Majburiyat subyektlari


Regress (qaytarma) majburiyat


Download 70.5 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1146050
1   2   3
Regress (qaytarma) majburiyat

“Regress” fuqarolik huquqida “qaytarish” tushunchasini, masalan, birov uchun to`langan pulning qaytarish to`g`risidagi talabni bildiradi. Qaytarma majburiyat sheriklik va qo`shimcha majburiyatlarni bajarishdan kelib chiqadi. Sherik qarzdorlardan biri kreditorga nisbatan majburiyatni to`la hajmda bajarib, keyinchalik ular uchun to`langan summani, qilingan ish xarajatlarini qolgan qarzdorlardan qaytarma talab asosida qoplata oladi.


Qaytarma (regress) majburiyat deb bir taraf ikkinchi taraf uchun uchinchi shaxs oldida bajargan majburiyatni qaytarish to`g`risida talab qila olish huquqiga aytiladi. Regress (qaytarma) talabda ham boshqa majburiyatlar singari ikki taraf ishtirok etadi. Masalan, qarz shartnomasiga asosan qarzdorlardan biri qarzni to`la hajmda to`lasa, qarz majburiyati bekor bo`ladi. Lekin boshqa qarzdorlar uchun qarzni to`lagan qarzdor ulardan tegishli summani undirish uchun qaytarma talab qila oladi. Agar majburiyatni to`la hajmda bajargan qarzdor bu to`g`rida boshqa sherik qarzdorlarini ogohlantirmasa, sherik qarzdorlar majburiyatni bajarmagan bo`lsa, zarar ko`rgan qarzdor qolgan qarzdorlarga nisbatan qaytarma da'vo qo`zg`ata olmaydi. U faqat kreditorga nisbatangina uning asossiz olganini qaytarishi to`g`risida da'vo qila oladi. Qaytarma talab uchinchi shaxsga nisbatan qilingan xarajatning umumiy miqdoridan oshmasligi kerak.
Qaytarma majburiyat xo`jalik tashkilotlari o`rtasidagi munosabatlarda ko`proq tarqalgan. Chunonchi, mahsulot yetkazib beruvchi tashkilotdan sotib oluvchi tashkilotga mahsulot sifatsiz bo`lgani uchun jarima to`laganida – bunday sanksiyaga (jarima) tortilishi mahsulot tayyorlovchi tashkilotning shartnoma shartlarini buzganligi sababli vujudga kelganligi ko`rsatilib, keyinchalik bu jarima summasining o`ziga qaytarilishi to`g`risida mahsulot tayyorlovchi tashkilotga qaytarma da'vo qo`zg`ata oladi.
Binobarin, qaytarma da'vo tashkilotlar o`rtasida har bir xo`jalik yurituvchi subyektning o`z majburiyatiga nisbatan javobgarligini oshiradi va u muayyan ahamiyatga ega.
Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling