Mahalliy hokimlarning tashkil topishi
Download 66.72 Kb.
|
MAHALLIY HOKIMLARNING TASHKIL TOPISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Choch va Iloq tog`lari oltin, kumush, rangli madanlar, temir va jilvador chaqmoq toshlarga boy edi
MAHALLIY HOKIMLARNING TASHKIL TOPISHIChirchiq va Ohangaron vodiylarida ikkita hokimlik mavjud bo`lgan. Manbalarda ulardan biri Choch, ikkinchisi Iloq mulki nomlari ostida tilga olinadi. Chochning markazi Choch shahri bo`iib, hukmdon "tudun" deb yuritilardi. Iloqning markazi Tunkat, hokimlari "dehqon" deb atalardi. V asrda ular Eftaliylar davlatiga, VI asrda esa g`arbiy turk xoqonligiga bo`ysundiriladi.Choch va Iloq sertarmoq xo`jalikka ega bo`lib, sug`orma dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, konchilik, ichki va tashqi savdo yuksak darajada edi.Choch va Iloq tog`lari oltin, kumush, rangli ma'danlar, temir va jilvador chaqmoq toshlarga boy ediKarvon yo`lining o`lka orqali o`tishi Choch va Iloqqa ichki va tashqi savdo-sotiqning kengayib, shaharlarining gavjumlashuviga imkon beradi.Choch tudunlari old tomoniga mulkdorning surati, orqasiga gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, ba'zan sulolaviy ayri tamg`a tushirilgan chaqa-tangalar zarb etganlar.Ilk o`rta asrlarda o`rta Osiyo hokimliklarida ma'lum tartibdagi boshqaruv ma'muriyati tashkil topgan edi.Boshqaruv ma'muriyatining asosiy vazifasi fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o`z vaqtida yig`ib olish, jamoat ishlariga ularni safarbar etishdan iborat bo`lgan. Kirim-chiqimlar aniq va ravshan qayd etilib, hujjatlashtirilgan. Ularga barmoq bosilib, hatto muhr bilan tasdiqlab qo`yilgan.V-VII asrlarda o`rta Osiyoda, bir tomondan, yerga egalik qilish munosabatlarining o`rnatilishi va mustahkamlanib borishi, ikkinchi tomondan, ko`chmanchi chorvadorlarning beto`xtov shiddat bilan kirib kelishi va o`troqlashuvi shahar va qishloqlarning qiyofasi va aholisining turmush tarzi-yu ahvoliga jiddiy ta'sir ko`rsatadiZiroatkor yerlar kengayib, dehqonchilik vohalarining suv ta'minoti tubdan yaxshilandi. Tog`oldi maydonlariga suv chiqarilib, yangi yerlar o`zlashtirildi. Shaharlar gavjumlashdi.Qishloqlarda "ko`shk", "qasr", "qo`rg`ori" va "qo`rg`oncha" nomlari bilan shuhrat topgan istehkomli turar joylar qad ko`tardi.Ko`shk, qasr va qo`rg`onlar ko`proq yirik sug`orish shoxobchalari boshida, markaziy shaharlarning tevarak-atrofida hamda dehqonchilik vohalari chegaralari bo`ylab joylashgan edi. Suv chiqarilib obod etilgan vohalar bo`ylab katta-kichik qal`alar, mayda qo`rg`onchalar quriladi. Ko`shk va qasrli qo`rg`onlarda mulkdor dehqonlar, qo`rg`onchalarda esa ziroatchi mehnatkash aholi yashar edio`rta asrlarda shaharlar uch qismdan iborat bolgan. Ular "ark", "shahriston", "rabod" deb yuritilgan.Shaharlarning uchala qismi ham alohida-alohida devorlar bilan o`rab olingan. Ularning bir nechta darvozalari bo`lgan. Shahar devorlari bo`ylab oqib o`tgan anhor xandaq vazifasini bajargan.Ark -shaharninh hokim qasri joylashgan qismi. Rabod -shaharning tashqi mavzesi. Ixshid - viloyat hokimi. Shahriston -shaharning ichki qismi. Najjorlik –duradgorlik.Download 66.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling