Mahsulot sifatini va mahsulot texnologiк sxemaga tasiri reja
Texnologik jarayonini amalga oshirish usuli
Download 94.94 Kb.
|
MAHSULOT SIFATINI VA MAHSULOT TEXNOLOGIК SXEMAGA TASIRI
Texnologik jarayonini amalga oshirish usuli. Bir xil texnologik jarayon xar xil xarajatlarni talab qiladigan turli xil usul bilan amalga oshiriladi. Loyihalanayotgan texnologk liniya iqtisodiy jixatdan qulay bo‘lishi kerak.
Texnologik jarayonlari davomiyligini qisqartirish. Jarayon davomiyligi qisqarganda tegishli xarajatlar (mexnat, energiya sarfi va bosh.) kamayadi. Demak texnologik jarayonlarni tanlash asosiy prinsiplari quyidagicha izoxlanadi: raqobatbardosh va sifatli mahsulot ishlab chiqarishga imkoniyat beradigan energiya, ishlab chiqarish va kapital resurslarini tejaydigan texnologiyalarni joriy etilishi shart. Optimal texnologiyalarni tanlash texnologlarning vazifasidir. Ular xom ashyo turi va miqdori asosida ishlab chiqarish xajmini va sarflash normalarini aniqlaydi va ishlab chiqarishni dastlabki iqtisodiy effektini hisoblaydi. Texnologik sxemalar tasdiqlangan ishlab chiqarish yo’riqnomalari, tegishli adabiyotlar va ilg’or korxonalarning yutuqlari asosida tanlab olinadi. Loyihalanadigan texnologiya eng avval mahsulotning yuqori sifatini ta’minlash lozim. Masalan, meva sharbatini (etsiz) presslash yoki diffuzion usul bilan tayyorlash mumkin. Diffuzion usulda sharbat ko’p miqdorda olinadi, lekin uning sifati presslangan sharbatning sifatidan ancha past bo’ladi. Shu sababli ichimlik sharbatlari faqat presslash usuli, yarim fabrikat sharbatlar esa diffuzion usul bilan olinadi. Muhim ko’rsatkichlardan biri – mahsulotning chiqishi. Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan chiqindilar va yo’qotishlar kam bo’lganligi, texnologik sxema yaxshi tanlanganligini ko’rsatadi. Masalan, tomat xalimini ishlab chiqarishda xom ashyo qirg’ichga tushishdan oldin qizdirilmaganda chiqindilar 4-4,5%, qizdirilganda esa 12-13% ni tashkil etadi. Uzluksiz ishlaydigan texnologik sxema davriy sxemadan qulayroqdir. Uzluksiz sxemada texnologik uskunalarning uzluksiz ishlashi sababli korxonaning ishlab chiqarish quvvati oshadi, xom ashyolarni o’z vaqtida qayta ishlanganligi sababli yo’qotishlarning umumiy miqdori ham kamayadi. Tanlangan texnologik sxema to’liq yoki qisman mexanizasiyalashgan va avtomatlashtirilgan bo’lishi shart. Tomat xalimi, etli sharbatlar, pyure, povidlo, sabzavot ikralari, ko’k no’xat konservalarini ishlab chiqarish tizimlarini yuqori darajada avtomatlashtirish va mexanizasiyalash mumkin. Кompot, marinad, murabbo, go’shtli konservalar ishlab chiqarishda bunga erishish ancha qiyin. Кeyingi shart―texnologik sxemalar rasional bo’lishi kerak, ya’ni elektr energiyasi, bug’, suv, sovuqlik, ishchi kuchini minimal miqdorda talab qilishi kerak. Masalan, tomat xalimi ishlab chiqarishda ko’p korpusli bug’latgichlar, mahsulotdan ajralgan bug’lardan foydalanish rasional texnologik sxema bo’lib, bug’ sarfini kamaytirishga imkon beradi. Texnologik sxemalarda barcha jarayonlar ketma-ket ya’ni, qo’shimcha komponentlar, konserva idishlarining kelishi, chiqindilarning olib ketilishi ham ko’rsatiladi. Download 94.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling