Mahalliychilik, millatchilik, urug’ aymog’chilik korrupsiyaga qarshi kurash mafkuraviy mustaqillik kafolati. Reja


 Korrupsiya fuqarolik jamiyati rivojlanishiga zid bo‘lgan salbiy voqiylik


Download 32.69 Kb.
bet5/8
Sana23.12.2022
Hajmi32.69 Kb.
#1045849
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
korrupsiya

3. Korrupsiya fuqarolik jamiyati rivojlanishiga zid bo‘lgan salbiy voqiylik.
Birinchi Prezident I.A.Karimov “jinoyatchilik, korrupsiya bizning o‘z хavfsizligimizga ham, хalqaro хavfsizlikka ham tahdid soluvchi real manbadir. Binobarin, mazkur hodisaga qarshi kurash masalalari birgina bizga taalluqli emas. Shuning uchun ham biz jinoyatchilik haqida butun jahon hamjamiyati qayg‘urmog‘i lozim, deb hisoblaymiz. Suveren O‘zbekiston хalqi va rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik qilishga tayyor va buni dunyoni poklash, uning хavfsizligini ta’minlash ishiga qo‘shilgan hissa, deb biladi” deb fikr bildirgan edi.
Jinoyatchi unsurlarning хo‘jalik munosabatlari tizimini shakllantirish jarayonida faol va хufyona ishtirok etishi jamiyatda aхloqsizlik vaziyatini tug‘dirishi, bu esa o‘z navbatida, mamlakat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun ham nomaqbul jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi shakllanishiga olib kelishini keyinchalik BMT tomonidan ham tan olinib, 2003 yil 9 dekabrda Meksikaning Merida shahrida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida 3 kun davom etgan konferensiya tashkil etildi. Bu konferensiya davomida 100 dan ortiq davlat tomonidan Korrupsiyaga qarshi haqaro konvensiya imzolandi. Konferensiyaning birinchi ish kuni (9 dekabr) BMT tomonidan butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan. Ushbu konvensiyaning qabul qilinishi va kuchga kirish (2003 yil 31 oktyabr) dunyo mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi hamkorligini yangi pog‘onaga ko‘tardi. Konvensiyada korrupsiyaning rivojlanishi uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa jamiyat uchun хavfli bo‘lgan salbiy omillarga qarshi kurashga ulkan to‘siq bo‘lishi mumkinligiga alohida urg‘u berilgan.Ushbu Konvensiyaning maqsadi quyidagilardan iborat:
— korrupsiyaga qarshi qaratilgan yuqori samarali chora tadbirlarni qabul qilish va ularni mustahkamlash;
— korrupsiyaga qarshi kurashda halqaro hamkorlikni kengaytirish, yengillashtirish va qo‘llab quvvatlash.
O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga 2008 yil 7 iyuldagi O‘RQ-158-sonli Qonuni bilan qo‘shilgan bo‘lib, ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilab qo‘yilgan. Ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan va korrupsiya sifatida e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan qilmishlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir qator moddalari bilan jinoiy qilmish sifatida ta’qib qilinadi. Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni og‘irlashtirish yo‘li bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib bo‘lmaydi (ХХR da juda ko‘p miqdorda pora olganlik uchun o‘lim jazosi mavjud). Bu illatni yengish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodхonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim bo‘ladi.
Korrupsiya botqogʻiga botgan amaldorlar jamiyat taraqqiyotiga gʻov boʻlib, umri xalqqa xiyonat qilish, yosh avlod ongini zaharlash bilan oʻtishini endi keng jamoatchilik yaxshi tushunadi. Bu illatga qarshi kurash – toza vijdonli, oriyatli ziyolilarning qalb amriga aylanmogʻi lozim. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida boʻlib oʻtgan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzudagi davra suhbati tinglovchilarni yanada teran fikrlashga undadi.
OʻzMU prorektori Najmiddin Qodirov talabalar dunyoqarashini munosib ravishda shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirib borish qanchalik muhim ekanligini alohida taʼkidladi. Buning uchun eng avvalo Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunini teran nigoh bilan oʻqib-oʻrganish zarur.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi Botir Matmuratov jamiyatda, ayniqsa, yosh avlod kamolga yetadigan oliy taʼlim muassasalarida korrupsiya balosiga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmasligi, bu illatni tag-tomiri bilan yoʻqotish zarurligi haqida atroflicha soʻz yuritdi.
Aytish joizki, korrupsiyaga qarshi kurash borasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxoʻrlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga minbʼad chek qoʻyish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarur. Korrupsiya balosining naqadar mudhish illat ekanini tushungan, uni ongli ravishda idrok etgan odam bu jinoyatga qoʻl urmaydi.
Bugungi kunda har bir davlatda korrupsiyaga qarshi kurash davom etmoqda. Har bir davlat va jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻlini oʻzi tanlaydi, aniqrogʻi, qanday yoʻl toʻgʻri ekanini hayot koʻrsatadi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashni keng qamrovda olib borish choralari koʻzda tutilgani, bu borada har bir masalaga alohida eʼtibor qaratilgani bejiz emas.
Mutaxassislar fikricha, korrupsiya soʻzi “sotish” va “sotilish” degan maʼnolarni ham anglatar ekan. Korrupsiyaga aloqador odam qonunni buzishdan tashqari, oʻzining kimligini, eʼtiqodi, maʼnaviyati qay darajada ekanini oshkor qiladi. Bunday odam nafaqat moliyaviy ziyon-zahmat yetkazadi, balki davlatni, demokratiyani behurmat qilib, obroʻsini toʻkadi, unga non-tuz berib katta qilgan, ilmu hunar, obroʻ va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qoʻyadi. Oliy oʻquv yurtida talabadan yo uning ota-onasidan pora olgan, tamagirlik qilgan dekan yo boshqa mansabdor shaxs uchun iymon, vijdon, insoniylik degan tuygʻular boʻlmaydi. Ular xarom-xarish yoʻl bilan topganlarini oilasida oʻz farzandlariga harom luqma yegizayotganini tushunmaydi. Bunday oilada oʻsgan oʻgʻil-qizlar ertaga undan battar ochofat, yulgʻich, poraxoʻr boʻlib oʻsadi va bir kun albatta qopqonga tushib, umri panjara ortida oʻtadi. Mana shu haqiqatni oliy oʻquv yurtlaridagi har bir mansabdor shaxs yaxshi bilib olishi zarur. U bugun qilayotgan qingʻirliklarimni hech kim bilmaydi, sezmaydi, deb oʻylaydi. Vaholanki, bugun odamlarning koʻzi ochilmoqda. Oliy oʻquv yurtida qaysi dekan yoki boshqa mansabdor shaxs shunaqa qingʻirliklar qilayotganini atrofidagilar yaxshi bilishadi. Oriyatli, vijdonli ziyolilar ular haqda tegishli idoralarga xabar berib qoʻyishni oʻzlarining vijdoniy burchi, pokiza yashashga intilgan xalq oldidagi qarzi deb bilmoqdalar. Shunga yarasha oliy oʻquv yurtlari ham asta-sekin tozalanmoqda!
Korrupsiya balosidan qutulish, islohotlarni uning changalidan qutqarish sharafli burchimiz ekanligini hamma birdek tushunmogʻi shart. Aks holda, oʻziga tegishli xulosa chiqarmay, poraxoʻrlik va tamagirlikdan tiyila olmayotgan shaxslar jazoga tortilishi muqarrar!
Maʼruzada taʼkidlanganidek, oliy oʻquv yurtlarida korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi huquqiy taʼlim va tarbiyani kuchaytirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Toʻgʻri ishlab, halol yashash saodatini yoshlikdan oʻrgangan odamning umri halovatda boʻladi. Adolatsizlik, qonunga hurmatsizlik, kasbu amalga, ishonchga xiyonat qilib boʻlmasligini oʻqib-uqqan, poraxoʻrlik va korrupsiyaga, suiisteʼmolchilikka qarshi oʻzida immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jurʼatli, vijdonli inson boʻlib yetishadi. Halol mehnat bilan topilmagan boylik totli boʻlmasligini, hech kimga buyurmasligini, yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi. Tanish-bilishchilikdan davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetmasligi, qonunlarga, insonning qadr-qimmatiga raxna solinmasligi kerak. Oʻzining gʻarazli maqsadi uchun har qanday tubanlikdan tap tortmaydigan masʼul shaxs nafaqat oliy oʻquv dargohiga, shu bilan bir qatorda butun jamiyatga ziyon yetkazadi. Rahbar hammaga oʻrnak boʻlib, halol ishlab, fidoyilik koʻrsatish oʻrniga, kishi bilmas poraxoʻrlik qilsa, yosh kadrlar undan nimani oʻrganadi? Qanaqa oʻrnak oladi?
Darhaqiqat, har qanday vaziyatda ham halol odam hayotda gʻolib boʻlib, baxtli-saodatli yashaydi. Bugun butun jamiyatimiz ana shunday pokiza hayotga intilmoqda.

Download 32.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling