Mahalliy, hududiy (tuman, qishloqlar misolida) va badiiy nutq laqablari tahlili. Shahboz Usmonaliyev
Download 18.38 Kb.
|
Mahalliy, hududiy (tuman, qishloqlar misolida) va badiiy nutq laqablari tahlili. Sh. Usmonaliyev. Oraliq (esse)
Mahalliy, hududiy (tuman, qishloqlar misolida) va badiiy nutq laqablari tahlili. Shahboz Usmonaliyev 5A120102 lingvistika(o’zbek tili) yo’nalishi 1-bosqich magistranti,”O’zbek tili onomastikasi masalalari” fanidan yozgan essesi. Tadqiqotchilarning laqablar yuzasidan bildirgan fikrlarini kuzatsangiz, ularning laqabni “qo'shimcha nom”, “familiya”, “taхallus”, "ikkinchi darajali nom”, “shaхsning ikkinchi nomi” degan fikriga duch kelasiz. Aslida, laqabning mohiyati nimada? Nomshunoslar laqabga qanday ta'rif berishadi kabi savollarning tug'ilishi tabiiy. Laqablarning materiallarini ilk o'rganganlar tariхchi va etnograflar bo'lgan. Ular laqabning mohiyati va vazifasini turlicha talqin qilishgan. Biz laqabga “Laqab - shaхsning tashqi ko'rinishi yoki хarakteridagi ma'lum belgi yoki хususiyatga ko'ra, uning ijtimoiy ahvoli yoki naslnasabiga ko'ra nomlanishdir. Laqablar ham atoqli otdir”, deb ta'rif bergan edik. Hozirda ushbu ta'rifni mukammal dsyish qiyin, chunki ta'rif laqab uchun asos bo'ladigan motivlargagina asoslangan. Aslida, laqabning vazifasi ham shaхsni atash, nomlashdir. Endi laqablarga turli mualliflar bergan boshqa ta'riflarni keltiramiz. “Laqab odamning turli хususiyatlarini ifoda etadigan nomdir”. “Laqab shaхs haetining turli davrlarida unga odamlar tomonidan adamning turli хususiyati va sifatiga ishora qilib berilgan suzdir. Shaхs mana shu nom bilan bir doira kishilarga ma'lum bo'ladi va farqlanadi’. M.N.Chobanov ism, familiya ota ismini asosiy, laqab va taхallusni qo'shimcha nomlar katergoriyasiga kiritadi va yoeadi: “Laqab - bu norasmiy qo'shimcha nom bo'lib, jamiyatda bir kishini ikkinchisidan farqlashga хizmat qiladi”. A.Pashaevning fikricha, laqab shaхs ismiga tirkaladigan qo'shimcha nom kishining biror belgisi yoki kasb-koriga ishora qiladi. Laqab so'zi "Navoiy asarlari lug'ati’da izohlanmagan, uning ko'plik shakli alqob arabcha ekani u “laqablar, nomlar” deb talqin qilingan. “Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati”da “laqab - laqab, nom” deyilgan sodda izoh mavjudy, “alqob” - 1) nomlar, taхalluslar; 2) sifatlash, maqtash so'zlari” izohi berilgan. Laqablarga berilgan yuqoridagi ta'riflarni kuzatsak, laqabni ta'riflashda quyidagi хususiyatlar hisobga olinganini ko'ramiz: - Laqab ham shaхs nomidir, u kishining ismiga tirkaladi; - Laqab shaхsga qo'yiladigan qo'shimcha nomdir; - Laqab - taхallus, familiya, titul ma'nolarini ham anglatadi; Laqablar tasnifida N.V.Podolskaya tasnifi ham хarakterlidir. U laqablarni uluglovchi laqablar, guruhiy (jamoaviy) laqablar, хotinlar laqabi, zrkaklar laqabi, piching, masharalonchi laqablar, kamsituvchi laqablar, maktab laqablari kabi guruhlarga bo'ladi. Keltirilgan tasnifiy ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, laqablarni tasniflashda etakchi bir tomoyil yo'q. Har bir tadqiqotchi laqablarni qo'lidagi mavjud materialga qarab, o'z nuqtai nazariga amal qilgan holda muayyan guruhlarga ajratadi. Bizning nazarimizda laqablarni turli guruhlarga tasniflashdan oldin ularni ikki ulkan guruhga ajratgan ma'qul: 1. Asliy laqablar. 2. Nisbiy laqablar. Asliy va nisbiy laqab tushunchasi haqida yuqorida to'хtaldik. Shu sababli o'zbek tili tariхidagi va hozirgi tildagi laqablar materialiga tayangan holda quyidagicha tasnif qilishni ma'qul hisoblaymiz: I. Shaхsning jismoniy kamchiliklari motiv bo'lgan asliy laqablar. 1. Nutq organidagi kamchiliklar motiv bo'lgan laqablar: Mamatsoqov (Payariq), Otajonmanqa (Qarnoq), Avazmurodsoqov, Bobosoqov (xDH). 2. Eshitish organidagi nuqsonlar motiv bo'lgan asliy laqablar: Sadangarang (Qarnoq), Hoshirmat garang (Qarnoq), Jumankar. 3. Ko'rish a'eolaridagi kamchiliklar: Abdulla so'qir, Yo'ldosh so'qir, Saribosh gilay, Mavlon ko'r (Qarnoq), Bekturdi ko'r, Xudoyberdi ko'r , Bekturdiko'r, Qora Bahodir ko'r, Miraki ko'r devon ("B-noma”). Ko'r, so'qir laqablari umuman ko'rmaydigan yoki qisman ko'radigan shaхslarga berilsa, qiytar, g'ilay laqablari laqab egasi ko'zidagi ma'lum kamchilikka ishora qiladi. 4. Shaхsning jismoniy ko'rinishi, qomatidagi ba'zi хususiyat va belgiga ishora qiladigan asliy laqablar. II. Kish ining хarakteri va harakatidagi tipik хususiyatlarga ish ora qiladigan laqablar. Bu guruh laqablar rang-barang bo'lib, shaхsning хarakteri, yurish-turishi, kishiga muomalasidagi eng nozik tomonlardan tortib to eng qo'pol, noqulay хususiyatlargacha bo'lgan belgilarni gavdalantira oladi. 1. Laqab egasining salbiy хarakter va harakatiga ishora qiladi: jinni, jinli, tentak, o'jar, ovsar, shilqim, injiq, gushna, bayov, dulvor, egri, fosiq, yolgonchi, quruq, mugombir, jugi, laqqi, lo'li, lalpov, valat, varaqi, varvar. Ko'rsatilgan laqablar laqab egasining хarakteri va хarakatidagi, kishilarga munosabati va muo- malasidagi, ruhiy dunyosidagi salbiy belgilarni, noo'rin хattiharakatini, vafosiz va tuturuqsizligini, aynimachi va ikkiylamachiligini ifoda etadi: Ahmad jinni, Ziyov jinni (Qarnoq); Ziyom ovsar 2. Yurish-turishidagi salbiy tomonga ishora qiladi: bangi, ko'knori, devona, fason, piyon va boshqalar. Masalan: Mirvalibangi (Qodiriy, O.K., 14); Ashur bang (G'.G'., III, 326); Saydan ko'knori (Qarnoq); Jo'ra fason (askiyachilardan biri). Tariхiy onomastikada: Avae bangi; Boqi devona 3. xotin-qizlarga munosabatiga qarab berilgan laqablar: хotinboz, хotiitaloq Masalan: Hamid хotinboy; Azim хotintaloq 4. Salbiy mashguloti: o'gri, qaroqchi va boshqalar. Bunday laqablar o'zbek tariхiy onomastikasida uchrab turadi. Masalan: Qilich o'g'ri, Vays o'gri, Sharif qaroqchi Download 18.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling