Mahsulot ishlab chiqarishda virtual suvning o’rni


Download 48.89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.10.2017
Hajmi48.89 Kb.
#17820

Mahsulot ishlab chiqarishda virtual suvning o’rni

 Hozirgi sotsial-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari jadallik bilan kechayotgan zamonda

qashshoqlik, ochlik, global iqlimning o’zgarishi va sifatli ichimlik suvining kamayishi

kabi   global   muammolar   dolzarb   mavzu   bo’lib   qolmoqda.   Jahon   sog’liqni   saqlash

tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra dunyo aholisining uchdan birigina sifatli ichimlik

suvi bilan ta’minlangan. Hozirda jahonda nafaqat moliyaviy inqiroz, balki oziq-ovqat

inqirozi,   xususan   suv   muammolari     yuzaga   kelish   havfi   ham   mavjud.   Insonning

iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari bo’yicha BMT kommisiyasining xulosasiga

ko’ra   insonga   yetarli   bo’lgan   suv   hajmi   -  50  litr,  hayot   uchun   zarur   bo’lgan   eng

minimum miqdor esa 20 litrga teng. 

Ma’lumki, ichimlik suvining geografikjihatdan notekis taqsimlangan. Suv resurslariga

eng boy davlat deb Braziliya hisoblanadi va unda jahon ichimlik suv zahiralarining

19% to’g’ri keladi. Ikkinchi o’rinda Rossiya (10%) va keyingi o’rinlarni Kanada,

Indoneziya va Xitoy (taxminan 7% dan) egallaydi.

Davlatlarning   suv   bilan   ta’minlanganlik   darajasi   suv   tanqisligi,   suv   bo’yicha

mustaqillik, suv bo’yicha qaramlik va boshqa ko’rsatkichlar bilan o’lchanadi. Ushbu

ko’rsatkichlardan   kelib   chiqib   xalqaro   tashkilotlar   suv   resurslari   bilan   kam

ta’minlangan   mamlakatlarga   suv   resurslarini   tejash   bo’yicha   ma’lum   innovatsion

usullarni   amalda   tadbiq   qilishni   maslahat   berishadi.   Suv   resurslarini   boshqarish

tizimining bir elementi sifatida Professor Jon Entoni Allanning virtual suv g’oyasi

hisoblanadi.

Ko’plab mamlakatlar suv muammolarini hal qilish uchun strategiyalarni ishlab chiqa

boshladilar,  xususan,   suvni   iste’molda   tejash,   sho’r   dengiz   suvlarni   tuzsizlantirish

yo’lga   qo’yildi.   Ichimlik   suvini   tejashning   yana   bir   yo’nalishi   bu   ko’p   suv   talab

qiladigan   mahsulotlar   iste’molini   tashqi   savdo   orqali   boshqarishdir.   Bunday

masulotlarga ham qishloq xo’jaligi, ham sanoat mahsulotlari, xususan energetika ham

kiradi.   Hozirda   mamlakat   miqyosida   suv   tanqisligi   va   ko’p   suv   talab   qiluvchi

mahsulotlarni   ishlab   chiqarish   o’rtasidagi   bog’liqlik   to’liq   aniqlanmagan   bo’lsada,

bizning fikrimizcha suv – jahon bozorida keragidan past baholangan resurs.

Suv   ishlab   chiqarish   jarayonlarida   muqobili   yo’q   resurs   sifatida   keng   miqyosda

qo’llaniladi. Bir qarashda ko’p suv talab qilmaydigan mahsulotlar aslida juda katta

miqdorda suv talab sarflanishini talab qiladi. Barchaga ma’lumki, masalan, alyuminiy

ko’p energiya talab qiluvchi resurs hisoblanadi. Ba’zi gidroelektrostantiyalar aynan


alyuminiy   zavodining  energiyaga   bo’lgan  talablarini  qondirish   uchun  faoliyat  olib

borgan. Lekin alyuminiy ishlab chiqarish o’ta juda katta miqdorda suv talab qilishini

ko’pchilik hayoliga keltirmasligi mumkin. Huddi shu usulda mamlakatimizda ko’ylak

tikish   uchun   ko’p   suv   sarflanmagan   bo’lishi   mumkin,   ammo   uning   xom   ashyosi

bo’lmish   paxta   yetishtirish   uchun   qaysi   miqdorda   suv   sarflash   zarur   ekanligi

o’zbekistonliklarga ma’lum.

Professor   Jon   Entoni   Allan   1993   yilda   ilmiy   muhokamalarga   “virtual   suv”

tushunchasini olib kirdi va u oziq-ovqat hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda

qancha miqdorda suv sarf etilganining o‘ziga xos o‘lchovi bo‘lib qoldi. U tomonidan

muayyan mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan suv miqdorini hisoblash

mumkin   bo’lgan   formulani   taklif   qildi.   Ushbu   konseptsiyani   rivoji   o’laroq

gollandiyalik   Arjen   Y.  Hoekstra   “suv   izi”   (“water   footprint”   –   “водный  след”)

g’oyasini taklif qildi. 

Virtual   suv   muayyan   mahsulotni   ishlab   chiqarish   uchun   talab   qilinadigan   hajmi

bo’lib, uning 3 turini ajratadilar:

“yashil”   suv   resurslari   –   yomg’ir   suvlari   bo’lib,   odatda   ishlab   chiqarish,



xususan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda bug’lanib ketadi;

“ko’k”   suv   resurslari   –   oqava   yoki   grunt   suvlari   bo’lib,   qishloq   xo’jaligida



dalalarni sug’orish uchun sarflangan, sanoat va hizmat ko’rsatishda sarflangan

va olingan suv sistemasiga qaytib tushmagan suv miqdori hisoblanadi.

“kul   rang”   suv   resurslari   –   mahsulot   ishlab   chiqarishda   iflos   bo’lgan   suv



hisoblanadi. 

Virtual suv sarfi haqida tasavvur hosil qilish uchun quyida kundalik hayotimizda ko’p

uchraydigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarfalanadigan suv hajmini keltirilgan:


1-jadval. Mahsulot ishlab chiqarishda sarflanadigan virtual suv hajmi

Suv sarflanishi,

litr

Mahsulot


Bir birlik mahsulot ishlab chiqarish

uchun sarflanadigan virtual suv, litr

1

2

3



4

1

1000 litrgacha



choy (ichimlik), l

160


2

shakar qamish, kg

180

3

pomidor, kg



190

4

kartoshka, kg



250

5

pivo, l



300

6

jo'xori, kg



450

7

apelsin, kg



500

8

olma, kg



700

9

apelsin sharbati, l



850

10

chips, kg



920

11

olma sharbati, l



950

12

vino, l



960

13

1000-5000 litr



bug'doy, kg

1000


14

kofe (ichimlik), l

1120

15

non, kg



1330

16

arpa, kg



1400

17

soya, kg



1800

18

sut, l



2000

19

qog'oz (80r/m3), kg



2010

20

po'lat



2100

21

ko'ylak, dona



2500

22

kokos, kg



2600

23

shakar, kg



3000

24

tuxum, kg



3380

25

tovuq go'shti, kg



3500

26

chigit, kg



3650

27

echki go'shti, kg



4000

28

cho'chqa go'shti, kg



4800

29

5000-10000 litr



pishloq qattiq, kg

5000


30

guruch, kg

5000

31

qo'y go'shti, kg



6100

32

paxtali futbolka, kg



8000

33

charm poyafzal, juft



8000

34

paxta, kg



8250

35

choy barglari, kg



9200

36

10000 litrdan



ko'p

podguznik, kg

10800

37

djins mato, kg



11000

38

mol go'shti, kg



16000

39

mikrochip, kg



16000

40

yo'g, kg



18000

41

kofe (donlari), kg



20000

42

jun, kg



20000

1-jadvaldagi ma’lumotlarni tahlil qilib, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, eng ko’p

suv   talab   qiluvchi   mahsulot   bu   qishloq   xo’jalik   mahsulotlari,   xusuan   ular   ichida

go’sht   mahsulotlaridir.  Shuni   takidlash   lozimki,   virtual   suvni   hisoblashda   sarflash

mumkin bo’lgan barcha xarajatlar inobatga olinadi: chorva mollarining tug’ilishidan,

kundalik iste’molidagi suvdan tortib – ishchilarning ichishi mumkin bo’lgan suvgacha

hisobga olinadi.

Virtual suvni o’zida ko’p “ichiga olgan” mahsulotlardan yana bir turi choy va kofe

kabi   ichimlklardir.   Virtual   suv   sarfini   hisoblashda   qishloq   xo’jalik   mahsulotlarini

yetishtirish, yig’ishtirib olish, qayta ishlash, qadoqlash va istemolchiga yetkazishda

sarflangan suv inobatga olinadi.

Virtual suv miqdori nafaqat alohida mahsulotlar, balki har bir inson, korxona, hudud

yoki   davlat   uchun   hisoblanishi   mumkin.   Buning   uchun   “suv   izi”   konseptsiyasi

qo’llaniladi.   Barcha   mahsulotlar   ham   bir   davlatda   ishlab   chiqarib   iste’mol

qilinmaganligi   sababli   suv   izi   ikki   qisdan   tashkil   topadi:   ichki   suv   resurslarining

ishlatilishi va davlat tashqarisidagi suv resurslarining ishlatilishidir.

Bugungi kunda maxsus dastur yordamida 

http://www.waterfootprint.org/

 saytida suv

izini hisoblash mumkin. Ushbu ko’rsatkichni hisoblash uchun quyidagi mahsulotlar

iste’moli bo’yicha ma’lumotlarni kiritish lozim: don mahsulotlari, sut mahsulotlari,

sabzavotlar,   mevalar,  kartoshka,   tuxum,   kofe,   choy.  Shuningdek,   qanday   ovqatlar

yeyishingizni yog’liqlik (yuqori, o’rta, past kaloriyali), shakar ulushi (yuqori, o’rta,

past shakarli) belgilash kerak. Hisob-kitobda gigiyenik suvli amaliyotlar va ularning

davomiyligi ham inobatga olinadi: dush va vanna qabul qilish; boshqa maishiy ishlar:

sug’orish,   idishlarni   yuvish,   mashina   yuvish,   kir   yuvish,   basseyn   mavjudligi,   suv

hajmi va uni almashtirish davriyligi.

Jahon miqyosida virtual suv savdosining 61% donli ekinlar savdosiga to’g’ri keladi,

17% - chorvachilik mahsulotlari savdosi va faqat 22% - sanoat mahsulotlari savdosiga

to’g’ri keladi.

Jahon bo’yicha 1 kg don mahsulotlarini yetishtirish uchun 1,70 m

3

 suv talab qilinadi.



Don eksport qiluvchi davlatlar 1,23 m

3

 suv sarflab, import qiluvchilar esa – 2,05 m



3

suv   sarflaydilar.   Shunday   qilib,   qishloq   xo’jaligi   mahsultlarini   import   qiluvchi

mamlakatlar mahsulot bilan birga aslida eksport qiluvchi davlatning suv resurslarini

ham sotib oladilar., ya’ni, shu hosilni olish uchun sarflanishi mumkin bo’lgan suvni

tejaydilar.


Don mahsulotlarini eksport qiluvchi ko’pchilik davlatlar (AQSH, Kanada, Yevropa

davlatlari)   hosilni   asosan   yomg’ir   suvlari   hisobiga   yetishtiradilar,   ko’plab   import

qiluvchi davlatlarga irrigatsiya uchun mo’ljallangan suvni ishlatishga to’g’ri kelar edi.

Savdo   jahon   miqyosida   112   km

3

  suv   resurslarini   tejaydi,   bu   irrigatsiya   uchun



sarflanadigan suvning 11% ga to’g’ri keladi.

Davlatlarning   suv   resurslari   bilan   ta’minlanganlik   darajasi   va   virtual   suv   savdosi

hajmi o’rtasida bog’liqlikni ko’rish uchun 2-jadvalda virtual suv eksport hajmi va

import hajmi bo’yicha 10 ta eng yirik davlatlar, shuningdek ushbu davlatlarning kishi

boshiga to’liq daryo oqimi bo’yicha bo’yicha ta’minlanganlik darajasi keltirilgan.

2-jadval. Virtual suv eksport-importi.

Davlat

Kishi boshiga to’liq daryo



oqimi, 

ming m


3

 kishi boshiga

Virtual suv hajmi

Eksport

AQSH


20.0

758.3


Kanada 

115.0


272.5

Tailand 


4.3

233.3


Argentina

17.0


226.3

Hindiston

5.0

161.1


Avstraliya

26.0


145.6

Vietnam


23.0

90.2


Fransiya

5.0


88.4

Gvatemala

24.0

71.7


Rossiya

28.5


47.7

Braziliya

48.0

45.0


Import

Shri-Lanka

5.0

428.5


Yaponiya

2.0


297.4

Gollandiya

0.7

147.7


Koreya 

Respublikasi

5.0

112.6


Xitoy

3.0


101.9

Indoneziya

6.0

101.7


Ispaniya

4.2


82.5

Misr


1.0

80.2


Germaniya

2.0


87.9

Italiya


3.5

64.3


Keltirilgan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, virtual suvni import qiluvchi mamlakatlar 

suv resurslari bilan yetarlicha ta’minlanmagan. Suv resurslari bilan yetarli va ko’p 



ta’minlanga, ya’ni 

kishi boshiga 25 ming m

3

 dan ko’p bo’lgan davlatlar 



virtual suvni qishloq xo’jaliklari mahsulotlari ko’rinishida eksport 

qiladi. Shuning virtual suv eksportchilari qatoriga o’rtacha 

ta’minlangan (kishi boshiga 5 mingdan 25 ming m

3

 gacha) davlatlar 



ham kiradi. Kishi boshiga 5 ming m

3

gacha ta’minlangan davlatlardan



faqatgina Hindiston, Fransiya va Tailand ajralib turibdi.

Va hokazolar 



xulosa

Download 48.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling