Mahsulot va chiqindilarni ishlab chiqarish, saqlash va tashish


Download 20.93 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi20.93 Kb.
#1328807
  1   2
Bog'liq
Mahsulot va chiqindi Talablar


Mavzu: Mahsulot va chiqindilarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ekalogik havfsizlikning umumiy talablari.
Reja:

  1. Mahsulot va chiqindilarni ishlab chiqarish, saqlash va tashish.

  2. Mahsulot va chiqindilarni utilizatsiya qilish jarayonlarida ekalogik havfsizlikning umumiy talablari

  1. Mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida yirik islohotlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bu sohaning zamonaviy mustahkam normativ-huquqiy bazasi yaratildi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi faoliyatni belgilab beruvchi 30 ga yaqin qonunlar va 200 dan ortiq qonunosti me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Shuning bilan bir qatorda hozirda jamiyatimizning rivojlanishi bilan bog`liq bo’lgan ekologik muammolardan biri chiqindilar mauammosi bo’lib, bugungi kunda chiqindilar atrof-muhitni ifloslantirishi natijasida atrof muhitga, fuqarolar hayoti va sog`lig`iga, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklariga xavf tug`dirmoqda. Bunday sharoitda, hosil bo’layotgan chiqindilarni to’plash, saqlash, tashish, yo’q qilish, ko’mib tashlash, utilizatsiya qilish, ularni turlarga ajratish va qayta ishlash masalasi ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Chiqindilar bilan bog`liq ish­larni amalga oshirish sohasi­dagi munosabatlarni tartibga solish hamda chiqindilarni boshqarishga oid davlat siyosatini yuritish maqsadida 2002 yil 5-aprelda «Chiqindilar to’g`risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qa­bul qilingan. Qonunning asosiy vazifasi chiqindilarning fuqarolar hayotiga va sog`lig`iga, atrof-muhitga zararli ta’­sirining oldini olish ham­da chiqindilar hosil bo’lishini kamaytirishdan iboratdir. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to’plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko’rsatish qoidalari, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014-yil 12-noyabrda 2625-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston "O’zkommunxizmat" agentligi bosh direktorining 2014-yil 16-oktyabrdagi 104-son buyrug`i bilan tasdiqlangan maishiy chiqindilarni tashish qoidalari va shu kabi bir qator qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan.



Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qattiq maishiy chiqindilar aholi jon boshiga hisoblaganda har yili bir foizga oshib borayapti. Bu esa o’z navbatida jahonning ekologik barqarorligiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi, albatta. Mutaxassislarning hisob-kitoblari bo’yicha, bugungi kunda chiqindining 800 dan ortiq turi qayd etilgan bo’lib, kelajakda chiqindining tur ko’rsatkichi bundanda yuqoriga qarab o’sishi mumkin. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasida foydalaniladigan materiallardan hosil bo’lgan chiqindilar atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbaga aylanmoqda. Ularni e’tiborsiz qoldirish esa tabiiy resurslar va tabiatning kutilmagan o’zgarishlariga sabab bo’ladi. Chunki hatto tabiiy xomashyodan tayyorlangan mahsulotning ham yerga singib, qo’shilib ketishi uzoq vaqt davom etadigan jarayon hisoblanadi. Masalan, qog`oz chiqindiga aylanganidan so’ng faqat uch oydan keyingina chiriy boshlaydi. Plastik, polietilen xaltachalarning biologik komponentlarga to’liq ajralishi uchun 400-450 yil talab etilsa, shisha faqat million yildan keyingina to’la yo’qolishi mumkin.
Chiqindi to‘plash shaxobchalari qattiq maishiy chiqindilarni alohida to‘plash uchun qoidalarga muvofiq, ajratib turuvchi ranglar va maxsus belgilar hamda yozuvlar bilan markalangan konteynerlar bilan ta'minlanishi lozim. Konteynerlarni chiqindi tashish mashinalariga bo‘shatish uchun ular (xavfli maishiy chiqindilar uchun maxsus konteynerlar bundan mustasno) to‘rtta g‘ildirakchalar bilan jihozlangan va mustahkam old devoriga, shuningdek, maxsus avtotransport vositasining manipulyatori bilan ishlashi uchun moslamaga ega bo‘lishi lozim. Konteynerlarga mexanik mustahkamligini ta'minlovchi usul bilan (konteynerning inventar raqami va balansda saqlovchining nomi to‘g‘risida) ma'lumotlar qayd etiladi.
Konteynerlar xizmat ko‘rsatish (foydalanish) muddatining tugashi, shuningdek, haqiqiy texnik holatiga (mexanik va boshqa shikastlarga) ko‘ra yangisiga yoki sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari talablariga javob beruvchi, shikastlanmaganlariga (ta'mirlanganlariga) almashtirilishi lozim. Konteynerlar kirish yo‘lagi bilan teng darajada joylashishi lozim.
Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni joylashtirish va saqlash mazkur Qoidalar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari, ekologik talablarga muvofiq hamda chiqindilardan oqilona foydalanishni ta'minlovchi usullarda yoki ularni boshqa shaxslarga topshirish orqali amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslar: ko‘p kvartirali uylarda — qattiq maishiy chiqindilarni chiqindi to‘plash shaxobchalariga joylashtirishda konteynerlarga tashlaydilar; yakka tartibdagi turar joy sektorida — qattiq maishiy chiqindilarni maxsus avtotransport vositasi «signal» usulida, jadval bo‘yicha kelguniga qadar o‘z hududlarida saqlaydilar va maxsus avtotransport vositasiga joylashtiradilar. Bunda, maxsus chiqindi qoplari (paketlar) yoki g‘ildirakli va zich yopiladigan qopqoqli konteynerlardan (40 — 120 l) foydalanilishi mumkin.

  1. Техник регламент маҳсулотларни (чиқиндиларни) ишлаб чиқариш, сақлаш, ташиш ва утилизация қилиш жараёнларининг экологик хавфсизлигини таъминлаш учун:

  • атмосфера ҳавоси муҳофазасини;

  • сув объектларининг муҳофазасини;

  • ҳайвонот ва ўсимлик дунёси объектларининг муҳофазасини;

  • ер ресурсларининг муҳофазасини;

қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда чиқинди билан боғлиқ ишлар амалга оширилишини таъминлайдиган мажбурий талабларни белгилайди.
Атроф табиий муҳит ҳолатининг барқарорлиги ва яхшиланиши мавжуд хўжалик ва бошқа фаолият объектларининг атроф табиий муҳитга кўрсатаётган салбий таъсирининг рухсат этилган босқичма-босқич камайиб борадиган даражаларига эришиш энг яхши қулай технологияларни қўлланиши билан таъминланади.


Download 20.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling