Dasturning informatsion-metodik ta`minoti
Elektron ta`lim resurslari
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. uz
4. www. edu. uz
5. tdpu-INTRANET. Ped
Didaktik vositalar
Didaktik vositalar ro`yxati:
jihozlar va uskunalar, moslamalar: elektron doska-Hitachi, LCD-monitor, elektron ko`rsatgich (ukazka).
video-audio uskunalar: video va audiomagnitofon, mikrofon, kolonkalar.
kompyuter va multimediali vositalar: kompyuter, Dell tipidagi proektor, DVD-diskovod, Web-kamera, video-ko`z (glazok).
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o`quv qo`llanmalar ro`yxati
Asosiy darsliklar va o`quv qo`llanmalar
Под ред. проф. Речитская Э.Г. Сурдопедагогика. М.: "Владос", 2004 г.
Зайтцева Г.Л. Дактилология. Жестовая реч. М.: "Владос", 2000 г.
PSIXOLOGIK PRAKTIKUM
Kirish
Dasturda rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarni psixologik tekshirish, bolalarni psixologik rivojlanishini o`rganish, ta`lim-tarbiya berishida o`qituvchi, psixolog, shifokor va tarbiyachilarning o`zaro hamkorligi masalalari qamrab olingan.
O`quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o`qitishdan maqsad- talablarda maxsus psixologiyadan egallangan bilimlarini amaliyotda qo`llash ko`nikma va malakalarini shakllantirish.
Fanning vazifasi – talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash.
Fan bo`yicha talabalarning bilimiga, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan talablar
Psixologik praktikum o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
maxsus psixologiya fanining ilmiy-metodologik asoslarini, rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarning psixologik xususiyatlarini, ruhiy jarayonlarni tekshirish uslublarini bilishi kerak;
rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarni psixologik tekshirish, o`quvchilarning shaxsiy hujjatlarini, faoliyatini o`rganish va tahlil kilish, darsni psixologik tahlil qilishni, psixologik jihatdan o`rganish ishlarini tashkil etish, rejalashtirish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak;
maxsus muassasalardagi mutaxassisslar bilan o`zaro hamkorlikda ishlash, bolalarga psixologik –pedagogik tavsif tuzish, maslahat berish malakalariga ega bo`lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |