Махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana18.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1028892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
bxarajatlar hisobining maqsadi vazifalari va tamoyillari

Asosiy faoliyatga doir xarajatlar deganda, korxona ustavida belgilangan 
asosiy faoliyat bilan bog’liq xarajatlar tushuniladi. “Xarajatlar tarkibi to’g’risida” 


gi Nizom va 21-son BHMSga muvofiq korxonalarning asosiy faoliyati bilan 
bog’liq xarajatlar quyidagi to’rtta quyi guruhga bo’linadi
6


Sotish tannarxiga kiritilgan xarajatlar – bularga sotilgan mahsulotlar, tovarlar, 
ishlar va xizmatlarning tannarxiga kiritilgan xarajatlar kiradi, mahsulot ishlab 
chiqarilishi bilan bog’liq xarajatlar sotilgan mahsulotlarning tannarxini tashkil 
qiladi va hisobotlarda sotishdan olingan daromadlar bilan taqqoslanadi. 
Hisobot davrida daromadlarning kam olinishi tegishli daromadni olishni 
ko’zlab maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirilgan xarajatlani bo’lg’usi 
davrlar (3100-schotlar), tugallanmagan ishlab chiqarish (2000-schotlar) yoki 
tovar-moddiy zahiralar (2800, 2900 va boshqa schotlar) xarajatlari sifatida 
aktivlarga kiritilishi imkonini beradi. O’z navbatida ishlab chiqarish tannarxiga 
kiritiladigan xarajatlar ham iqtisodiy mazmuniga ko’ra besh guruhga bo’linadi: 
1) ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlar; 
2) ishlab chiqarish xususiyatiga bog’liq mehnat xarajatlari; 
3) ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar; 
4) Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy 
aktivlar amortiztsiyasi; 
5) ishlab chiqarish tusiagi boshqa xarajatlar
(Nizomning B bo’limi 1-qismi). 

Davr xarajatlari – bularga mahsulotlarni (tovarlar, ish va xizmatlarni) sotishga, 
korxonani ma’muriy-boshqaruviga va boshqa operatsiaon faoliyatiga doir 
xarajatlar kiradi, ushbu xarajatlar ma’lum hisobot davrida yuz beradi 
(Nizomning B bo’limi 2-qismi). 

Kelgusi davr xarajatlar – bu korxonaning kelgusi asosiy faoliyatiga doir, lekin 
hisobot davrida amalga oshirilgan xarajatlaridir. Bunday xarajatlarga oldindan 
to’langan ijara haqlari, oldindan to’langan xizmat haqlari va boshqa oldindan 
to’langan bo’naklar kiradi. 

Muddati uzaytirilgan xarajatlar – bularga korxonaning kelgusi asosiy 
faoliyatiga doir, lekin muddati bir yil va undan ko’p muddatga uzaytirilgan 
xarajatlari kiradi. 
Asosiy bo’lamagan faoliyatga doir xarajatlar deganda, bevosita asosiy faoliyatga 
taalluqli bo’lmagan ya’ni, korxona ustavida asosiy faoliyat sifatida belgilab 
qo’yilmagan faoliyat turlari bilan bog’liq xarajatlar tushuniladi. Bunday xarajatlar 
“Xarajatlar tarkibi to’g’risida” gi Nizomga muvofiq moliyaviy faoliyatga doir 
xarajatlar va favquloddagi zararlarga bo’linadi. 

Moliyayaviy faoliyatga doir xarajatlar – bu qimmatli qog’ozlarni chiqarish va 
joylashtirish, valuta operatsiyalari, kredit va qarzlarni olish, uzoq muddatli 
6
K.B.Urozov. Buxgalteriya hisobi va audit. T.: “O’qituvchi”, 2004. 246-bet


ijaraga doir va boshqa moliyaviy faoliyatga taalluqli xarajatlardir. Bularga 
foizlar, salbiy kurs farqlari ko’rinishidagi xarajatlar va boshqalar kiradi 
(Nizomning B bo’limi 3-qismi). 

Favqulodda zararlar – yuz berishi doimiy xarakterga ega bo’lmagan,
kutilmagan tasodif va hodisalardan ko’rilgan zararlar tushuniladi. Bularning 
davlat qonunlarining o’zgarishi, tabiiy ofatlar, revolutsion o’zgarishlar 
natijasida vujudga kelgan zararlar kiradi (Nizomning B bo’limi 4-qismi). 
Xarajatlarni korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatidagi o’rnini chizma 
ko’rinishida tasvirlasak quyidagicha bo’ladi (
3-chizma
).
Xarajatlarni tannarx obyektlariga olib borilishiga bevosita va bilbosita 
xarajatlarga bo’lamiz. 

Bevosita xarajatlar – bu birlamchi hujjatlarga asosan ma’lum bir mahsulot 
turining yoki ishning tannarxiga kiritilishi mumkin bo’lgan va ularni yaratish 
yoki bajarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar hisoblanadi, mazkur xarajatlar 
aniq bir tannarx obyektiga to’g’ridan-to’gri qo’shiladi. 

Bilvosita xarajatlar – bu bir necha xil mahsulotni tayyorlash bilan bog’liq 
xarajatlar hisoblanadi, shuning uchun ular mazkur mahsulot turlari o’rtasida 
taqsimotning aniq bazalariga mutonosib ravishda taqsimlanadi. 
Ishlab chiqariladigan mahsulotning bog’liqlik darajasiga qarab xarajatlar 
ikki guruhga: o’zgaruvchan va shartli-doimiy xarajatlarga bo’linadi. 

O’zgaruvchan xarajatlar – bu mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mutonosib 
ravishda o’zgaradigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga xom-ashyo va asosiy 
material xarajatlari, ishlab chiqarishda band xodimlarga ishbay hisoblangan 
mehnat haqi, ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar va hokazolar kiradi; 

Shartli doimiy xarajatlar – bu hajmi har doim bir xilda bo’lib qoladigan yoki 
chiqarilayotgan mahsulotning miqdori o’sishi yoki kamayishi bilan katta 
ahamiyat kasb etmaydigandarajada o’zgaradigan xarajatlardir. Bunday 
xarajatlarga amortizatsiya, ijara to’lovlari va ishlab chiqarishni boshqarish 
bo’yicha boshqa xarajatlar kiradi. Bu tur xarajatlarning bunday nomlanishiga 
sabab, mahsulot ishlab chiqarishning ma’lum darajasigacha ishlab chiqarish 
sexlari boshqaruv xodimlari mehnat haqi va boshqa xarajatlar o’zgarmas bo’lib 
qoladi, ammo ishlab chiqarishning ko’proq oshishi yangi dastgohlar sotib 
olishni , yangi sexlarni ishga tushirishni talab etadi, bu esa ularni boshqarish 
xarajatlarini oshiradi. 


3-chizma: Xarajatlarni korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatidagi o’rni
Ta’minot jarayoni 
Ishlab chiqarish jarayoni
jarayoni 
Sotish jarayoni

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling