Majburiy ona tili


Download 108.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.12.2022
Hajmi108.07 Kb.
#1073977
  1   2
Bog'liq
@ONATILI14. MAJBURIY ONA TILI



MAJBURIY ONA TILI 
TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14 
OTA-ONANGNING SENDAN UMIDI KATTA EKANLIGINI UNUTMA!!! 
KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI HAM TAKLIF QILING!!
 
MAJBURIY ONA TILI 
1. Quyida berilganlardan imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlarni aniqlang.
1) tele ko‘rsatuv; 2) taqiqlamoq; 3) hokandoz; 4) uydurma; 5) mas’ul; 6) hatti-harakat
A) 1, 3, 4, 6
B) 1, 2, 4, 5
C) 2, 4, 5, 6
D) 1, 3, 5, 6 
2. Yoyiq undalma qatnashgan sodda gapni aniqlang.
A) Endi, bo‘tam, gapimning buyog‘iga ham diqqat bilan quloq sol.
B) Yaqin yillarda bu tevarak-atrofda o‘zlashtirilmagan yer qolmaydi, Muhtaramxon!
C) Buning iloji yo‘q, jon uka, kun botmasdan tezroq shaharga yetib olishimiz kerak.
D) Kecha pishirgan oshimni maqtab-maqtab yeding-ku, injiq ukajonim! 
3. Qaysi javobda ot turkumiga oid so‘z bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan?
A) xam
B) yod
C) ahil
D) bob 
4. Qaysi gapda vazifadosh biriktiruv bog‘lovchisi ishtirok etgan?
A) Uning so‘zlari jonli chiqdi-yu, ko‘plab savollarga javob berolmadi.
B) Oyim gapiryaptilar-u, mening ko‘zlarim Kimsan akamda.
C) Eh do‘stim, umrlar o‘tar-u, kitoblar yashar.
D) To‘satdan eshik taraqlab ochildi-yu, ostonada Ertoyev paydo bo‘ldi. 
5. Qaysi gapda ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘la oladigan kelishik qo‘shimchasi bilan 
almashtirish mumkin?
A) Bola uyalgani uchun bu yerdan tezroq ketishga harakat qilgan.
B) U ham sen kabi yoshligidan fantastik asarlar o‘qishni yaxshi ko‘rardi.
C) Yuksak qoyalardan shiddat bilan qo‘zg‘algan burgut suruvdagi qo‘zichoqni ildi-yu 
ketdi.
D) Men ham sizlar bilan shahar aylanishga boraman. 
6. O‘g‘lim, sen uzumini yegin-u, bog‘ini surishtirma. Ushbu gapda tarkibidagi barcha 
undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan so‘z qanday sintaktik vazifa 
bajargan?
A) undalma
B) kesim
C) ega
D) to‘ldiruvchi 
7. Qaysi gapda holatga taqlidni bildirgan so‘z qatnashgan?
A) Allakim ship-ship qadam bosib, ayvon labiga kelayotgandek bo‘lardi.
B) Olisda yilt-yilt nur sochayotgan chiroqlar tunga o‘zgacha shukuh berardi.
C) Jimirlab oqayotgan suvga tikilib xayollarga berildi.
D) Tongda ari gulga so‘zlar g‘uv-g‘uv-g‘uv, Guljonim, asaling ber, sog‘indim-ku! 
8. Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini ifodalagan ular olmoshi qatnashgan 
javobni aniqlang.
A) Ularning har ikkisi bugungi musobaqada ilk marotaba qatnashmoqda.
B) Sakkizinchi sinf o‘quvchilari faol. Ular har bir tadbirda o‘z chiqishlari bilan ishtirok 
etishadi.
C) Sobir tog‘amni yaxshi ko‘raman. Ammo ular biznikiga bir yilda bir keladilar.



Download 108.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling