Махсус фанлар” кафедраси
Download 1.77 Mb.
|
БМИ Намунаси Техникум
Мавзу бўйича (35 варақ) ёзилади
I-BOB. KOMPYUTER GRAFIKASINING NAZARIY JIHATLARI Kompyuter (mashina) grafikasi dastlabki, ya’ni kiruvchi axborotni(noma’lum tabiatga ega) tasvir ko‘rinishiga olib keladi. Masalan: ekspert ma’lumotlarni grafik, diagramma yoki boshqa shakllarga vizuallashtirish. Bundan tashqari shakllarni almashtirish, harakatlantirish, virtual tasavvurga yaqinlashtirish. Kompyuter grafikasini quyidagicha tasvirlash mumkin. COMPUTER GRAFICS input - belgilar, output - tasvir. Ularning o‘rtasida keskin chegara yo‘q va umumiy sxemada quyidagicha tasvirlash mumkin: Tasvirni (dastlab matn, formula so‘ng oddiy rasm) shaxsiy kompyuter ekranida chiqarish kompyuter grafikasining rivojlanishida birinchi qadam bo‘ldi. Qiska vaqt (50-yillardan boshlab) ichida kompyuter grafikasi tezkor rivojlandi va o‘zining e’tiborini ikki asosiy yo‘nalishga qaratdi: tasvirga yetarlicha tassavvur(reallik) va harakat(dinamika) berish va ularni birlashtirish. Kompyuter grafikasi - EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish va tahrirlashdir. Kompyuter animasiyasi - ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir. -Tasvirni import qilish - skaner, raqamli fotoapparatdan kiritish, boshqa formatdagi rasmlarni kiritish (bmp, jpg, png, tif, gif, psd, pdf, wmf va boshqalar); -Tasvirni tahrirlash - o'zgartirishlar kiritish, ranglar bilan bo'yash, chizish, o'chirish, yorqinlik va aniqlik darajasini o'zgartirish; Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o’rganuvchi soha uch o’lchovli grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi. 1.1. Kompyuter grafikasi haqida umumiy tushunchalar Kompyuter grafikasi tasvirlarni shakllantirish usullariga bog'liq holda 3 turga bo'linadi. Rastrli grafika. Vektorli grafika. Fraktal grafika. Ular bir-birlaridan tasvir korinishdagi axborotlarni hosil qilish va qayta ishlash texnologiyalari bilan farq qiladi. Rastrli grafika tushunchasi Rastr grafikasida obyektlar bit kartasidagi torda rangli nuqtalar (piksellar) yordamida tasvirlanadi. Rastrli tasvirlar bilan ishlash uchun rastr muharrirlaridan foydalanamiz. Rastr tasvirlarni boshqa formatlardan rastr ekrandagi hujjatning sahifa formati to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ko‘rinishda bo‘ladi. Agarda sahifa formatini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz Свойства (Property Bar)dan foydalansa bo‘ladi. Agarda Kitob (Portrait)ni tanlasangiz hujjatning bo‘yi bo‘yicha ko‘rinishda, Albom (Landscape)ni tanlasangiz hujjatning eni bo‘yicha ko‘rinishda sahifalaydi. Yuqoridagi sahifalashninig o‘lchamlarini bosmadan chiqariladigan payti bilan chalkashtirmaslik kerak. 1-rasm. Turli shakllarda rastrli obyektlar Shaxsiy kompyuter va uning dasturiy ta'minoti rivojlanishi va takomillashtirilishi shunga olib keldiki, kompyuter yordamida oldinlari bajarilmagan vazifa va ishlar amalga oshirilishi mumkin bo'ldi. Shular qatoridan kompyuter yordamida tasvirlarni yaratish va ularga ishlov berish, ya'ni kompyuter grafikasi tushunchasi vujudga keldi. Albatta bundan oldin ham kompyuter grafikasi mavjud bo'lgan, lekin u asosan, dasturlash tillari yordamida yaratiladigan geometrik figura (shakllar) va tasvirlar bo'lgan. Kompyuter grafikasi grafik interfeysga ega bo'lgan operasion sistemalar va dasturlar ishlab chiqarilganidan keyin keng tadbiq etila boshlandi. Kompyuter grafikasining ikkita yo'nalishi: rastrli va vektorli turlari bilan tanishib chiqamiz. Rastrli grafikada har qanday tasvir nuqta - piksellardan tashkil topgan bo'ladi. Har bir piksel alohida rangga ega bo'ladi. Ular majmuasi esa yaxlit tasvirni tashkil etadi. Foydalanuvchi har bir pikselga ishlov berish imkoniga ega bo'ladi, tasvirdagi piksellar soni qanchalik ko'p bo'lsa, tasvir shunchalik yuqori sifatli bo'ladi. Tasvirdagi piksellar zichligi DPI (Dot Per Inch - dyuymdagi nuqtalar soni) deyiladi, ya'ni bir dyuymda (1 dyuym=2,54 sm) nechta nuqta joylashganligini belgilaydi. Gazeta va boshqa ro'znomalarda mazkur ko'rsatkich odatda 150 dpi, rangli jurnallarda 300 dpi, fotosurat va kompozisiyalarda 600-1200 dpi tashkil etadi. Ekranda tasvirlanadigan rasmlar uchun esa 72 dpi sifat ko'rsatkichi yetarli hisoblanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, mazkur ko'rsatkichni belgilash yoki tanlashda rasional yondashuvdan kelib chiqish kerak, chunki har bir nuqta xotirada bir bit (agar tasvir oq-qora bo'lsa) joy egallaydi va ular tasvirda ko'payganida tasvirning xotirada egallaydigan hajmi ancha katta bo'ladi. Masalan, 300 dpi sifatga ega bo'lgan 2"x3,5" (5X9 sm2) o'lchamdagi asvir taxminan 630 000 bitni tashkil etadi. Agar tasvir o'lchamlari katta bo'lsa, hajmi nihoyatda kata bo'lishi aniq. Tasvir hajmini katta bo'lishi qattiq diskda ko'proq joy egallashi va kompyuter tomonidan sekin qayta ishlanishiga olib keladi. Rastrli kompyuter grafikasida ranglar tizimiga katta e'tibor qaratish kerak. Grafikada asosan RGB (Red, Green, Blue) va CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, blacK) rang tizimlari qo'llaniladi. RGB ang tizimi ekranda tasvirlanadigan rasmlar uchun (masalan veb-sahifada), CMYK rang tizimi asosan chop etiladigan tasvirlar uchun foydalaniladi. Rastrli grafika bilan ishlash dasturlari bir nechta vazifalarni bajarish imkonini beradi: Rang tizimini o'zgartirish; Chop etish; Boshqa nom va kengaytma bilan saqlash; Har xil effektlarni qo'llash. Hozirgi kunda sodda va murakkab rastrli grafika tahrirlash dasturlari mavjud. Sodda grafik muharrirlardan biri - Windows operasion tizimi tarkibiga kiruvchi Paint dasturidir. Mazkur dastur oddiy amallarni bajarish imkonini beradi, lekin professional darajadagi imkoniyatlardan foydalanish uchun maxsus rastrli grafik dasturlaridan foydalanish kerak bo'ladi: Adobe Photoshop, Corel PhotoPaint, Adobe Flash va hokazo. Adobe Photoshop dasturi hozirgi kunda eng mashhur va butun dunyo mutaxassislari tomonidan tan olingan dastur hisoblanadi. Buning asosiy sabablari - uning boy va keng imkoniyatlari, qulay va oson interfeysi (muloqoti), deyarli barcha grafik formatlar va tizimlar bilan ishlashi. Adobe Photoshop dasturining oxirgi versiyalari Adobe Photoshop 7.0, Adobe Photoshop CS, Adobe Photoshop CS2 bo'lib, ular deyarli barcha zamonaviy texnologiyalarni o'z tarkibiga olgan. Adobe Photoshop dasturining oynasi quyidagi ko'rinishga ega: Dastur oynasi bir nechta qismdan tashkil topgan: Dastur sarlavhasi - dastur va joriy ochilgan hujjat nomlarini aks ettiradi; Bosh menyu - tasvir ustida bajarilishi mumkin bo'lgan barcha farmoish va amallar, effektlar, sozlashlarni o'ziga olgan; Boshqaruv paneli - biror bir uskuna tanlanganida uni sozlash va ko'rsatkichlarini o'zgartirish uchun foydalaniladi; Uskunalar paneli - asosiy amallar bajarilishini ta'minlaydigan anjom-uskuna va uskunalarni o'ziga mujassam etgan; Joriy ochilgan hujjat - bevosita tasvir, fayl nomi va kengaytmasi, rang tizimi va tasvirlash masshtabi (% da); Holat satri - joriy masshtabni % da, hujjat hajmi, joriy bajarilayotgan amal nomini aks etadi; Navigator - tasvir masshtabini ko'rsatish va ixtiyoriy joyini kattalashtirish va tanlash; 2-rasm Ranglarning modellari Ranglar/Namunalar/Stillar (Svet/Obrazsi/Stili) - tasvirda foydalanishi mumkin bo'lgan ranglarni tanlash, yangisini qo'shish, tayyor stillarni qo'llash; Tarix/Amallar (Istoriya/Deystviya) - hujjat yaratilganidan (ochilganidan) boshlab uning ustida barcha bajarilgan amal va ishlovlar ro'yxati (tarixi); Qatlamlar/Kanallar (Sloi/Kanali) - tasvirni tashkil etuvchi barcha qatlamlar va rang kanallari bilan ishlash. Vektorli grafika tushunchasi Vektor grafikasi matematik obyektlar ustida tashqi qurilmalarga (monitor,printer) bog’liqsiz holda amallar bajaradi.Vektor grafikasida birinchi navbatda obyektning formasi o‘zgaradi, rangi esa ikkinchi darajali bo‘ladi. Sababi vektor grafikasida rang bilan shakl bir-biriga bog‘liq emas, shakl birinchi darajali, rang esa ikkinchi darajali bo‘ladi. Vektorli grafikada tasvirlar geometrik shakllardan tashkil topgan bo'ladi. Chiziqlar va shakllar majmuasi natijada biror bir umumiy rasm yoki tasvirni hosil qiladi. Vektorli grafikaning afzalliklaridan biri bu - rasm masshtabini qanchalik kattalashtirmang, uning sifati sira ham o'zgarmaydi. Vektorli grafikada tasvirni hosil qilish bo'yicha matematik formulalar asosida barcha hisob-kitoblarni kompyuter bajaradi. Vektorli grafika dasturlarida yangi tasvirlar yaratiladi, lekin shu bilan birgalikda, ularga rastrli tasvirlarni ham qo'shish imkoni bor. Import qilingan, ya'ni qo'shilgan rastrli tasvirlarni tahrirlash imkoni vektorli grafik dasturlarda k?zda tutilmagan. Vektorli grafik dasturlarni bir nechta kompaniyalar ishlab chiqaradilar va ularning ba'zi imkoniyatlari ayrim dasturlarning vazifalari ko'lamiga kiritilgan. Masalan, MS Office dasturlar majmuasiga kiradigan Word dasturida ayrim vektorli shakllarni chizish va hujjat tarkibiga kiritish mumkin. Vektorli grafikaimkoniyatlaridan mukammal foydalanish uchun maxsus dasturlardan foydalanish maqsadga muvofiq, masalan: Corel Draw, Macromedia FreeHand, Adobe Illustrator va boshqalar. Yuqorida ko'rsatilgan dasturlardan eng mashhuri va keng qo'llaniladigani, bu albatta, Corel Draw dasturidir. Hozirgi kunda uning 11- va 12-versiyalari mavjud. Corel Draw dasturi o'zida mavjud bo'lgan uskunalar va shakllar yordamida biror bir tasvirni yaratish, unga turli effektlarni qo'llash, rastrli tasvirlarni import qilish, tayyor tasvirni chop etish yoki eksport qilish imkoniyatlarini beradi. Corel Draw dasturi yuklanganidan keyin quyidagi oyna hosil bo'ladi: Mazkur oyna quyidagilardan tashkil topgan: Dastur sarlavhasi - dastur nomi va joriy ochilgan hujjat nomini aks ettiradi; Bosh menyu - barcha farmoish va sozlash, effektlarni o'ziga olgan; Standart panel - asosiy tahrirlash amallarini bajaradigan uskunalarni o'ziga olgan; Xususiyatlar paneli - tanlangan uskuna yoki belgilangan ob'ektga muvofiq tarkibi o'zgaradigan xususiyat (parmetr) lar paneli; Uskunalar paneli - barcha uskunalarni o'ziga olgan; Holat satri - joriy amallar haqida ma'lumot aks etadi; Ranglar atlasi - ob'ektlarni bo'yashda qo'llaniladigan ranglar majmuasi. Corel Draw dasturida yaratiladigan hujjatlarning kengaytmasi *.cdr bo'ladi, uni faqat Corel Draw dasturida ochish mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, faylni saqlashda qaysi versiyaga moslashtirib saqlash kerakligini ko'rsatish kerak, aks holda boshqa versiyadagi dasturda fayl ochilmasligi yoki ayrim effektlar yo'qolishi ehtimoli mavjud. Agarda hujjatda antiqa va maxsus shriftlardan foydalanilgan bo'lsa, matn va yozuvlarni curves, ya'ni geometrik shakllar ko'rinishiga aylantirish kerak bo'ladi. Boshqa vektorli grafika dasturlarining imkoniyatlari Corel Draw dasturiga o'xshash bo'ladi, faqat ularni ta'minlash, ijro etish texnologiyasi va mexanizmlari farqlanishi mumkin. Fraktal grafika vositasida shakllangan tasvirlar ham xuddi vektorli grafika kabi matematik hisoblarga asoslangan. Ammo kompyuter xotirasida hech qanday obyektni saqlamasligi bilan undan farq qiladi. Tasvir tenglama (yoki tenglamalar tizimi) bo'yicha quriladi. Shuning uchun formulalardan boshqa hech narsani saq- lash kerak emas. «Fraktal» atamasi lotincha Fractus so'zidan olingan va u «qismlardan tuzilgan» ma'nosini anglatadi. Fransuz matematigi Benua Mandelbrot 1975 - yilda «The fractal geometry of Nature» kitobini nashr qildi va fraktal so'zi eng ko'p tarqalgan atamalardan biriga aylandi. Eng sodda fraktal obyekt sifatida qor uchqunlarini yoki paporotnik bargini kelirish mumkin. Shuning uchun ham fraktal obyekt chizish yoki bezash asosida emas, balki programmalashtirish asosida hosil bo'ladi. Kompyuterda tashkil qilingan turli o'yinlarda ham fraktal grafikadan fovdalaniladi. Fraktal graflka kompyuter xotirasida saqlanib turmaydi. Har bir tasvir tenglama yoki tenglamalar sistemasi asosida quriladi. Fraktal grafikadagi tenglamaning biror koeffitsiyentini o'zgartirish orqali butunlay boshqa tasvirni hosil qilish mumkin. Sanab o'tilgan kompyuter grafikasi turlarini tashkil qilish va ularni boshqarish uchun bir qator dasturiy vositalar ishlab chiqilgan. Windows operasion sistemasi tarkibida sodda nuqtali (rastrli) grafika tahrirlash dasturi mavjud, bu dastur nomi Paint. Paint dasturi murakkab bo'lmagan tasvirlarni yaratish va ayrim hollarda tayyor rasmlarga ishlov berish imkonini beradi. Mazkur dasturni ishga tushirish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak: Pusk (Boshla) menyusidan Programmi (Dasturlar) bandini, keyin Standartnie (Standart) dasturlar guruhidan "Paint" ni tanlash kerak. Pusk (Boshla) menyusidan Vipolnit (Bajar) bandini tanlab, hosil bo'lgan buyruq satriga "pbrush" buyrug'ini kiritib, OK tugmasini yoki Enter tugmasini bosish kerak. Natijada ekranda dastur oynasi hosil bo'ladi. Paint dasturi oynasi quyidagilardan tashkil topgan: Dastur sarlavhasi va hujjat nomi; Bosh Menyu - barcha asosiy farmoish va amallarni o'ziga olgan; Chap tomonda uskunalar paneli - tahrirlash amalini bajaradigan uskunalarni o'ziga olgan; Past qismda ranglar atlasi - yaratilayotgan yoki tahrir qilinayotgan tasvirni bo'yash ranglarini tanlash imkoniyatini beradi; Holat satri. Paint dasturining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Yangi tasvir yaratib, uni saqlash. Hujjatni boshqa nom va kengaytma bilan saqlash; Tasvirni raqamli foto kamera yoki skanerdan kiritish; Tasvirni tahrirlash; Tasvirni chop etish; Tasvirni o'chirish; Tasvirni Windows operasion sistemasi ish stoliga joylashtirish. Paint dasturida tasvir ustida barcha amallar uskunalar paneli yordamida amalga oshiriladi. Uskunalar paneli quyidagi anjom-uskuna va uskunalardan tashkil topgan: Tasvirda ixtiyoriy shakldagi zarur sohani belgilash (bundan keyin uni xotiraga ko'chirish, kesib olish, nusxasini joylashtirish, boshqa hujjatga o'rnatish kabi vazifalarni bajarish mumkin) Tasvirda to'g’ri to'rtburchak shaklda zarur sohani belgilash (bundan keyin uni xotiraga ko'chirish, kesib olish, nusxasini joylashtirish, boshqa hujjatga o'rnatish kabi vazifalarni bajarish mumkin) O'chirg’ich (lastik) uskunasi tasvirdagi kerak bo'lmagan sohalarni o'chirish imkonini beradi. Bo'yoq quyish (zalivka) uskunasi biror bir shakl yoki sohalarni rang bilan to'ldirish (bo'yash) imkonini beradi. Agarda shakl yoki sohada ulanmagan joylar mavjud bo'lsa rang qo'shni sohalarga ham o'tib ketadi (oqib ketadi). Rangni tanlash (pipetka) uskunasi rang tanlash uchun ishlatiladi Masshtabni ko'rsatish uskunasi tasvir ko'rinishini yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirishga xizmat qiladi Qalam uskunasi - ixtiyoriy chiziqlarni chizish uchun; Kist (Mo'y qalam) uskunasi Aerozol (bo'yoq sepish) uskunasi; Tasvirda matn yozish uskunasi; To'g'ri chiziq chizish uskunasi; Egri chiziq chizish uskunasi; To’rtburchak chizish uskunasi; Ko'pburchak chizish uskunasi; Aylana, ellips chizish uskunasi; Burchaklari yoy shaklidagi to'rtburchak shaklni chizish. Paint dasturida tasvirni saqlash uchun klaviaturadagi Ctrl+S tugmalarini bosish yoki Fayl menyusidan Soxranit (Saqlash) farmoishini tanlab, hosil bo'lgan muloqot oynada Imya fayla (Fayl nomi) satriga fayl nomini kiritib, Soxranit (Saqlash) tugmasini bosish kerak. Paint dasturining fayllar ishchi kengaytmasi *.bmp hisoblanadi, lekin tasvir faylini *.jpg, *.png, *.tif, *.gif kabi kengaytmalar bilan ham saqlash mumkin. Buning uchun Fayl menyusidan Soxranit kak... (kabi saqlash) buyrug'ini tanlab, hosil bo'lgan muloqot oynasida Tip fayla (Fayl turi) satrida fayl kengaytmasini tanlab, Soxranit (Saqlash) tugmasini bosish kerak. Kompyuter grafikasining ta’lim jarayonida qo'llanilishi Xozirgi ko’nga kelib kompyuter grafikasi va animasiyasi vositalari kirib bormagan sohani topish qiyin. Kompyuter grafikasi va animasiyasi vositalarini qo’llanish soxasiga ko’ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin: poligrafiya ishlari uchun mo’’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari; ikki o’lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi; taqdimot ishlari uchun mo’’ljallangan dasturlar; ikki o’lchamli animasiya dasturlari; uch o’lchamli animasiya dasturlari; ikki o’lchamli animasiya dasturlari; ikki o’lchamli va uch o’lchamli animasiya dasturlari; videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar; ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar. Kompyuter grafikasi va animasiyasi dasturlari rassom va dizaynerlar, poligrafchi va kinematografchilar, kompyuter o’yinlari va o’qitish dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker va olimlar, shuningdek o’z faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha mutaxassislarda ham katta qiziqish uyg’otadi. Poligrafiya ishlari va rasm chizish uchun mo’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari matnni turli ko’rinishdagi illyustrasiyalar bilan to’ldirish, saxifalar dizaynini yaratish, hamda yuqori sifatli poligrafiya maxsulotlarini chop ettirish imkoniga egadirlar. Bunday dasturlarga misol qilib, tasvirlarni qayta ishlash imkonini beruvchi Adobe Photoshop rastrli paketini keltirish mumkin. Bu va sho’nga o’xshash paketlar rastrli tasvirlarni taxrirlash va montaj qilish uchun zarur bo’lgan vositalardan: skanerlangan tasvirlar rangini korreksiyalash, fotosuratlarni «tekislash», maxsus effektlar va maskalardan foydalanish imkonini beradi. Paketning so’nggi versiyalari tasvirlarning ko’p qatlamli to’zilmasini qo’llash vektorli konturlarni yaratish va taxrirlash imkoniyatlariga ham ega. Paket tarkibiga turli maskalar, ko’p sonli filtrlardan tashqri rang bilan ishlash va maxsus effektlarni yaratishga mo’’ljallangan vositalar majmui kiritilgan. Rastrli paketlardan tashqri poligrafiya ishlari uchun mo’ljallangan vektorli kompyuter grafikasi dasturlari ham mavjud. Bulardan Windows tizimi uchun mo’ljallangan Adobe Illustrator va Corel Draw dasturlari haqida aytib o’tish lozim. Illstrator illyustrasiyalar yaratish, sahifalarning umumiy dizaynini ishlab chiqish hamda tayyor tasvirni yuqori sifatda chop etishga mo’ljallangan. Paket ihtiyoriy shakldagi simvollar va figuralarni yaratib, so’ng ularni masshtablash, aylantirish(o’z uqi atrofida) va deformasiyalash imkoniyatlaridan tashqari matn va ko’p varaqli xujjatlarni qayta ishlash vositalariga ega. Corel Draw vektorli paketi rasm chizishdan tashqari turli grafiklarni tayyorlash va rastrli tasvirlarni taxrirlash ishlarini bajara oladi. Bu dastur fayllarni boshqarish, kompyuter displeyida slayd-filmlar namoyish etish, «qo’lda» chizish va tasvir qatlamlari bilan ishlash, uch o’lchamli maxsus effektlarni qo’llash, matnni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan. Bulardan tashqari Windows muxitida ishlovchi Adobe PhotoStyler, SGI va Macintosh kompyuterlari uchun mo’ljallangan Barco Creator, Live Picture, Scitex Blaze, Linotype Da Vinci, Eclipse, Pixelfx dasturlari ham keng tarqalgan. Barco Creator dasturi o’zining ishlash tezligi, hamda keng funksional imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Taqdimot ishlari dasturlari. Makintosh va Windows muxitlarida ishlatiluvchi taqdimot dasturlar paketidan anchadan buyon mavjud dasturlar guruxini ajratib ko’rsatish mumkin. Bu guruxga Lotus firmasining Freelance Graphics, Software Publishing firmasining Harvard Graphics, Microsoft korporasiyasining Power Point dasturlari kiradi. Bu dasturlarni ishlab chiquvchilari xar bir yangi versiyasi(rusumi)da ishlatiladigan vositalarni ko’paytirib imkoniyatlarini kengaytiradilar. Makintosh va Windows muxitlaridagi yangi turdagi taqdimot dasturlari paketi multimedia vositalarini yanada to’liq ishlatishga mo’’ljallangan. Bu dasturlar video a tovushli fayllarni qulay o’zatish (improt qilish), diagrammalarda annimasiya vositalaridan keng foydalanish imkonini beradi . Yangi turdagi taqdimot dasturlar katoriga Makromedia firmasining Action hamda Gold Disk firmasining Astound dasturlar paketi (tuplami) kiradi. Power Point dasturi MS OFFICE dasturlar to’plami tarkibiga kiradi. Undan foydalanish oson, qulay. Dasturda o’rgatuvchi o’quv dasturi, tayyor taqdimot namunalari, matn bilan ishlash vositalari, boshlovchilar uchun foydali yordam tizimi mavjud . Power Point dasturida ichki multimedia vositalari bo’lmasada, bu vositalarni OLE-2(Object Linking and Embedding) texnologiyasi yordamida kengaytirish va to’ldirish mumkin. Astound dasturi( paketi) yangi taqdimot dasturlari ichida eng yaxshilaridandir. U ishlatilishi soddaligi bilan ajralib turadi. Tovushli kliplar, harakatli tasvirlar va multimedianing boshqa elementlaridan bir vaqtning o’zida baravar (sinxron) ishlatishga imkon beradi. Taqdimot dasturlari ichidan OS/2 va Macintosh muxitida ishlovchi komponovka (ihchamlashtirish, birlashtirish) va dizayn vositalariga ega Adobe Persuasion dasturini, Windows muxitida ishlovchi kuchli rasm chizish vositalari qulay boshqaruvga ega Novell Presentations dasturini, hamda slayd-ko’rgazmalar uchun Lifeboat Publishers firmasining Demo-it dasturini, taqdimotlar imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo’ljallangan Macromedia firmasining Director dasturlarini aloxida e’tiborga olish kerak bo’ladi. Vizuallashtirish dasturlari Ilmiy vizuallashtirish dasturlari nafaqat maxalliy rejalashtirish masalalarini hal qilishga, balki quyosh portlashlarini vizualashtirish masalalarini hal qilishgacha mo’ljallangan. ShK da ishlatiladigan ilmiy va muxandislik grafikasi dasturlari ichidan Golden Software firmasining Surfer va Grapher, MapViewer dasturlarini aloxida ko’rsatish mumkin. Bu dasturlar tekislik va grafiklar hamda rangli kartalar(xaritalar) yaratish uchun mo’ljallangan. Ular DOS va Windows muxitlarida ishlaydi. Rangli grafik va xaritalarni bu dasturlar yordamida ixtiyoriy monitor yoki tashqi qurilmalarga chiqarish mumkin. Surfer paketi z=f(x,y) ko’rinishdagi funksiyalar bilan aniqlanadigan ikki o’lchovli berilganlarga ishlov berish va vizuallashtirishga mo’ljallangan. U tekislikning raqamli modelini ko’radi, yordamchi amallarini bajaradi hamda natijalarni vizuallashtiradi. Grapher dasturi y=f(x) ko’rinishdagi funksiyalarga ishlov berish va grafiklarini yasashga mo’ljallanagan. Unda bir rasmdagi grafiklar soni va grafiklardagi egri chiziqlar soni cheklanmagan. Xar bir egri chiziq 32000 tagacha nuqtadan iborat bo’lishi va bir grafikda xar hil o’lchovli, masshtabli bir nechta koordinata o’qlari bo’lishi mumkin. MapViewer paketi kartalarni kiritish taxrirlash-masshtablarni o’zgartirish, koordinatalarni o’zgartirish hamda kartalar bilan bog’lik raqamli axborotga( masalan- demografik ma’lumotlarga) ishlov berish va grafik ko’rinishda chiqarish imkonini beradi. Yuqorida keltirilgan vizuallashtirish dasturlaridan tashqari umumiy holda ishlatiladigan quyidagi vizuallashtirish dasturlari ham bor: IRIS Explorer, VIS-5D, PV- Wave, Khronos, Data Visualizer, Data Explorer. SGIdagi Earth Watch dasturi yordamida Er ob-xavo sharoitining uch o’lchovli tasvirini modellashtirish va ko’rsatish, kosmik suratlar asosida topologik tekisliklarini ko’rish hamda ob-havo ma’lumotlarini bir xafta oldin berish mumkin. Video mahsulotlar bilan ishlash Raqamli videotasvirlarga ishlov berish dasturlari hamda ikki o’lchovli va uch o’lchovli grafikadan foydalangan holda ko’pqatlamli kompozisiyalarni yaratish, murakkab(s’yomka) suratga olish jarayoni o’rnini egallashi, kompyuter grafikasi yordamida suratga olingan materiallarga ishlov berish, suratga olingan materiallarni kompyuter animasiyasi bilan qo’shish, natijalarni kino va videotasmalarga chiqarish mumkin. Windows va Macintosh muxitlarida ishlovchi videotasvirlarni taxrirlash dasturi Adobe Premier raqamlashtirilgan videoni, statik tasvirlarni va tovushli fayllarni montaj qilish imkonini beradi. Paketning eng oxirgi versiyasi (rusumi) turli usullar bilan bir nechta mustaqil videoroliklarga ishlov berish, ko’pgina filtrlardan foydalanish, maxsus effekt va shriftlarni xosil qilish imkoniga ega. Bu dasturning raqobatchilari sifatida ATI firmasining MediaMerge dasturini, eng kuchli dasturlardan yuqoridagi Adobe firmasining CoSA After Effects dasturini ko’rsatish mumkin. SGI muxitida ishlovchi Composer dastur Alias/Waferfront firmasining maxsulotidir. Bu dastur maxsus effektlarni yaratish, videoyozuv vositalari, kompleks saxnalarni xosil qilish uskunalaridan foydalanish imkoniga ega .Shular yordamida yuqori sifatli video maxsulotlarni yaratish, yozish, taxrirlash, mumkin. Bulardan tashqari alohida kadrlarni va animsiyali kliplarni kompanovka qilish, aralashtirish (mikshirovat), ularga maxsus effektlarni matnlarni qo’shish mumkin. Paket (dastur) nafaqat videoyozuvning oxirgi natijasini, balki oraliq kadrlarni (natijalarni) quyi imkoniyati kichik ekranlarda ko’zatish, ko’rish mumkin. Composer dasturi barcha kino va videoformatlarni hamda video bilan ishlovchi qurilmalarni qo’llash imkonini beradi. Bu dasturlardan tashqari SGI muxitida videoga ishlov beruvchi Chiron firmasining Liberty, Integrated Research firmasining Harmony, Parallax firmasining Matador, Avid firmasining Media Suite Pro, Discreet Logic kompaniyasining Flint paketi, Flame, Interno, XAOS firmasining Pandemonium dasturlari mavjud. 2 va 3 o’lchovli modellashtirish 2-o’lchovli va 3 o’lchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik ishlanmalari uchun qo’l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch o’lchovli animasiya, poligrafik, taqdimot paketlari bilan to’ldirish mumkin.Modellashtirish dasturlari ichida WINDOWS muxitida ishlatiluvchi eng kuchli avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi sifatida Autodesk firmasining AutoCad dasturini olish mumkin. Odatda, AutoCad ni avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi(SAPR)ning grafik yadrosi sifatida qabul qiladilar. Dastur yordamida turli chiziq, yoy, matnlar xosil qilish, taxrirlash, 2D va 3D modellarni yaratish, loyixalash jarayonida vujudga keladigan ko’pgipa muammolarning yechimini avtomatlashtirish, xususiy ssenariy va makrokomandalar yaratib, aniq(konkret) masala va ilovalarga tizimni sozlash, adaptasiya qilish mumkin.AutoCad paketi Auto LISP ichki dasturlash tiliga ega bo’lib, uning yordamida foydalanuvchi yangi buyruqlarni xosil qilishi va xatto yuqori darajadagi dasturlash tillaridan foydalanishi mumkin.IBM va Macintosh muxitlarida uch o’lchovli modellashtirish uchun ko’pincha Alias/ Wavefront firmasining splaynli modellashtirish dasturi Sketch! Ishlatiladi. Bu dastur yuqori sifatli vizuallashtirish imkonini beradi. Ray Dream Designer dasturi esa maxsus modellashtirish vositalari to’plamiga ega bo’lib, tasvirning fotorealistik_sifatiga erishish imkonini beradi.Macromedia firmasining MacroModel paketi va Auto.des.sys firmasining Form.Z dasturi uch o’lchovli ob’ektlarni modellashtirish va deformasiyalash vositalariga ega. IBM ga mos kompyuterlarda yana Crystal Graphics firmasining Crystal 3D Designer dasturidan foydalanish mumkin. Bu dastur vizuallashtirish, soyali effektlar hosil qilish, yuzalarga materiallarni joylashtirish (nalojenie materialov na poverxnosti) vositalariga ega. Silicon Graphics ning ishchi stansiyalarida ishlatiluvchi eng kuchli modellashtirish va dizayn dasturlari qatoriga Alias/ Wavefront firmasining Designer, Studio va AutoStudio dasturlarini kiritish mumkin. Bu dasturlar yordamida bir vaqtning o’zida 2D va 3D modellar bilan ishlash hamda mavjud avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari bilan mujassamlashish masalasining yechimini topish mumkin.Designer dasturi splaynlar asosida yuqori darajada modellashtirishni qo’llash bilan birga geometrik ob’ektlar xususiyatlarini baxolashning yetarli vositalariga, animasiyaning qulay uskunalariga hamda renderingning sifatli moduliga ega.Designer imkoniyatlarini to’ldirib, kengaytirib Studio ga aylantirish mumkin. Studio dasturi modellashtirish imkonining yuqoriligi, yo’zalar va egri chiziqlar bilan ishlash tizimining mukammalligi, geometrik ob’ekt, rendering va rasm chizishni baxolashning qo’shimcha imkoniyatlari bilan Designer dan farq qiladi. AutoStudio esa Studio dasturiga avtomobil dizaynerlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, modellar va animasiyani taxrirlovchi maxsus vositalar qo’shilishi natijasida vujudga kelgan. Shuningdek, bu dasturlar Silicon Graphics ning ko’pprosessorli modellarida ishlatilishi uchun qo’shimcha vositalar va imkoniyatlar bilan to’ldirilishi, kengaytirilishi mumkin. SGI muxitida ishlovchi avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari ichida yana Engineering Animation firmasining Vislab dasturini aytib o’tish mumkin. Bu dastur dizayn va muxandislik masalalarining vizual yechimini yaratish (xosil qilish) imkonini beradi. Uch o‘lchovli grafika - kompyuter grafikasining uch o'lchovli obyektlarni modellashtirish orqali tasvirlar yoki videolarni yaratish usullariga bag'ishlangan bo'limi. 3D modellashtirish - bu ob'ektning uch o'lchovli modelini yaratish jarayoni. 3D modellashtirishning vazifasi kerakli ob'ektning vizual uch o'lchovli tasvirini ishlab chiqishdir. Bunday holda, model haqiqiy dunyo ob'ektlariga (avtomobillar, binolar, bo'ron, asteroid) mos kelishi yoki butunlay mavhum bo'lishi mumkin (to'rt o'lchovli fraktalning proyeksiyasi). Uch oʻlchamli obʼyektlarning grafik tasviri ixtisoslashtirilgan dasturlar yordamida uch oʻlchamli sahna modelining tekislikka (masalan, kompyuter ekraniga) geometrik proyeksiyasini qurishni oʻz ichiga olganligi bilan farqlanadi. Biroq, 3D displeylar va 3D printerlarning yaratilishi va qabul qilinishi bilan 3D grafikalar tekislikka proyeksiya qilishni o'z ichiga olmaydi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling