Mahsulotlarni sertifikatlash


Download 13.03 Kb.
Sana01.11.2020
Hajmi13.03 Kb.
#139750
Bog'liq
Документ sert


Mahsulotlarni sertifikatlash

QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 27-son, 315-m.) ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimida (bundan buyon matnda Oʻz SMT) respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishga tayyorlash va oʻtkazishga umumiy talablarni belgilaydi.

Majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlarni sertifikatlashtirishning oʻziga xos xususiyatlari “Oʻzstandart” agentligining alohida meʼyoriy-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi.

I. Umumiy qoidalar

1. Mahsulotlarni, shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni sertifikatlash mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

2. Mahsulotlarni sertifikatlashni tashkil qilish va oʻtkazish ishlari belgilangan tartibda akkreditsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari (keyinchalik matn boʻylab SO) tomonidan amalga oshiriladi.

Bojxona rasmiylashtiruvida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organi muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini, shuningdek, muvofiqlik sertifikatida koʻrsatilgan tovarning nomini haqiqatda olib kelingan tovarning nomi bilan tekshiradi.

3. Sertifikatlashning alohida chizmalari mahsulotlarni sertifikatlash boʻyicha tegishli qoidalarida va mahsulotlarga talablarni oʻz ichiga olgan boshqa normativ hujjatlarda belgilanadi. Bunda tekshirishlar hajmiga qarab sertifikatlashtirish chizmasining murakkabligi, mahsulotning xavfsizlik darajasiga bogʻliq holda aniqlanadi. Oʻz SMTda qoʻllaniladigan, sertifikatlashning tavsiya etiladigan chizmalari ushbu Qoidalarning 1-ilovasida* keltirilgan.

Har bir muayyan holatda SO arizachining taklifini, yetkazib beriladigan mahsulot hajmi va muddatini, sinash usullarini, ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlarini va uning barqarorligining buzilish xavfi mavjudligiini, shuningdek mazkur mahsulotning isteʼmolchilar uchun potensial xavfini hisobga olgan holda sertifikatlash chizmasini tanlaydi.

Xalqaro tizimlar yoki bitimlar doirasida sertifikatlashtirish ushbu hujjatlarda nazarda tutilgan chizmalar boʻyicha bajariladi.

4. Sertifikatlashtirishda, mahsulot muvofiqligini tasdiqlanishi lozim boʻlgan xususiyatlar (koʻrsatkichlar) roʻyxati, tekshirish va sinash usullari keltirilgan, sertifikatlashtiriladigan mahsulotga meʼyoriy hujjatlar (keyinchalik matn boʻylab MH)da belgilangan talablarga mos ekanligi tasdiqlanadi.

MHda sertifikatlashtirish sinovlari toʻgʻrisida boʻlim keltirilmagan yoki davlatlararo standartlarni qoʻllanishi koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda SO meʼyoriy hujjatda yoki xalqaro standartlarda koʻrsatilgan tavsiflar majmuidan birinchi navbatda xavfsizlik boʻyicha talablarni belgilovchi koʻrsatkichlarni tanlaydi.

5. Sertifikatlashtirishda, muayyan mahsulot uchun MHdan tashqari, mahsulotning majburiy talablarini belgilovchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga va boshqa rasmiy nashr etilgan MH larga ham amal qilish lozim.



6. Mahsulot sinovlarini oʻtkazishda, takrorlashga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, akkreditatlangan sinov laboratoriyalari (keyinchalik matn boʻylab — ASL) boshqa ASL da oʻtkazilgan sinov natijalarini oʻzaro tan olishlari lozim.

7. Sertifikatlashtirish ishlariga haq toʻlash, arizachi tomonidan muvofiqlikni baholash ishlari natijalaridan qatʼi nazar, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, sertifikatlashtirish ishlari toʻlov oldindan amalga oshirilgandan soʻng bajariladi.
Download 13.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling