Mahsus pedagogikaning klinik asoslari


Download 1.47 Mb.
bet43/122
Sana07.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1174995
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   122
Bog'liq
Document

Tashqiquloq —quloq suprasi va tashqi eshituv yoyidan iborat. Quloq suprasi birinchi Jabra yorig’ini o‘rab turgan mezenxima to'qimasi bilan qoplangan. Embrion rivojlanishining ikkinchi oyi davomida quloq suprasi sohasida oltita do‘mboqcha hosil bodadi. Dodnboqchalar o‘rtasidagi chuqurcha ichkariga qarab o‘rta quloqqa o‘sib kiradi va tashqi quloq yodini hosil qiladi. Quloq do'mboqchalarining rivojlanishi va ularning birlashib ketishi natijasida quloq suprasi yuzaga keladi. Quloq suprasi kalla suyagining pastki jag‘ bo‘g‘imi va so'rgdchsimon o‘siqchaning o‘rtasida joylashgan.
Quloq suprasi usti teri bilan qoplangan clastik tog‘aydan tuzilgan. Uning orqa sathi bir tckisda silliq, botiq sathi oldinga qaragan, yarim oy shaklidagi teri burmalari va ular orasida hosil bodgan chuqurchalardan iborat. U yosh bolalarda juda yumshoq va qayishqoq bodadi.
Tashqi eshituv yo‘li. Quloqning tashqi teshigi bilan nog'ora parda oraligdda joylashgan «S»simon yod bodib, uning uzunligi yosh bolalarda 20—25 mm. Kanal oxirida quloq pardasi, ya’ni nog‘ora parda joylashgan, u tashqi quloqni o‘rta quloqdan ajratib turadi. Chaqaloq va yosh bolalarda tashqi quloq yodining suyak qismi rivojlanmagan.
Eshituv yo‘lining tog ‘ay qismini sertuk teri qoplagan bodib, u quloq chirkini ishlab chiqaradi. Eshituv yodi tog'ay qismining old va pastki devorida bir nechta yoriqchalar bor: ular santorin yoriqchalari deb yuritiladi.
Bu yoriqchalar orqali yalligdanish jarayoni tashqi eshituv yodidan quloq oldi beziga va aksincha, quloq oldi bezidan tashqi eshi­tuv yodiga o‘tishi mumkin.
Tashqi quloq tashqi uyqu arteriyasi tarmoqlari orqali qon bi­lan ta’minlanadi.
Sezuvchi nervlarga uch shoxli nerv tarmoqlari (tolalari) bilan bir qatorda, adashgan ncrvning quloqqa keladigan tarmogd ham qatnashadi.
Nog'ora parda — tashqi eshituv yodini o‘rta quloq bo‘shligddan ajratib turadi. Tashqi eshituv yodining suyak qismi aylana shaklidagi tarnovcha bilan tugaydi, nog'ora pardaning cheti shu tarnovchaga joylashadi.
Parda yupqa, bolalarda doira, kattalarda oval (yassi) shaklda bo‘ladi. Chaqaloq quloq pardasining yuza epidermis qavati qalin bo‘lib, yosh ulg‘aygan sari asta-sekin nog‘ora pardasi zichlashadi (taranglashadi) va juda yupqalashib qoladi.
o’rta quloq. o’rta quloq bir-biri bilan bevosita tutashgan nog‘ora bo‘shlig'i, so'rg'ichsimon o‘siq va halqum bilan nog‘ora bo‘shlig‘ini qo'shib turuvchi eshituv nayidan tashkil topgan.
Nog‘ora bo‘shlig'i va eshituv nayi birinchi jabra chuqurchasi hisobiga rivojlangan. o’rta quloq bo‘shlig‘i chakka suyagi toshsimon o‘sig‘ining ichida joylashgan bo‘lib, embrion rivojlanayotgan davrda u suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi. Bola tug‘ilib, bir necha soat nafas olgandan so‘ng, u suyuqlik havo bilan alinashinadi.
Nog‘ora bo‘shlig‘i. Nog‘ora bo‘shlig‘i quloq pardasi bilan labirint o'rtasida joylashgan, hajrni 1 sm3 ga teng.
Nog‘ora bo'shlig'ining olti devori tafovut qilinadi:



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling