Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash


Download 54.27 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi54.27 Kb.
#1511290
  1   2   3
Bog'liq
Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash-fayllar.org

Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash

Reja.


Mahsulotlar sifati va sifat boshqaruvi
Mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash

Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi

Mahsulot sifatining darajasini baholash deb, belgilangan mahsulotning sifat ko’rsatkichlarining nomenklaturasini tanlash, bu ko’rsatkichlarning qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo’luvchi qiymatlar bilan taqqoslashni o’z ichiga oluvchi ishlarning yig’indisiga aytiladi.

Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar


1.texnikaviy
2.tashkiliy
3.Iqtisodiy
4.ijtimoiy

Mahsulot sifatining ko’rsatkichlar nomenklaturasini tanlab olishni asoslash quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:



  • Mahsulotni ishlatilishdagi sharoitlarini va vazifasini;

  • Iste’molchilar talabalarining tahlilini;

  • Mahsulot sifatining tavsiflanuvchi tarkibini va tuzulishini;

  • Sifat ko’rsatkichlariga bo’lgan asosiy talablarni .

Texnikaviy omillarga uskunalarning jihozlanish, asboblarining hamda nazorat vositalarining, texnikaviy hujjatlarining holati; dastlabki materiallar, yarimfabrikatlarning sifativa shunga o’xshashlar kiradi.


Tashkiliy omillarga rejalik, bir maromda ishlash, texnikaviy xizmat va uskunalarni ta’mirlash; materialllar, kompektlanuvchi buyumlar, jihozlanishi, asboblarni texnikaviy-hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta’mirlanganligi, ishlab chiqarish madaniyati; mehnatni ilmiy asosda tashkil etish va boshqalar kiradi
Iqtisodiy omillarga mehnatga pul to’lash shakllari, oylik maoshning miqdori; yuqori sifatli mahsulotni va ishni moddiy rag’batlantirish; mahsulotning yaroqsizligi uchun oylik va maoshidan ushlab qolish; uning sifat darajasi; tannarxi; mahsulotning bahosi va shu kabilar misol bo’ladi.
Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish; malaa oshirishni tashkil qilish; ilmiy-texnikaviy ijodni, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish, turmush sharoitlari, o’zaro munosabatlar, jamoadagi psixogik iqlim va tarbiyaviy ishlar kiradi.

Download 54.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling