Paxtadagi xas-cho ‘plar, iflosliklar - bu tolaning nuqsonlari. Agar
paxtadan namuna olib qarasak, unda normal pishib yetilgan tolalardan
tashqari xas-cho„p aralashgan va nuqsonli tolalar borligini ko„ramiz.
Bunday nuqsonlar biologik va mexanikaviy boiib, ular g„o„zaning o„sib
rivojlanishida, paxta zavodlarida paxtani dastlabki fshlashda va ba‟zan ip-
yigiruv fabrikasida paxtadan ip olishda paydo boiadi. Bunday nuqsonlar
ko„p boisa, paxtaning qiymati pasayadi, ishlab chiqarish jarayonida
chiqindilar ko„payadi, ipning chiqishi kamayadi va uninig sifati pasayib,
yigirish va to„qish jarayonlarida ko„proq uziladi, natijada mashinalarning
ish unumi pasayadi. Paxtadagi xas-cho ‘plar va nuqsonlar.
Iflosliklar - maydalangan barglar, chanoqlar, g„o„za shoxlari va h.k.
Bular tolalarga yopishgan holda boiib, ulami yo'qotish ancha qiyin.
Tolali o‘lik - paxtani tozalashda paydo boigan uzun tolalar,
maydalangan xas-cho„plar va yetilib pishmagan, tolalari turlicha
paxmaygan chigitlardan iborat aralashma.
Kasallangan va zararlangan tolalar - g„o„za o„simligi kasallangan
boisa (biologik nuqson) va paxtani paxta tozalash korxonasida hamda ip-
yigiruv korxonalarida ishlashda (mexanikaviy nuqson) hosil boiishi
mumkin.
Maydalangan chigit (chigit boiakchalari) - paxtani dastlabki ishlashda
hosil boiadi. Ular yana maydalanib, tolalar yopishgan po„stchalarga
aylanishi mumkin. Bunday nuqson yigiruv korxonalari uchun eng zararli
nuqson boiib, yigirilgan ipda ham uchrashi mumkin.
Tolali chigit qobig'i - zararli nuqsonlardan hisoblanib, paxtani dastlabki
ishlashdan chigitlarning maydalanishi natijasida, titish va savash
mashinalarda hosil boiadi. Bular tolaga mahkam yopishib qoladi va ulami
ajratish qiyin. Shuning uchun bunday nuqsonlaming kelib chiqish
sabablarini aniqlab, ulami kamaytirish zarur.
Tugunchalar - chigallanib qolgan tolalarning kichik gruppasi; paxtani
dastlabki ishlashda va savash-tarash jarayonida hosil boiadi. Bunday
nuqsonlar yigimv jarayonlarida ham tamoman yo„q boimaydi.
101
Do'stlaringiz bilan baham: |