Xalqaro konferensiyaning ish tartibi
7 oktyabr – konferensiya qatnashchilarini kutib olish;
8-11oktyabr –konferensiyaning ish kunlari;
12 oktyabr –konferensiya ishtirokchilarini kuzatib qo’yish.
Konferensiyaning ishchi tillari: o’zbek, turk, rus, ingliz.
Konferensiyaning ish tartibi: yalpi majlis, sho’balar va seminar majlislari.
Xalqaro konferensiya materiallari uning ochilishigacha e’lon qilinadi.
Konferensiyada ishtirok etish uchun
2018 yil 20 avgustgacha konferensiya
Tashkiliy Qo’mitasiga quyidagi materiallar taqdim etilishi lozim (elektron
pochta
orqali yoki shaxsan):
1) Qatnashchining arizasi (taklif etilayotgan shaklda).
2) Ma’ruzaning maqola shaklidagi shaklining elektron versiyasi (rus va
ingliz tilidagi annotasiyalari va kalit so’zlar bilan (5 ta so’zdan kam bo’lmasin).
3) Konferensiya ishtirokchisi badalining to’langanligi
haqidagi hujjatning
nusxasi.
Ko’rsatilgan muddatdan keyin taqdim etilgan
yoki talab darajasida
rasmiylashtirilmagan materiallar ko’rib chiqilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.
Tashkiliy Qo’mita konferensiyaning mavzusidan kelib chiqqan holda ma’ruzalarni
tanlab olish huquqini saqlab qoladi.
Konferensiyada ishtirok etish
uchun ariza va materiallar 2018 yil 20
avgustga qadar
quyidagi manzilda qabul qilinadi: 140104, Universitet Bulvari, 15,
Samarqand Davlat universiteti, Filologiya fakulteti, o’zbek tilshunosligi kafedrasi.
E-mail:
shavkatmahmadyev1975@gmail.com
Tel./faks: +998 66 2391140
Ma’lumot uchun telefonlar:
(+998) 97 9291232 – Eltazarov Jo’liboy Danabayevich, Filologiya fakulteti
dekani;
(+998) 91 551 16 23 – Maxmadiyev
Shavkat Suyunkulovich, o’zbek
tilshunosligi kafedrasi dosenti.
Konferensiyada ishtirok etishning moliyaviy shartlari:
Do'stlaringiz bilan baham: