Mahsulot ishlab chiqarishda virtual suvning o’rni
Download 48.89 Kb. Pdf ko'rish
|
Mahsulot ishlab chiqarishda virtual suvning o’rni Hozirgi sotsial-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari jadallik bilan kechayotgan zamonda qashshoqlik, ochlik, global iqlimning o’zgarishi va sifatli ichimlik suvining kamayishi kabi global muammolar dolzarb mavzu bo’lib qolmoqda. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra dunyo aholisining uchdan birigina sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Hozirda jahonda nafaqat moliyaviy inqiroz, balki oziq-ovqat inqirozi, xususan suv muammolari yuzaga kelish havfi ham mavjud. Insonning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari bo’yicha BMT kommisiyasining xulosasiga ko’ra insonga yetarli bo’lgan suv hajmi - 50 litr, hayot uchun zarur bo’lgan eng minimum miqdor esa 20 litrga teng. Ma’lumki, ichimlik suvining geografikjihatdan notekis taqsimlangan. Suv resurslariga eng boy davlat deb Braziliya hisoblanadi va unda jahon ichimlik suv zahiralarining 19% to’g’ri keladi. Ikkinchi o’rinda Rossiya (10%) va keyingi o’rinlarni Kanada, Indoneziya va Xitoy (taxminan 7% dan) egallaydi. Davlatlarning suv bilan ta’minlanganlik darajasi suv tanqisligi, suv bo’yicha mustaqillik, suv bo’yicha qaramlik va boshqa ko’rsatkichlar bilan o’lchanadi. Ushbu ko’rsatkichlardan kelib chiqib xalqaro tashkilotlar suv resurslari bilan kam ta’minlangan mamlakatlarga suv resurslarini tejash bo’yicha ma’lum innovatsion usullarni amalda tadbiq qilishni maslahat berishadi. Suv resurslarini boshqarish tizimining bir elementi sifatida Professor Jon Entoni Allanning virtual suv g’oyasi hisoblanadi. Ko’plab mamlakatlar suv muammolarini hal qilish uchun strategiyalarni ishlab chiqa boshladilar, xususan, suvni iste’molda tejash, sho’r dengiz suvlarni tuzsizlantirish yo’lga qo’yildi. Ichimlik suvini tejashning yana bir yo’nalishi bu ko’p suv talab qiladigan mahsulotlar iste’molini tashqi savdo orqali boshqarishdir. Bunday masulotlarga ham qishloq xo’jaligi, ham sanoat mahsulotlari, xususan energetika ham kiradi. Hozirda mamlakat miqyosida suv tanqisligi va ko’p suv talab qiluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish o’rtasidagi bog’liqlik to’liq aniqlanmagan bo’lsada, bizning fikrimizcha suv – jahon bozorida keragidan past baholangan resurs. Suv ishlab chiqarish jarayonlarida muqobili yo’q resurs sifatida keng miqyosda qo’llaniladi. Bir qarashda ko’p suv talab qilmaydigan mahsulotlar aslida juda katta miqdorda suv talab sarflanishini talab qiladi. Barchaga ma’lumki, masalan, alyuminiy ko’p energiya talab qiluvchi resurs hisoblanadi. Ba’zi gidroelektrostantiyalar aynan
alyuminiy zavodining energiyaga bo’lgan talablarini qondirish uchun faoliyat olib borgan. Lekin alyuminiy ishlab chiqarish o’ta juda katta miqdorda suv talab qilishini ko’pchilik hayoliga keltirmasligi mumkin. Huddi shu usulda mamlakatimizda ko’ylak tikish uchun ko’p suv sarflanmagan bo’lishi mumkin, ammo uning xom ashyosi bo’lmish paxta yetishtirish uchun qaysi miqdorda suv sarflash zarur ekanligi o’zbekistonliklarga ma’lum. Professor Jon Entoni Allan 1993 yilda ilmiy muhokamalarga “virtual suv” tushunchasini olib kirdi va u oziq-ovqat hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda qancha miqdorda suv sarf etilganining o‘ziga xos o‘lchovi bo‘lib qoldi. U tomonidan muayyan mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan suv miqdorini hisoblash mumkin bo’lgan formulani taklif qildi. Ushbu konseptsiyani rivoji o’laroq gollandiyalik Arjen Y. Hoekstra “suv izi” (“water footprint” – “водный след”) g’oyasini taklif qildi. Virtual suv muayyan mahsulotni ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan hajmi bo’lib, uning 3 turini ajratadilar: “yashil” suv resurslari – yomg’ir suvlari bo’lib, odatda ishlab chiqarish, xususan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda bug’lanib ketadi; “ko’k” suv resurslari – oqava yoki grunt suvlari bo’lib, qishloq xo’jaligida dalalarni sug’orish uchun sarflangan, sanoat va hizmat ko’rsatishda sarflangan va olingan suv sistemasiga qaytib tushmagan suv miqdori hisoblanadi. “kul rang” suv resurslari – mahsulot ishlab chiqarishda iflos bo’lgan suv hisoblanadi. Virtual suv sarfi haqida tasavvur hosil qilish uchun quyida kundalik hayotimizda ko’p uchraydigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarfalanadigan suv hajmini keltirilgan:
1-jadval. Mahsulot ishlab chiqarishda sarflanadigan virtual suv hajmi Suv sarflanishi, litr Mahsulot
Bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan virtual suv, litr 1 2
4 1 1000 litrgacha choy (ichimlik), l 160
2 shakar qamish, kg 180 3
190 4 kartoshka, kg 250 5 pivo, l 300 6 jo'xori, kg 450 7 apelsin, kg 500 8 olma, kg 700 9 apelsin sharbati, l 850 10 chips, kg 920 11 olma sharbati, l 950 12 vino, l 960 13 1000-5000 litr bug'doy, kg 1000
14 kofe (ichimlik), l 1120 15
1330 16 arpa, kg 1400 17 soya, kg 1800 18 sut, l 2000 19 qog'oz (80r/m3), kg 2010 20 po'lat 2100 21 ko'ylak, dona 2500 22 kokos, kg 2600 23 shakar, kg 3000 24 tuxum, kg 3380 25 tovuq go'shti, kg 3500 26 chigit, kg 3650 27 echki go'shti, kg 4000 28 cho'chqa go'shti, kg 4800 29 5000-10000 litr pishloq qattiq, kg 5000
30 guruch, kg 5000 31
6100 32 paxtali futbolka, kg 8000 33 charm poyafzal, juft 8000 34 paxta, kg 8250 35 choy barglari, kg 9200 36 10000 litrdan ko'p podguznik, kg 10800 37
11000 38 mol go'shti, kg 16000 39 mikrochip, kg 16000 40 yo'g, kg 18000 41 kofe (donlari), kg 20000 42 jun, kg 20000 1-jadvaldagi ma’lumotlarni tahlil qilib, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, eng ko’p suv talab qiluvchi mahsulot bu qishloq xo’jalik mahsulotlari, xusuan ular ichida go’sht mahsulotlaridir. Shuni takidlash lozimki, virtual suvni hisoblashda sarflash mumkin bo’lgan barcha xarajatlar inobatga olinadi: chorva mollarining tug’ilishidan, kundalik iste’molidagi suvdan tortib – ishchilarning ichishi mumkin bo’lgan suvgacha hisobga olinadi. Virtual suvni o’zida ko’p “ichiga olgan” mahsulotlardan yana bir turi choy va kofe kabi ichimlklardir. Virtual suv sarfini hisoblashda qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, yig’ishtirib olish, qayta ishlash, qadoqlash va istemolchiga yetkazishda sarflangan suv inobatga olinadi. Virtual suv miqdori nafaqat alohida mahsulotlar, balki har bir inson, korxona, hudud yoki davlat uchun hisoblanishi mumkin. Buning uchun “suv izi” konseptsiyasi qo’llaniladi. Barcha mahsulotlar ham bir davlatda ishlab chiqarib iste’mol qilinmaganligi sababli suv izi ikki qisdan tashkil topadi: ichki suv resurslarining ishlatilishi va davlat tashqarisidagi suv resurslarining ishlatilishidir. Bugungi kunda maxsus dastur yordamida http://www.waterfootprint.org/ saytida suv izini hisoblash mumkin. Ushbu ko’rsatkichni hisoblash uchun quyidagi mahsulotlar iste’moli bo’yicha ma’lumotlarni kiritish lozim: don mahsulotlari, sut mahsulotlari, sabzavotlar, mevalar, kartoshka, tuxum, kofe, choy. Shuningdek, qanday ovqatlar yeyishingizni yog’liqlik (yuqori, o’rta, past kaloriyali), shakar ulushi (yuqori, o’rta, past shakarli) belgilash kerak. Hisob-kitobda gigiyenik suvli amaliyotlar va ularning davomiyligi ham inobatga olinadi: dush va vanna qabul qilish; boshqa maishiy ishlar: sug’orish, idishlarni yuvish, mashina yuvish, kir yuvish, basseyn mavjudligi, suv hajmi va uni almashtirish davriyligi. Jahon miqyosida virtual suv savdosining 61% donli ekinlar savdosiga to’g’ri keladi, 17% - chorvachilik mahsulotlari savdosi va faqat 22% - sanoat mahsulotlari savdosiga to’g’ri keladi. Jahon bo’yicha 1 kg don mahsulotlarini yetishtirish uchun 1,70 m 3 suv talab qilinadi. Don eksport qiluvchi davlatlar 1,23 m 3 suv sarflab, import qiluvchilar esa – 2,05 m 3 suv sarflaydilar. Shunday qilib, qishloq xo’jaligi mahsultlarini import qiluvchi mamlakatlar mahsulot bilan birga aslida eksport qiluvchi davlatning suv resurslarini ham sotib oladilar., ya’ni, shu hosilni olish uchun sarflanishi mumkin bo’lgan suvni tejaydilar.
Don mahsulotlarini eksport qiluvchi ko’pchilik davlatlar (AQSH, Kanada, Yevropa davlatlari) hosilni asosan yomg’ir suvlari hisobiga yetishtiradilar, ko’plab import qiluvchi davlatlarga irrigatsiya uchun mo’ljallangan suvni ishlatishga to’g’ri kelar edi. Savdo jahon miqyosida 112 km 3 suv resurslarini tejaydi, bu irrigatsiya uchun sarflanadigan suvning 11% ga to’g’ri keladi. Davlatlarning suv resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi va virtual suv savdosi hajmi o’rtasida bog’liqlikni ko’rish uchun 2-jadvalda virtual suv eksport hajmi va import hajmi bo’yicha 10 ta eng yirik davlatlar, shuningdek ushbu davlatlarning kishi boshiga to’liq daryo oqimi bo’yicha bo’yicha ta’minlanganlik darajasi keltirilgan. 2-jadval. Virtual suv eksport-importi. Davlat Kishi boshiga to’liq daryo oqimi, ming m
3 kishi boshiga Virtual suv hajmi
AQSH
20.0 758.3
Kanada 115.0
272.5 Tailand
4.3 233.3
Argentina 17.0
226.3 Hindiston 5.0 161.1
Avstraliya 26.0
145.6 Vietnam
23.0 90.2
Fransiya 5.0
88.4 Gvatemala 24.0 71.7
Rossiya 28.5
47.7 Braziliya 48.0 45.0
Import Shri-Lanka 5.0 428.5
Yaponiya 2.0
297.4 Gollandiya 0.7 147.7
Koreya Respublikasi 5.0 112.6
Xitoy 3.0
101.9 Indoneziya 6.0 101.7
Ispaniya 4.2
82.5 Misr
1.0 80.2
Germaniya 2.0
87.9 Italiya
3.5 64.3
Keltirilgan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, virtual suvni import qiluvchi mamlakatlar suv resurslari bilan yetarlicha ta’minlanmagan. Suv resurslari bilan yetarli va ko’p ta’minlanga, ya’ni kishi boshiga 25 ming m 3 dan ko’p bo’lgan davlatlar virtual suvni qishloq xo’jaliklari mahsulotlari ko’rinishida eksport qiladi. Shuning virtual suv eksportchilari qatoriga o’rtacha ta’minlangan (kishi boshiga 5 mingdan 25 ming m 3 gacha) davlatlar ham kiradi. Kishi boshiga 5 ming m 3 gacha ta’minlangan davlatlardan faqatgina Hindiston, Fransiya va Tailand ajralib turibdi. Va hokazolar xulosa Download 48.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling