Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar va ularning mahsulot sifatiga ta’sirini kamaytirish usullari


Download 18.75 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi18.75 Kb.
#1521485
Bog'liq
Mahsulot sifatiga ta


Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar va ularning mahsulot sifatiga ta’sirini kamaytirish usullari
Reja:

  1. Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi

  2. Mahsulot sifatiga ta'sir etuvchi omillar va sifatiga ta’sirini kamaytirish usullari

Mahsulot sifatini oshirishda uni oldindan aytish, rejalashtirish va me'yorlash muhim tadbirlardan hisoblanadi. Mahsulot sifatini oldindan aytib berish deganda, berilgan vaqtda yoki berilgan vaqt oralig`ida yemirishilishi mumkin bo`lgan mahsulot sifati ko`rsatkichlarining imkoniy qiymatlarini aniqlanishi tushuniladi. Mahsulot sifatini rejalashtirish deganda, mahsulotni ishlab chiqarish bo`yicha berilgan vaqt ichida yoki berilgan vaqt oraliqida kerakli sifat ko`rsatkichlarining qiymatlari bilan asoslangan topshiriqni belgilash tushuniladi. Mahsulot sifatini bir me'yorda bo`lishini ta'minlashda mahsulot sifatini boshqarish alohida o`rin egallaydi. Har qanday boshqarishning mohiyati boshqarish qarorlarini ishlab chiqish va uni boshqaruvchi ob’yektda o`z ta'sirini amalga oshirish ko`zda tutiladi. Mahsulot sifatini boshqarish deganda mahsulotni yaratishda uning kerakli sifatini ta'minlash va me'yorida bo`lib turish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar majmui tushuniladi. Mahsulot sifati jarayonlarning qanday tashkil etilganligiga, ularni qanday me'yorda ishlashiga, nazorat-o`lchash asboblarining naqadar tekis ishlashiga va shu jarayonlarda ishlayotgan xodimlarning malakasiga so`zsiz bog`liqdir. Boshqarish ta'siri boshqariluvchi jarayonlarni amaldagi holatini saqlash yoki unga o`zgartmalar kiritishdan iborat. Mahsulot sifatini boshqarish tizimi deganda boshqarish idoralari va boshqariluvchi ob’yektlarning mahsulot sifatini boshqarishda moddiy- texnika va axborot vositalari yordamida o`zaro bog`lanishning majmui tushuniladi.


Mahsulot sifatiga ta'sir qiluvchi omillarni to‘rt toifaga bo‘lish mumkin:


a) texnikaviy;
b) tashkiliy;
v) iqtisodiy;
g) ijtimoiy.
Texnikaviy omillarga uskunalar, jihozlar, vositalar, o‘lchov vositalari, texnikaviy hujjatlarning holati; dastlabki materiallar, xomashyolar, yarim fabrikatlarning sifati va shunga o‘xshash texnik omillar kiradi.
Tashkiliy omillarga reja asosida ishlash, texnikaviy xizmatni amalga oshirish, uskunalarni ta'mirlash, materiallar, butlovchi qismlar bilan ta'minlash, ishlab chiqarishning texnikaviy hujjatlar va o‘lchov vositalari bilan ta'minlanganligi, ishlab chiqarish madaniyati, mexnatni ilmiy asosda tashkil etish, ovkatlanish va ish vaqtida dam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy omillarga mexnatga haq to‘lash shakllari, oylik maoshining miqdori; yuqori sifatli mahsulot va ish uchun moddiy rag‘batlantirish; mahsulotning yaroqsizligi uchun oylik maoshidan ushlab qolish; mahsulotning sifat darajasi, tannarxi va shunga o‘xshashlar kiradi.
Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, malaka oshirishni tashkil qilish, ilmiy-texnikaviy ijodni, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish, turmush sharoitlari, o‘zaro munosabatlar, jamoadagi psixologik muhit va tarbiyaviy ishlar kiradi.
Mahsulot sifatining tashkil topishi uning hamma hayotiy bosqichlarida-tadkikot va loyihalash ishlarida, ishlab chiqarishda, iste'molda yoki ishlatilishi jarayonida namoyon buladi.
Tadkikot va loyihalash ishlari mahsulotning sifatini belgilovchi asosiy bosqich hisoblanadi. Bu bosqich ilmiy-texnika tarakkiyoti, erishilgan muvafaqqiyatlar, kutilayotgan natija, ishlab chiqarish imkoniyatlari, iste'mol talablari asosida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda mahsulotni loyihalash ishlarini o‘z ichiga oladi.
Mahsulot avvaldan belgilangan vazifalarini bajarishi uchun uning sifati ustidan nazorat olib borilishi kerak. Bu ishni amalga oshirish mahsulotni ishlab chiqarish bosqichida muhim ahamiyatga ega, chuni mahsulotning sifati shu jarayonda shakllanadi. Ijtimoiy xarakteriga ko‘ra ichki va tashqi nazorat bo‘ladi.
Nazoratlar quyidagi alomatlar bo‘yicha tasniflanadi.
1. O‘tkazish joyi, vaqtiga ko‘ra:
Dastlabki (kirish) nazorati – xomashyo, butlovchi qismlar, boshqa ishlab chiqarish uchun zarur materiallar, shuningdek texnikaviy xujjatlar nazoratdan o‘tkaziladi. Nazorat ko‘pincha ro‘yxatga olish usuli (sertifikatlar bo‘yicha), zaruriy hollarda esa o‘lchash usulida amalga oshiriladi.
Operasion nazorat – mahsulot qismlarini tayyorlash va uni yig‘ishning barcha texnologik operatsiyalarini bajargandan keyin ma'lum me'yoriy hujjatlarga muvofiq o‘tkaziladi va nazorat daftarlarida yoki ushbu tashkilotning sifatni boshqarish tizimida ko‘zda tutilgan xujjatlarda qayd qilib boriladi.
Qabul qilish (chiqish) nazorati – tayyorlangan mahsulot sifat ko‘rsatkichlarining me'yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligi nazoratdan o‘tkaziladi va hujjatlashtirilgan xulosa qabul qilinadi.
2. Qamroviga ko‘ra:
Yaxlit (to‘liq) nazorat – bunda mahsulotlarning barchasi to‘liq nazoratdan o‘tkaziladi.
Tanlama nazorat – bunda mahsulotning tanlab olngan muayyan miqdori nazorat qilinadi. Tanlash hajmi me'yoriy xujjatlarga asosan belgilanadi.
Uzluksiz nazorat – nazorat qilinadigan texnologik jarayonning ko‘rsatkichi uzluksiz ravishda nazorat qilinadi.
Download 18.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling