Mahsulot va uni boshqarish
Download 1.49 Mb.
|
1 2
Bog'liqPsixologiya fanining maqsadi,vazifasi va predmetlari
Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya 102-guruh talabasi Namozov Shodmonjonning Umumiy psixologiya fanidan ,,Psixologiya fanining maqsadi,vazifasi va predmetlari''mavzusidagi MT si Reja: 1. Psixologiya nimadan baxs qiladi. 2. Psixologiyaning predmeti 3. Ilk psixologik bilimlar. 4. Psixologiyaning maqsadi. 5. Psixologiya fanining vazifalari. Psixologiya faninig boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shundan iboratki, uning amaliy, tadbiqiy jihatlari mavjud bo`lib, ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta`sir o`tkazadi. Psixologiya boshqa fanlardan farqli o`laroq o`z tatbiqiy ma`lumotlari, natijalarining ko`pqirra, ko`pyoklama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat ko`rsatkichiga ega. Ayniqsa, bu borada o`zini -o`zi boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi, shuning uchun u tabiatni o`rganish ilmidan tafovutlanib, o`zining psixik jarayonlari, funksiyalari, holatlari, hissiyoti, irodasi, xarakteri, temperamenti kabilarni boshqarishda o`z aksini topadi. Inson o`zini anglay borib, o`z insoniy xislati, xususiyati, sifati, xulqini o`zgartirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o`zini o`zi boshqarish va takomillashtirish, o`zini o`zi qo`lga olish, o`ziga o`zi buyruq berish, o`zini o`zi tarbiyalash bo`yicha boy materiallar to`plagan, bu esa o`z navbatida inson munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o`zgarishi va yangidan yaralishi haqida ilmiy-tadbiqiy ma`lumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi rang-barangligini ta`minlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniklash, shakllantirish, yangi sharoitga ko`chirish, takomillashtirish, rivojlanish dinamikasini ta`minlash, yangi sifat bosqichiga o`tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o`ta amaliy, tadbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fanining sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, kli-nik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, sport psixologiyasi va hokazo). Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan o`z predmetiga ega bo`lib, amaliy sotsial psixolog, injener (muhandis) psixolog, oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni o`z ichiga qamrab olgandir. Yuqorida bildirilgan fikrlarga yakun yasab, shu narsani alohida ta`kidlab o`tish kerakki, psixologiya fani ko`hna tarixga ega bo`lishiga qaramay, u juda navqiron fandir, chunki ilmiy psixologiya nemis psixologi V. Vundt tomonidan 1879 yilda Leypsig (Germaniya) universitetida asos solingan birinchi eksperimental labora-toriya ochilishidan boshlanadi. Shuning uchun endigina refleksiyani (lotincha gepexiz o`zining ruhiy holatini tahlil qilish degani) ilmiy jihatdan o`rganishni psixologiya fani predmeti tarkibiga kiritish davri (mavridi) keldi. Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo bo`lgan bo`lib, to hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi aniqlangani yo`q, lekin shunga qaramasdan, uni har ikkala yo`nalishdagi sohalar bo`yicha to`plangan ma`lumotlar, qonuniyatlar birlashuvining mahsuli deb atash mumkin. Ammo psixologiyaning tarkibida ham gumanitar, ham ijtimoiy bilimlar mavjud bo`lishidan qat`i nazar, u alohida xususiyatga ega bo`lgan mustaqil fandir. «Psixologiya» (yunoncha psiyuxi) so`zini o`zbek tiliga tarjima qilsak, u «jon», «ruh» haqidagi «fan, ta`limot» degan ma`no anglatadi. Biroq hozirgi davrda «jon» tushunchasi o`rniga «psixika»ni qo`llashda davom etmoqdamiz. Lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir xil ma`noni bildiradi. Lekin «psixika» tushunchasi bugungi kunda «jon»dan kengroq ko`lamga ega bo`lib, ham ko`zga ko`rinuvchi, ham ko`zga ko`rinmovchi tomonlarini o`zida aks ettiradi. Psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarning o`ziga xos tomonlaridir. Psixologiya konkret fan sifatida asixik faoliyat qonuniyatlarini, uning ro`y berishi mexanizmlari va omillarini o`rganuvchi fandir. Psixikaning turli shakllarda ko`rinishi, jumladan, psixik jarayonlar, anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunon-cha psyche «jon», somoto «tana» ma`nosini anglatadi) hodisalar, inson aql-zakovati va qo`lining mo`jizakorligi moddiy va ma`naviy madaniyat mahsulini yaratdi. psixologiya Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo`nalishdagi muammolarni maʼlum maʼnoda o`rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy gumanitar fan sohalari bo`lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o`ziga xos va yetakchidir. Tabiiy fanlar . Gumanitar fanlar falsafiy fanlar Psixologiya fanining eksperimental, psixoanalitik, bixeviorstik, empirik, epifenomenalistik, geshtalt, assotsiativ, vyurs-burg, psixogenetik, reduksionizm, solipsizm, gumanistik, biogenetik, sotsiogenetik kabi yo`nalishlari tomonidan to`plangan ma`lumotlar hozirgi zamon psixologiyasini vujudga keltirdi. Xuddi shu yo`nalishlarning rang-barang metodikalari, metodlari umumiy psixologiya fanining predmetini va uning tadqiqoti prinsiplarini aniqlab berdi.
Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling