Mahmudov nodirbek Kreditlash jarayoni bilan bog`liq risklar va ularni boshqarish
Download 44.16 Kb.
|
Presentation (1)
Risk - deganda inson jamiyatning faoliyatini hamda tabiatning u yoki bu xususiyatli xodisalaridan kelib chiqadigan mumkin bo‘ladigan yo‘qotishlar xavfi tushuniladi deyishgan. Risk tarixiy hamda iqtisodiy kategoriyadir. Tarixiy kategoriya sifatida risk inson tomonidan anglangan xavfni bildiradi. Bu esa o‘z navbatida risk jamoat rivojlanishi bilan bog‘liqligi to‘g‘risida guvohlik beradi. Jamiyat taraqqiyotining rivojlanishi bilan tovar pul munosabatlari vujudga keladi va risk iqtisodiy kategoriyaga aylanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida risk - sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan va sodir bo‘lmaydigan hodisalarni anglatadi. Bunday vaziyatda 3 ta iqtisodiy natija jamlanadi: salbiy, nolli, ijobiy. Umuman olganda har qanday sohada ham risk sodir bo‘lishi mumkin. Tijorat banklari faoliyatini esa risksiz tasavvur qilish mumkin emas. Risklarni qabul qilish bank ishining asosi hisoblanadi. Banklar faoliyati quyidagi hollarda muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin, agar ular qabul qilayotgan risklar nazorat ostida banklarning moliyaviy imkoniyati chegarasida bo‘lgandagina banklar o‘z faoliyatini optimal boshqarishi mumkin. Odatda banklar eng yuqori foyda olishga harakat qiladilar. Lekin bu harakat zarar olib kelishi bilan ham chegaralanishi mumkin. Bank faoliyatidagi risklar va ularga xos xususiyatlarni tatbiq qilishdan avval“risk“ so’zining lug’aviy ma’nosi va risk kategoriyasiga aniqlik kiritish maqsadga muvofiq sanaladi. “Risk“ so’zi lotin tilidan olingan bo’lib “rescum” - “dengizdagi xavf“ ma’nosini anglatadi. Endi biz riskning tub ma’nosini ko’rib chiqadigan bo’lsak “risk” so’zi ispancha-portugalcha so’zdan olingan bo’lib, “suv ostidagi qoya” degan ma’noni bildiradi. “ Risk bu shunday narsaki, undan qochish lozim “3. Iqtisodiy munosabtlarda kredit aloxida o’rin egallaydi. Kredit foizda qaytarish sharti bilan vaqtincha foydalanish uchun pul yoki material mablag’lari berish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar tizimidir.
Download 44.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling