AMALIY MATEMATIKA
FAN TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT - Fan kodi: ApMath M112
- Fan nomi: AMALIY MATEMATIKA
- Semestr/Yil: 1-semestr/ 2022-2023 o‘quv yili
- Soatlar/kreditlar miqdori: 6 ECTS
Ma’ruza
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Laboratoriya
|
Mustaqil ta’lim
|
Jami
|
36
|
36
|
0
|
108
|
180
| Fan tavsifi - “Amaliy matematika” kursi iqtisodiyotning barcha yonalishlarida qo’llaniladi. Bu fan birinchi kursning birinchi semestrida o’qitilishi rejalashtirilgan. Bizga ma’lumki iqtisodiyotdagi masalalar avval matematika tiliga so’ngra matematik tildan esa algebra tiliga o’giriladi. Natijada iqtisodiy masalalarni yechish uchun ularni algoritmlari yaratiladi. Bu kurs chiziqli algebra, analitik geometriya, matematik analiz, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika tushunchalari asosida yaratilgan. Chiziqli algebra qismi matritsalar nazariyasidan boshlanib vector fazo tushunchalarigacha bo’lgan qismni o’z ichiga oladi. Matematik analiz qismi funksiyalardan boshlab, aniqmas integralgacha bolgan qismni o’z ichiga oladi.
Fanning maqsadi va vazifasi - matematikani iqtisoddagi rolini o’rganish;
- chiziqli algebra, analitik geometriya, matematik analiz, differensial xisob masalalarni yecha olish;
- masala turiga qarab unga mos bo’lgan matematik usullarni qo’llay olish;
- mantiqiy fikrlashga o’rgatish;
- iqtisodiy masalalarni matematik modelini yaratishga o’rgatish;
Kurs yakunida talaba quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladi: - chiziqli algebra, analitik geometriya, matematik analiz mavzulariga oid masalalarni yecha bilish;
- ko’p tarmoqli iqtisod masalalarida matritsaviy tahlil qila olish;
- katta hajmdagi malumotlar ombori (big data) ni tahlil qilishda chiziqli algebra elementlaridan foydalana olish;
- iqtisodiy masalalarga mos funksiyalarni yaratish va uni tahlil qilish;
- iqtosodda ehtimollar nazariyasi elementlarini qo’llay bilish;
- “Python” dasturlash tilidagi “numpy”, “pandas” va “matplotlib” kutubhonalari bilan ishlashda matematik tushunchalarga ega bo’lish
Do'stlaringiz bilan baham: |