Majidova zulfiyaning fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Bo‘g‘im oyoqlilarda tana uch qismdan iborat


Download 53 Kb.
bet4/5
Sana23.12.2022
Hajmi53 Kb.
#1048939
1   2   3   4   5
Bog'liq
Panarthropoda katta tipi Onychophora Tardigrada va Arthropoda tiplari

Bo‘g‘im oyoqlilarda tana uch qismdan iborat:

  1. Bosh.

  2. Tana.

  3. Qorincha (abdomen)

Bundan tashqari bularda – yaxshi rivojlangan harakat organlari oyoqlarning paydo bo‘lishi, ularda sezuv organlarining g‘oyat kuchli darajada rivojlanishi xarakterlidir. Markaziy nerv sistemasi, боsh миya va qorin nerv zanjirini murakkablanishi va taraqqiy etishini muvofiqlashtirgan.
Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i o‘zgargan. Bu tana bo‘shlig‘i (ko‘pchilik zoologlarning fikricha birlamchi va ikkilamchi tana bo‘shlig‘ining qo‘shilishidan) hosil bo‘lgan. Shuning uchun ham ortidan ularda qon aylanish sistemasi (qon tomirlari to‘la tutashgan emas).
Dastlabki suvda yashovchi bo‘g‘im oyoqlilarda halqalilarning nafas olish organi-paronodiya o‘simtalarining rivojlanishi natijasida rivojlangan jabralar bo‘lib, bir qanchalarida havodan nafas olishga moslashgan varaqchalar (o‘pka) yoki naychalar sistemasi (traxeya) taraqqiy etgan.
Bo‘g‘im oyoqlilarning hamma avlodlari jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Bularning hamma avlodlarida embrion taraqqiyoti lichinkalik davrini o‘taydi. Juda ko‘p hodisalarda lichinka to‘la o‘zgarishli “метаморфоз” orqali rivojlanadi.
Trilobitsimonlar (Trilobitomorpha) kenja tipi xilma-xilligi va filogeniyasi.
Trilobitomorpha
Kembriy davrida paydo bo’lgan. Dastlabki dengiz qazilma bo’g’imoyoqlilari bo’lib, ko’pgina xozirgi umurtqasizlarni kelib chiqishi bilan ham bog’liq. Trilobitlar monofilitik takson bo’lib, ulardagi ekzoskelet, segmentar juft parapodiyalar, murakkab ko’zlar ularni dastlabki bo’g’imoyoqlilar ekanligidan dalolat beradi. Trilobitlar 540 mln. yil oldin kembriy davri oxirlaridan boshlab, to’liq paleozoy erasida yashagan va keyinchalik butunlay 260 mln yil oldin qirilib ketgan. Trilobitlarning kattaligi 3 smdan 10 smgacha, Ayrim turlari kattaligi 70 sm gacha keladi. Qazilma qoldiqlarda tashqi belgilari bilan to’liq saqlanib qolgan. Ko’payishi haqida hech narsa ma’lum emas. Ayrim jinsli bo’lgan deb tasavvur qilinadi. Trilobitlarni 4000 dan ortiq turi qoldiqlari bugungacha saqlanib qolgan. Trilobitlar lichinkadan po’st tashlab rivojlanadi. 4 ta stadiyani bosib o’tgan (protaspis, meraspis, golaspis, torakas).
Trilobitlar tipik dengiz organizmlari bo’lib, aksariyati “epibentos” hayvonlar bo’lgan. Bentosda o’rmalab hayot kechirgan. Plankton va pellagik hayot kechiruvchi formalari ham bo’lgan.

Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling