Mahkumlarga ta’sir ko‘rsatishga nisbatan pedagogik– psixologik vositalarning ishlab chiqilganlik darajasi


Download 32.73 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi32.73 Kb.
#1831662
  1   2
Bog'liq
nilufarjon


Mahkumlarga ta’sir ko‘rsatishga nisbatan pedagogik– psixologik vositalarning ishlab chiqilganlik darajasi
Insonni tarbiyalash usullarini ishlab chiqish psixologiyadagi doimiy muammolardan biri bo‘lib, shaxsga ta’sir etish, uning xulq-atvorini boshqarish va xattiharakatlarini tizimlash dolzarb masala hisoblanadi. Agar chuqurroq mulohaza yuritilsa, har bir subyektga o‘z organizmini boshqarish qanchalik qiyin kechishini his qilgan holda o‘zga shaxs bilan bog‘liq holatlarni boshqarish yanada murakkabroq ekanligi sir bo‘lmay qoladi. Inson psixologiyasining barcha sohalarini tahlil qilish, unga xos qonuniyatlarni bilish va ular yordamida amaliy choratadbirlar belgilash ham fikrni tasdiqlaydi.

Tarbiyaning jismoniy va ruhiy jihatlari mavjudligi doimo e’tirof etiladi. Ularning uyg‘unlashganligi shaxsning mukammalligi va kamoloti dan dalolat beradi. Afsuski, gohida jismoniy nuqsonlar va ruhiy buzilishlar ham uchrab turadi.


Normal muhitdagi ijtimoiy munosabatda mahkumlarning axloq me’yorlarini kamol toptirish va shaxsiy sifatlarini ko‘zlangan maqsadga mos ravishda rivojlantirish mumkin. Bunday sharoitda sekinastalik bilan o‘zini o‘zi tarbiyalashga o‘tiladi. Lekin tashqaridan ta’sir ko‘rsatish usul va vositalariga zarurat bo‘lgan holatda uni qabul qilmasdan va unga bo‘ysunmasdan to‘g‘ridanto‘g‘ri bu jarayonga o‘tish og‘ir kechadi. Shu bois jamiyatda yuz berayotgan jinoiy xattiharakatlarning sababini jamiyatga qarshi ijtimoiy munosabatlar tizimida vujudga keladigan ruhiy zaxiradan qidirish ma’quldir.
Jinoiy xattiharakatlarning oldini olish va mahkumni axloqan tuzatish uchun faoliyatning umumiy psixologik tavsifi bilan birga shaxsning yoshiga xos xususiyatlarini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Har qanday «kasallik»ning sababi aniqlangach, unga mos «davolash» vositalari tanlanadi. Chunki inson o‘z faoliyati mobaynida atrofdagi kishilar bilan ko‘p tarmoqli bog‘lanishlarda bo‘ladi, jamiyat bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishadi va shu asosda ma’lum bir faoliyatni amalga oshiradi.
Faoliyat, mazmuniga ko‘ra, ijtimoiy xarakterga ega. Inson o‘z faoliyati orqaligina shaxs sifatida shakllanishi mumkin. S. L. Rubinshteynning fikriga ko‘ra, inson faoliyatining o‘ziga xos xususiyati ongli va maqsadga yo‘nalganlikdan iborat.
U orqali inson o‘z maqsadini amalga oshiradi hamda hosil bo‘ladigan g‘oya va fikrlarini obyektivlashtirishga erishadi1.
Faoliyatning bir tomonlama namoyon bo‘lishi xulq-atvor tarzida gav dalanadi. Shunga ko‘ra, xulq-atvor kishining atrofdagilar bilan munosa batida aks etadigan faoliyatning tashqi ko‘rinishidir. Xulq-atvor axloqiy, ma’naviy, huquqiy faoliyat tarzida namoyon bo‘ladi.
Xulq-atvorning jinoiylik jihatlarini tahlil qilish ham psixologik xusu siyatlarga ega. Hatto yosh psixologik nuqtai nazardan o‘smir va o‘spirin yoshdagilarning xulqidagi o‘zgarishlar tahlil qilinganda, ulardagi ikki xil buzilishlarni kuzatish mumkin:
  1. boshqalarning xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatuvchilar;


  2. o‘zgalar ta’siriga tushib qoluvchilar.


Ayni damda yuridik psixologiya, xulq-atvor, tarbiya hamda shaxs psixo logiyalari xulq-atvorning ijobiy mazmun hosil qilishiga, kishining jamiyatga muvofiq shakllanishi va tarbiyalanishiga munosib ulush qo‘shmoqda.


Yosh psixologiyasi nuqtai nazardan xulq-atvordagi buzilishni tahlil qilishda norma bilan patologiya o‘rtasidagi me’yorni aniqlashga zarurat mavjud. Jinoiy xattiharakat va jinoyatning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: alkogolizm, narkomaniya, agressivlik, psixik buzilish kabilar. Oddiy misol: o‘spirinda gi agressiv xulq-atvorning rivojlanishi kissavurlik, mayda o‘g‘rilik, odam larni tunashga sabab bo‘luvchi dastlabki bosqich hisoblanadi. O‘spirinning bunday jinoiy faoliyatga xohish sezishi sekinastalik bilan uning
«fazilat»laridan biriga aylanib boradi2.
Yuqorida ta’kidlanganidek, mahkumlarga nisbatan pedagogik-psixologik choratadbirlarni belgilash va ulardan foydalanish jinoiy xattihara kat sodir bo‘lishiga sabab bo‘luvchi omillarni hamda ozodlikdan mahrum etilganlarning shaxsiga xos xususiyatlarni aniqlashga yordam beradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, xulq-atvordagi o‘zgarishlar kishini faol lashtiruvchi manba, ya’ni ehtiyojlar tufayli vujudga keladi. Ehtiyojlarning ko‘payishi va ularni qondirishga qaratilgan shaxsiy yo‘nalganlik jinoiy xattiharakatning motiviga aylanishi mumkin. Shu sababli, faoliyatga turtki bo‘luvchi ehtiyojlar shaxsning shakllanishida muhim omil sanaladi.

1 Rubinshteyn S. L. Osnovы obщyey psixologii. T. 2. – M., 1989. – S. 126.
2 Kon I. S. Psixologiya ranney yunosti. – M., 1989. – S. 215.
Mahkum o‘zining shaxs sifatidagi xattiharakatlarini ijtimoiy munosabatlar tizimiga muvofiq shakllantirish maqsadida xulq-atvor motivlarini to‘g‘ri belgilashi kerak bo‘ladi. Ozodlikdan mahrum etilganlarni hayotga, to‘g‘ri yo‘lga solish va ularning muassasada jinoyat sodir etmasliklariga erishish xodim uchun shaxsni chuqur tahlil qiladigan bo‘lishi lozim. Statistik ma’lu motlarga ko‘ra, jinoyatchilar orasida ayollarga nisbatan erkaklar jinoyati ancha ko‘p uchraydi. Eng yuqori kriminogen faoliyat 25–29 yoshdagilarga to‘g‘ri keladi. Undan so‘ng 18–24 hamda 14–17 yoshlilarda kuzatiladi. Nihoyat, keyingi pog‘ona 30–45 yoshdagilarga to‘g‘ri kelishi qayd etiladi.
Mahkumlarga nisbatan pedagogik-psixologik ta’sir ko‘rsatish yo‘llari ni tanlashda ularning ijtimoiydemografik va Ijtimoiy-psixologik tizim larini aniqlash zarur.
Agar shaxsning umumpsixologik kontseptsiyalariga tayaniladigan bo‘lsa, uning tuzilishi to‘rtta asosiy elementdan iborat:
    1. insonning huquqiy jihatdan o‘zini anglashi (dunyoqarashi, qadriyatlarining yo‘nalishi, ijtimoiy ustanovka, yetakchi motivlar);


    2. yetakchi faoliyatni tanlashda namoyon bo‘luvchi ko‘nikma, odat kabi sifatlarni mujassamlashtirgan tajriba;


v) shaxsning bilish jarayonlari va emotsional holatlari;


g) insonning individual-psixologik xususiyatlari (temperament, xarakter, qobiliyat, yo‘nalganlik).
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyatprotsessual kodeksining 51, 84, 181, 196, 236, 239, 244, 420, 458, 534, 541, 566, 568, 569, 571, 576, 577, 578, 579 moddalarida ruhiy kasallik va ruhiy holatlarning jinoyat sodir etilishi to‘g‘risida tegishli xulosaga kelish uchun asos sifatida taya nish mumkinligi qonunan belgilangan.
Jinoyatchilik haqida ma’lumot beruvchi huquqiy hujjatlarda psixik buzilish yoki uning rivojlanishidan foydalanib qolish, yengiltaklik, shaxs ning psixofiziologik sifatlari, stress, affekt holatlari, tavakkalchilik, o‘ta vahshiylik kabilar ham o‘z aksini topgan.
Yu. M. Apapyan va V. V. Guldonlarning ta’kidlashicha, psixik anomal holatdagilarning nizoli vaziyatlarga moyilligi kuchli bo‘lib, ular ba’zan ongsiz holatda jinoyat sodir etishlari mumkin ekan.
Psixopatlar, xalqaro doirada klassifikatsiyalashga ko‘ra, quyidagi guruhlarga kiruvchilardan iborat:
    • tez ta’sirlanuvchi, gina saqlovchi, impulsivli, yuqori darajadagi arazlashuvchi, kayfiyati keskin o‘zgaruvchan psixopatlar;


    • kuchli affektga moyil, vahshiy, tajovuzkor, ya’ni epelleptoid shakldagi psixopatlar;


    • psixopatiyalarning beqaror qo‘zg‘aluvchan shakldagi ko‘rinishlari mavjud.


Mahkumlar shaxsini pedagogik-psixologik jihatdan tuzatish chora tadbirlarini belgilash uchun ilmiy tadqiqot va izlanishlar zarur. Chunki, hanuzgacha mahalliy muhitimizda jinoiy xattiharakatlarning etnopsixo logik, ijtimoiydemografik va Ijtimoiy-psixologik xarakteristikasi yetarli cha yoritilmagan.


Shu kunga qadar chop etilgan mehnat orqali axloqan tuzatish psixolo giyasiga oid adabiyotlar tahlili mahkumlar shaxsiga nisbatan yondashuv ning umumiy psixologik jihatdan mukammal o‘rganilmaganligidan darak beradi. Deyarli barcha adabiyotlarda bunday qarash quyidagi ko‘rinish larda aks etganligini ta’kidlash mumkin1.



  1. Download 32.73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling