Tadqiqotning predmeti:
- ob’ekt sifatida olingan TFD va DTM ionitlarning tarkibi tuzilishi, kimyoviy va fizik xossalari;
- tegishli ion saqlagan eritmalarda ligand-metall ioni sistemasida boradigan jarayonlar;
- Ni(II), Cu(II), Zn(II) metall ionlarining olingan ionitlar bilan hosil qilgan koordinatsion birikmalari tarkibi, tuzilishi, ba’zi xossalarini o‘rganish.
Tadqiqot maqsadi: Ni(II), Cu(II), Zn(II) metall ionlarini samarali sorbsiyalash qobilyatiga ega bo‘lgan tarkibida oltingugurt va azot bo‘lgan ionitlar olish va ularning sorbsion xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
- tarkibida azot, oltingugurt bo’lgan kompleks hosil qiluvchi polifunksional polimer ionitlarni sintez qilish;
- Ni(II), Cu(II), Zn(II) ionlarining sintez qilingan polimer ionitlar bilan kompleks birikmalarini sorbsiya usuli yordamida olish;
- sintez qilingan ionitlar va ularning Ni(II), Cu(II), Zn(II) ionlari bilan hosil qilgan koordinatsion birikmalarining tarkibi va tuzilishini fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida isbotlash;
- sintez qilingan ionitlar va ularning Ni(II), Cu(II), Zn(II) ionlari bilan hosil qilgan koordinatsion birikmalarining barqarorlik doimiyliklari va termik turg‘unliklarini aniqlash.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- tiokarbamid, formaldegid, ditizon, melamin asosida TFD-1 hamda DTM-1 markali 2 ta ionitlar olingan;
- olingan ionitlar sintezining optimal sharoitlari aniqlangan;
- tiokarbamid, formaldegid, ditizon va melamin asosida ionitlarning sorbsion xususiyatlariga boshlang‘ich moddalar konsentratsiyalarining ta’siri aniqlangan va fizik-kimyoviy usullarda o‘rganilgan;
- sintez qilingan ionitlarning Ni(II), Cu(II), Zn(II) ionlari sorbsiyasi uchun qo‘llash imkoniyatlari o‘rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |