida axborotlar taqdim etish 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq 

kiritilgan pozitsiya) 

 

78. 



Elektron temir yo’l chiptalarini band qilish va sotish 

xizmatlari ko’rsatish, poyezdlarda yo’l haqi narxi 

to’g’risida axborot berish  

 

"O’zbekiston temir yo’llari" davlat-



aksiyadorlik kompaniyasi 

 

79. 



O’zbekiston Respublikasi hududida temir yo’lda 

yurishda imtiyozlar to’g’risida axborot berish  

 

80. 


Aholi va xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun tabiiy 

gazdan foydalanish tariflari hamda tabiiy gaz bilan 

ta’minlash tarmoqlariga servis xizmati ko’rsatish uchun 

arizalarning elektron shakllari to’g’risida axborot berish 

 

"O’zbekneftgaz" MXK 



81. 

"O’zneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi 

zavodlarida ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari 

ro’yxatini taqdim etish  

 

82. 


Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, shu jumladan 

iste’mol tovarlari, shartnomalarning namunaviy 

shakllari, iste’mol tovarlarining doimiy yangilab 

boriladigan prays-varaqlari to’g’risida axborot berish  

 

"Olmaliq KMK" AJ 



 

83. 


Rux va qo’rg’oshin konsentratini qayta ishlash 

xizmatlari ko’rsatish, yetkazib beriladigan konsentrat 

sifatiga, namunaviy kontrakt shakliga qo’yiladigan 

talablar to’g’risida axborot berish  

 

84. 


Lizing xizmatlari to’g’risida axborot berish  

 

"O’zqishloqxo’jalik-mashlizing" 



kompaniyasi 

 

(O’zR VM 01.02.2012 y. 24-son Qaroriga muvofiq kiritilgan 85-150-pozitsiyalar) 



 

85. 


Sug’urtachilar va sug’urta brokerlarining sug’urta 

faoliyatini litsenziyalash tartibi, shuningdek litsenziya 

olish uchun tegishli blankalar va arizalarning elektron 

shakllari to’g’risida axborotlar taqdim etish  

 

O’zbekiston Respublikasi Moliya 



vazirligi 

86. 


Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi, shuningdek 

litsenziya olish uchun tegishli blankalar va arizalarning 

elektron shakllari to’g’risida axborotlar taqdim etish 


 

87. 


Malaka sertifikatiga ega bo’lgan auditorlar to’g’risida 

axborotlar taqdim etish  

 

88. 


Monopolistik korxonalar va tabiiy monopoliyalar 

subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar 

(ishlar, xizmatlar)ga narxlar (tariflar)ni deklaratsiyalash 

(tasdiqlash) uchun arizalar qabul qilish 

 

89. 


Maktablarning 9-sinflari bitiruvchilarini o’rta maxsus, 

kasb-hunar kollejlarida o’qishga qamrab olish to’g’risida 

axborotlar taqdim etish  

 

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi 



vazirligi 

90. 


Bank xizmatlari olish uchun zarur bo’lgan maxsus 

arizalar va boshqa shablonlar shakllarini elektron 

shaklda taqdim etish 

 

O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari 



91. 

Bank schyotlarini masofadan xizmat ko’rsatish tizimiga 

ulash shartlari to’g’risida axborotlar taqdim etish  

 

92. 



Bank schyotlarining masofadan xizmat ko’rsatish tizimi 

orqali shaxsiy schyotlar bo’yicha qoldiqlari va 

mablag’lar aylanishi, berilgan kreditlarni qaytarish 

hamda mijozlarning omonatlari bo’yicha hisoblangan 

foizlar to’g’risida axborotlar taqdim etish  

 

93. 



Jismoniy va yuridik shaxslarning baholash, birja va 

rieltorlik faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini 

buzuvchilar to’g’risida axborotlar taqdim etish  

 

Davlat raqobat qo’mitasi 



(O’zR VM 

09.09.2013 y. 244-son Qarori tahriridagi 

grafa) 

94. 


Nizoli vaziyatlarda sud so’rovnomalari bo’yicha 

materiallarni baholashni ekspertizadan o’tkazish ekspert 

komissiyalari va ekspertlar tarkibi to’g’risida axborotlar 

taqdim etish  

 

95. 


Davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan korxonalarda 

(ustav kapitali 500 mln so’mdan ortiq bo’lgan ochiq 

aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sug’urta 

tashkilotlaridan tashqari) tashqi auditni o’tkazishiga 

ruxsat berilgan auditorlik tashkilotlari to’g’risida 

axborotlar taqdim etish  

 

96. 


Baholash tashkilotlari va birjalar, rieltorlik faoliyati 

uchun litsenziyalar berish uchun ariza blankalari, 

shuningdek baholovchining malaka imtihonidan o’tish 

hamda jismoniy shaxslarning birja savdolarida 

professional ishtirokchilar sifatida faoliyatni amalga 

oshirish huquqiga attestatsiyadan o’tish uchun 

to’ldiriladigan anketalar taqdim etish 

 

97. 



O’zbekiston Respublikasida baholovchilar va birja 

savdolarining professional ishtirokchilarini tayyorlash va 

qayta tayyorlash bilan shug’ullanadigan mavjud o’quv 

markazlari to’g’risida axborotlar taqdim etish  

 

98. 


Jismoniy shaxslarni birja savdolari ishtirokchilari 

sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini olish uchun 

attestatsiyadan o’tkazish tartibi va jadvali hamda 

o’tkazilgan test natijalari to’g’risida axborotlar taqdim 

etish  

 


99. 

Baholovchilarni malaka imtihonidan o’tkazish tartibi va 

jadvali hamda o’tkazilgan test natijalari to’g’risida 

axborotlar taqdim etish 

 

100. 


Yuridik shaxslarga sanoat alpinizmi usuli bilan 

balandliklarda ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini 

amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berishga 

axborotlar taqdim etish, arizalar qabul qilish va ularning 

reyestrini yuritish 

 

O’zbekiston Respublikasi Davlat 



arxitektura va qurilish qo’mitasi 

101. 


Yuridik shaxslarga xavfi yuqori bo’lgan obyektlar va 

potensial xavfli ishlab chiqarishlarda ta’mirlash, qurilish-

montaj ishlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar 

berishga axborotlar taqdim etish, arizalar qabul qilish 

 

102. 


Yuridik shaxslarga mudofaa obyektlarida ta’mirlash, 

qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish huquqiga 

litsenziyalar berishga axborotlar taqdim etish, arizalar 

qabul qilish  

 

103. 


Yuridik shaxslarga ko’priklar va tunnellar qurish, 

ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash ishlarini amalga 

oshirish huquqiga litsenziyalar berish bo’yicha 

axborotlar taqdim etish, arizalar qabul qilish  

 

104. 


Tanlov savdolari to’g’risida axborotlar taqdim etish, 

savdolarga elektron shaklda arizalar qabul qilish 

 

105. 


Ommaviy axborot vositalarini ro’yxatdan o’tkazish 

tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish, shuningdek 

ularni ro’yxatdan o’tkazish uchun arizalar qabul qilishni 

tashkil etish 

 

O’zbekiston matbuot va axborot 



agentligi 

106. 


Matbaa korxonalarini ro’yxatdan o’tkazish tartibi 

to’g’risida axborotlar taqdim etish, shuningdek 

guvohnoma olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil 

etish 


 

107. 


Noshirlik faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida 

axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish 

uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish 

 

 



108. 

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar 

mutaxassisliklari nomenklaturalari va pasportlarini 

taqdim etish  

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 



Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya 

komissiyasi 

 

109. 


Himoya qilingan dissertatsiya ishlarining ilmiy va ilmiy-

amaliy ahamiyati to’g’risida axborotlar taqdim etish  

 

110. 


Dissertatsiya ishlarini himoya qilish uchun ruxsat 

berilgan mutaxassisliklar to’g’risida axborotlar taqdim 

etish  

 

111. 



Bajariladigan doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari 

mavzulari to’g’risida axborotlar taqdim etish 

 

112. 


Ilmiy daraja va ilmiy unvon berilgan shaxslar to’g’risida 

axborotlar taqdim etish  

 

113. 


O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar 

tayyorlash amalga oshiriladigan mutaxassisliklar 

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 

markazi 


bo’yicha axborotlar taqdim etish 

 

114. 



Xalq va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida 

pedagogik kadrlarga berilgan malaka toifasi va egallab 

turgan lavozimiga muvofiqligi to’g’risidagi hujjatlar 

bo’yicha axborotlar taqdim etish  

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 



Mahkamasi huzuridagi Davlat test 

markazi 


115. 

Ta’lim muassasalariga berilgan akkreditatsiya 

guvohnomalari to’g’risida axborotlar taqdim etish  

 

116. 



Nodavlat ta’lim muassasalariga berilgan litsenziyalar 

to’g’risida axborotlar taqdim etish  

 

117. 


O’zbekiston Respublikasidagi narkotik vaziyat 

rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari to’g’risida 

axborotlar taqdim etish  

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 



Mahkamasi huzuridagi Narkotik 

moddalarni nazorat qilish milliy axborot-

tahlil markazi 

 

118. 



O’zbekiston Respublikasi bo’yicha ob-havo ma’lumoti 

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 



Mahkamasi huzuridagi 

Gidrometeorologiya xizmati markazi 

 

119. 


Neft, gaz va gaz kondensati qazib chiqarish, ularni qayta 

ishlash va sotish, neft mahsulotlarini sotish, magistral 

gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari 

quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish 

va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash bo’yicha 

axborotlar taqdim etish 

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 



Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston neft 

mahsulotlari va gazdan foydalanishni 

nazorat qilish davlat inspeksiyasi 

 

120. 



Avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy 

almashtirish shoxobchalari orqali neft mahsulotlarini 

sotish faoliyatini litsenziyalash bo’yicha axborotlar 

taqdim etish 

  

 

121. 



Sanoat mulkchiligi obyektlari, seleksiya yutuqlariga 

muhofaza hujjatlari, EHM, ma’lumotlar bazalari va 

integral mikrosxemalar topologiyalari uchun dasturlarni 

rasmiy ro’yxatdan o’tkazishga buyurtmanomalar 

berishga arizalar qabul qilish va axborotlar taqdim etish  

 

Intellektual mulk agentligi 



 

122. 


Sanoat mulkchiligi obyektlaridan, seleksiya 

yutuqlaridan, EHM, ma’lumotlar bazalari va integral 

mikrosxemalar topologiyalari uchun dasturlardan 

foydalanish uchun huquqlar berish bo’yicha litsenziya 

shartnomalari, shuningdek ularning to’liq yoki qisman 

voz kechish to’g’risidagi shartnomalari haqida 

axborotlar taqdim etish 

 

123. 



Transport xizmatlarini tashkil etish bo’yicha mavjud 

yo’nalishlar hamda fuqarolardan takliflar qabul qilish 

to’g’risida axborotlar taqdim etish  

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar 



Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 

hokimliklari 

 

124. 


Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llagan holda 

ochiq tanlovlar asosida davlat xaridlarini amalga 

oshirish 

 

125. 



Haj va Umra ziyoratiga borishni tashkil etish tartibi 

to’g’risida axborotlar taqdim etish, ularni tashkil qilish 

bo’yicha fuqarolar arizalarini qabul qilish 

 

126. 



Alkogolli mahsulotlar savdolarini amalga oshirish 

faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida axborotlar 

taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar 

qabul qilishni tashkil etish 

 

127. 



Avtomobil yonilg’isi savdolarini amalga oshirish 

faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida axborotlar 

taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar 

qabul qilishni tashkil etish 

 

128. 


Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazer disklari 

ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ularni 

ko’paytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash tartibi 

to’g’risida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya 

olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish 

 

129. 



Ulgurji savdolarni amalga oshirish faoliyatini 

litsenziyalash tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish, 

shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni 

tashkil etish 

 

130. 


Yer munosabatlarini tartibga solish bo’yicha axborotlar 

taqdim etish va yerga egalik qilish huquqini berish 

yuzasidan hujjatlar qabul qilish 

 

 



131. 

Ishlab chiqariladigan tarmoq mahsulotlarining turlari 

ro’yxati bo’yicha axborotlar taqdim etish  

 

Oziq-ovqat sanoati korxonalari 



uyushmasi 

 

132. 



O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan 

farmatsevtika mahsulotlari bo’yicha axborotlar taqdim 

etish  

 

O’zbekiston farmatsevtika sanoati 



davlat-aksiyadorlik konserni 

 

133. 



Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab 

chiqariladigan dori-darmon vositalari nomenklaturasi 

to’g’risida axborotlar taqdim etish  

 

134. 



Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llagan holda 

ochiq tanlovlar asosida xaridlarni amalga oshirish 

 

"O’zavtosanoat" aksiyadorlik 



kompaniyasi 

135. 


Avtomobil tanlash va buyurtma berish bo’yicha 

axborotlar taqdim etish  

 

136. 


Kompaniya korxonalari tomonidan ishlab 

chiqariladigan mahsulotlar turlari, ularning tavsiflari va 

xususiyatlari to’g’risida axborotlar taqdim etish  

 

"O’zqurilishmateriallari" aksiyadorlik 



kompaniyasi 

137. 


Zarur formularlarni, shartnomalarni elektron shaklda 

taqdim etish  

 

138. 


Alkogolli mahsulotlarning haqiqiyligini 

avtomatlashtirilgan ravishda tekshirish imkoniyatini 

berish 

 

"O’zvinosanoat-xolding" xolding 



kompaniyasi 

139. 


U yoki bu sug’urta mahsuloti qiymatining 

avtomatlashtirilgan hisob-kitobini amalga oshirishni 

nazarda tutuvchi "Sug’urta kalkulator" sug’urta polisi 

hisob-kitobi bo’yicha axborot 

 

"O’zbekinvest" milliy eksport-import 



sug’urta kompaniyasi 

140. 


Kompaniya mijozlaridan sug’urta hodisalari to’g’risida 

arizalar qabul qilish 

 

141. 


Kitoblar yoki boshqa badiiy adabiyotlar tayyorlash va 

"Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik 



nashr qilish tartibi to’g’risida, gazetalar, kitoblar va 

boshqa nashrlar turlarini, elektron shaklda faylning 

mazmunini tegishli ravishda himoya qilinishini 

ta’minlagan holda ishlab chiqarishga qabul qilish 

tarzidagi qo’shimcha xizmatlar turlari to’g’risida 

axborotlar taqdim etish  

 

kompaniyasi 



 

142. 


Kitoblar va tayyorlashga imkoniyati bo’lgan qog’ozli 

toza tovarlar ro’yxatini taqdim etish 

 

143. 


Ishlar turlariga baholar, ishlab chiqarish shartlari, 

gazetalar va jurnallar (har oyda yangilash) haqidagi 

boshqa ma’lumotlar to’g’risida axborotlar taqdim etish  

 

144. 



Gazetalarni tarqatish va kuzatib borish, bosma 

nashrlarni savdo mintaqasining manzili bilan tarqatish 

tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish  

 

 



145. 

Tomosha-konsert faoliyatini litsenziyalash tartibi 

to’g’risida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya 

olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish 

(O’zR 

VM 17.07.2014 y. 196-son Qarori tahriridagi pozitsiya) 



 

"O’zbeknavo" estrada birlashmasi 

 

        


O’zR VM 17.07.2014 y. 196-son

 Qaroriga 

muvofiq 146-pozitsiya 

o’z kuchini yo’qotgan 

146. 

To’ylar, tug’ilgan kunlar va boshqa tantanalarga konsert 



xizmatlari ko’rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi 

to’g’risida axborotlar taqdim etish, shuningdek ushbu 

xizmatlarni ko’rsatishga arizalar qabul qilishni tashkil 

etish 


 

147. 


Konsertlar va tomosha tadbirlari o’tkazishga tomosha-

konsert guvohnomasini olish tartibi to’g’risida 

axborotlar taqdim etish, shuningdek guvohnoma olish 

uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish 

(O’zR VM 

17.07.2014 y. 196-son Qarori tahriridagi pozitsiya) 

 

148. 


Ishlab chiqariladigan xalq iste’mol tovarlari to’g’risida 

axborotlar taqdim etish hamda ularga Internet tarmog’i 

orqali buyurtmanomalar qabul qilish 

 

"O’zmetkombinat" OAJ 



149. 

"O’zmetkombinat" OAJ tomonidan ishlab 

chiqariladigan rangli metallar to’g’risida axborotlar 

taqdim etish hamda ularga Internet tarmog’i orqali 

buyurtmanomalar qabul qilish 

 

150. 



"O’zmetkombinat" OAJda ishlab chiqariladigan 

elektrodlar to’g’risida axborotlar taqdim etish  

 

  

  



"O’zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to’plami",  2007  yil,  33-34-son,  348-

modda. 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling