Mahmud Qoshg’ariyning "Odob as-solihin" asarining tarbiyaviy ahamiyati


Download 96.04 Kb.
bet10/11
Sana03.04.2023
Hajmi96.04 Kb.
#1322718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mahmud Qoshg’ariyning Odob as-solihin asarining tarbiyaviy aha

Adventistlar harakati. Adventistlar harakati (lot. – “kelish”) Amerikada XIX asrning 30-yillari og’ir iqtisodiy buhron (krizis), umumiy ishsizlik davrida vujudga keldi. Asoschisi Vilьyam Miller (1782-1849). Adventistlar bir necha mustaqil cherkovlarga bo’lingan bo’lib, ularning eng kattasi «Yettinchi kun adventistlari» sanaladi. Ularning asosiy g’oyasi Isoning ikkinchi bor yerga tushishi va insoniyatni shayton va uning tarafdorlaridan mutlaq xalos etishidir. Ular odamlarni Isoni kutib olish uchun xush axloq bo’lishga chaqiradilar. Dindorlardan mablag’larining o’ndan birini cherkov hisobiga o’tkazishlarini va targ’ibot ishlarini uzluksiz olib borishlarini talab qiladi. Iso payg’ambarning ikkinchi marta yerga qaytishi haqidagi bashorat '' najot yo’li'' deb hisoblanadi.
Hozirgi paytda g’arbiy hamda sharqiy cherkovlarning rahbarlari ko’p asrli ixtiloflarning ayanchli oqibatlarini bartaraf qilishga intilmoqdalar. Masalan, 1964 yili Rim papasi Pavelь VI va Konstantinopolь patriarxi Afinagor ikkala cherkov vakillarining XI asrda aytgan o’zaro qasamyodlarini tarqoqligini bartaraf qilish uchun birinchi qadam qo’ydilar.


Bibliya. Bibliya yahudiylik va xristianlik dinlari taьlimotiga ko’ra, Xudo tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o’zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir.
U ikki qismdan iborat: «Qadimiy Ahd» (Old Testament) va «Yangi Ahd» (New Testament).
Yahudiy va xristian Bibliyalari (Bible) bir-biriga mos kelmaydi. Yahudiylarning muqaddas kitobi qadimiy Isroil va qadimiy yahudiylarning diniy ta’limot va urf-odatlari asosida mil. av. XIII asrda yozilgan bo’lsa, xristianlarning kitobi milodning boshlarida vujudga keldi. Yahudiylar xristianlarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan olmaydilar. Xristianlar esa yahudiylarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan oladilar.
Bibliya so’zi grek tilida biblia – “kitob”, “o’ram” ma’nolarini anglatadi. Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72, protestant nashrlarida 66 kitobdan iborat. Yahudiylarning yana bir diniy manbasi Talmudning xabar berishicha, Qadimiy Ahdda 24 ta kitob bo’lishi kerak. Qadimiy yahudiy tarixchisi Iosif Flaviyning aytishicha, 22 ta kitob bo’lishi kerak. Protestantlar va yahudiylar, Trident Soboridan keyin (1545-1563) katoliklar ham Qadimiy Ahd tarkibiga 45 ta kitob kirgizadilar. Bu son bilan yuqorida keltirilgan son o’rtasidagi tafovutni keyinchalik ba’zi kitoblarning bir necha mustaqil kitoblarga bo’linib ketgani bilan izohlash mumkin. Masalan, «Musoning besh kitobi» avval bir butun bo’lib, keyinchalik beshta mustaqil kitobga, «Kichik payg’ambarlar kitobi» 12 kitobga ajratib yuborilgan.
Xristianlar Qadimiy Ahdni «Rivoyatlar kitoblari», «Ta’limotlar kitoblari»ga, «Payg’ambar kitoblari»ga bo’lishadi. Ular Yangi Ahdning 27 kitobini shunday tasnif qiladilar: «Rivoyatlar kitoblari»ga «Injil» va «Havoriylar faoliyati» kiradi. «Ta’limotlar»ga «Havoriylar maktublari» kiradi, «Payg’ambarlar kitoblari»ga «Vahy» kitobi kiradi.
Bibliyaning kitoblari boblarga, boblar esa suralarga bo’linadi. Uning hozirgi qabul qilingan bo’linishi Nenterberiya yepiskopi Stefan Langton (vafoti 1228 y.) tomonidan kiritilgan. U 1214 yili lotin tilidagi matnni boblarga bo’lib chiqdi va bu narsa keyinchalik yahudiy va yunon tillaridagi matnlarga ham joriy qilindi. Suralar avval Santes Panino (v. 1541 y.), keyinchalik 1555 yillarda Robert Etьenlar tomonidan raqamlandi.



Download 96.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling