Mahsulot bahosini belgilash asoslari


Xarajatlarni taqsimlash tartibi va usuli


Download 117.46 Kb.
bet3/12
Sana17.06.2023
Hajmi117.46 Kb.
#1548671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning mohiyati va aham

2. Xarajatlarni taqsimlash tartibi va usuli.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish juda ko‘p jihatdan xarajatlar hisobi qanday olib borilishiga bog‘liq bo‘ladi. Xarajatlar hisobining to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil qilinishini xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha to‘g‘ri hamda samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinishiga asos bo‘ladi. Sababi, mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha moddiy xarakatlarni xarajatlar deb hisobga olishimizdan qat’iy nazar, xudd lei ana shu xarajatlar tabiati tannarxga kiritilishi, hisobga olinishi bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, faraz qilaylik, kichik xo‘jalik yurituvchi subyekt bir sexda bir vaqtning o‘zida stollar, stullar va kreslolar ishlab chiqaradi. Bevosita stolni ishlab chiqarishga sarflanayotgan to‘g‘ri xarajatlarni (asosiy materiallar, yordamchi materiallar, ishchining ish haqi xarajatlari va sh.k.) hisobga olish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi,kin, ana shu stolning bir donasiga to‘g‘ri keladigan tijorat, kommunal xizmat va ma’muriy-boshqaruv apparati xodimlari xarajatlarini hisobga olish uchun qo‘shimcha hisob-kitoblar amalga oshirilishi talab qilinadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektda xarajatlar hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, eng avvalo ana shu xarajatlarni hisobga olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator tushunchalar mohiyati to‘g‘ri anglab olish lozim bo‘ladi. Xususan:
Xarajatlarni taqsimlash– bu ishlab chiqarish xarajatlarini aniq xarajatlar obyektiga olib borish jarayonidir. Masalan, bitta ishlab chiqarish joyida bitta mahsulot emas, balkim bir necha turdosh mahsulotlar ishlab chiqarilayapti, stollar, stullar, kreslolar. Shu joyda xarajatlarni aynan ana shu obyektlar bo‘yicha to‘g‘ri hisoblash va taqsimlash juda muhim.
Xarajatlar obyekti – bu tashkiliy tuzilma, shartnoma yoki boshqa hisob birligi hisoblanib, undan xarajatlar to‘g‘risida ma’lumot olinadi va u orqali jarayonlar, mahsulotlar, ishlar va kapital qo‘yilmalar loyihalarining tannarxi (qiymatlari) o‘lchanadi.
Xarajatlarni taqsimlashning jarayoni uchun zarur bo‘lgan yana bir tushuncha xarajatlar markazi tushunchasi hisoblanadi. Xarajatlar markazi – bu tashkiliy birlik yoki faoliyat doirasi bo‘lib, aynan shu yerda mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash maqsadga muvofiqdir. Ko‘p hollarda bu nisbatan mustaqil bo‘lmagan kichik darajadagi tarkibiy tuzilma bo‘lib, u ishlab chiqarish uchastkasi, brigada, sex bo‘lishi mumkin.
Rivojlangan bozor iqtisodiga ega bo‘lgan mamlakatlar amaliyotida, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi tannarxini hisoblashning uchta usulidan foydalanishadi: mahsulot birligi tannarxini barcha xarajatlarni hisobga olib hisoblash usuli; faqat o‘zgaruvchan xarajatlarni hisobga olib hisoblash usuli, shuningdek normativ xarajatlarni kiritgan holda tannarxni hisoblash usuli.
Xarajatlarni guruhlashning barcha ko‘rinishlari turli xildagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun qo‘llaniladi.
1-chizma





Download 117.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling