Mahalliy tarmoq topologiyasi


Download 57.8 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi57.8 Kb.
#1551922
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Ma\'ruza

1.2.1. «Shina» topologiyasi
«Shina» topologiyasi (ba’zi hollarda «umumiy shina» deb ham ataladi) o’z tashkiliy qismi bilan tarmoq kompyuter qurilmalarining bir turda bo’lishini va barcha abonentlar teng huquqligini taqazo qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bilan uzata oladi, chunki aloqa yo’li bitta. Aks holda uzatilayotgan axborot ustma-ust bo’lishi natijasida o’zgaradi (konflikt, kolliziya holatlari). Shunday qilib, bu turdagi axborot almashinuvi yarim dupleks rejimida amalga oshiriladi (hal duplex), almashinuv bir vaqtning o’zida emas, navbat bilan ikki yo’nalishda ham amalga oshiriladi. «Shina» topologiyasida markaziy abonent bo’lmagani uchun puxtaligi boshqa topologiyaga nisbatan yuqoridir. Markaziy kompyuter ishdan chiqqan holatda, boshqarilayotgan tizim ham o’z vazifasini bajarishdan to’xtaydi. Shina tarmog’iga yangi abonent qo’shish ancha oddiy bo’lib yangi abonentni tarmoq ishlab turgan vaqtda ham qo’shish mumkin. Boshqa topologiyadagi tarmoqlarga nisbatan shinada eng kam uzunlikda kabellar ishlatiladi. Shuni hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikki chetdagi kompyuterdan tashqari) ikkitadan kabel ulanadi, bu esa har doim ham qulay bo’lmaydi.
Mumkin bo’lgan konfliktlarni hal qilish har bir abonentning tarmoq qurilmasi zimmasiga tushadi. «Shina» topologiyasida tarmoq adapterining qurilmasi boshqa topologiyadagi adapter qurilmasiga nisbatan murakkabroqdir. Lekin, «Shina» topologiyasida mahalliy tarmoqlarning (Ethernet, Arcnet) keng tarqalganligi uchun tarmoq qurilmalarining narxi unchalik qimmat emas. Shinadagi kompyuterlarning biri ishdan chiqsa, tarmoqdagi qolgan kompyuterlar bemalol axborot almashinuvini davom ettirishi mumkin. Kabellarni uzilishi ham qo’rqinchli emasdek tuyiladi, chunki biz uzilish bo’lganda ikkita ishga layoqatli alohida shinaga ega bo’lamiz. Lekin elektr signallarni uzun aloqa yo’lidan tarqalish xususiyatidan kelib chiqqan holda, shina oxirlariga maxsus moslashtirilgan qurilmalar, ya’ni terminator ulanishi lozim (1.1-rasmda to’rtburchak shaklda ko’rsatilgan). Terminatorsiz ulanganda signal aloqa yo’lining oxiridan aks sado tarqaladi va surilish hosil bo’lishi natijasida tarmoqda aloqa amalga oshishi mumkin bo’lmay qoladi. Shunday qilib, kabel shikastlanganda yoki uzilish hosil bo’lganda aloqa yo’lining moslashuvi buzuladi va hattoki o’zaro ulangan kompyuterlar o’rtasida ham axborot almashinuvi to’xtaydi. Shina kabelining xohlagan qismida yuz bergan qisqa to’qnashuv natijasida butun tarmoqning ish faoliyati to’xtaydi. Shinadagi tarmoq qurilmalaridan birontasi buzilgan taqdirda uni ajratib qo’yish qiyin, chunki hamma adaptrlar parallel ulanganligi sababli ularning qaysi biri ishdan chiqqanligini aniqlash oson emas. «Shina» topologiyali tarmoqning aloqa yo’lidan axborot signallari o’tish davomida so’nish yuzaga keladi va u qayta tiklanmaydi, shuning uchun kabelning umumiy uzunligiga chegara qo’yiladi. Bundan tashqari abonent tarmoqdan turli amplitudali signal oladi, buning sababi axborot uzatayotgan kompyuter va axborot qabul qilayotgan kompyuterlar orasidagi masofaga bog’liqdir. Bunday vaziyat tarmoqning axborotni qabul qilish qurilmalariga qo’yiladigan qo’shimcha talablarni oshiradi. «Shina» topologiyasida tarmoq uzunligini oshirish uchun ko’pincha bir necha segmentlar ishlatiladi (har bir segment alohida shinani tashkil qiladi), bu sigmentlar o’zaro maxsus signalarni tiklovchi qurilma–repiterlar, yoki takrorlovchi qurilmalar orqali ulanadi (1.4-rasmda ko’rsatilgan). Lekin bu usulda tarmoqni uzunligini cheksiz oshirib bo’lmaydi, chunki aloqa yo’lida signalni tarqalish tezligining chegarasi mavjuddir.


1.4-rasm. Repiter yordamida segmentlarni «Shina»ga ulash.


Download 57.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling