Majlis bayoni. Bildirishnoma, ularning vazifasi, zaruriy qismlari, turlari, bu hujjatlarning namunalari ustida ishlash
Download 25.45 Kb.
|
2Dalolatnoma. Ma‘lumotnoma. Majlis bayoni. Hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO‘ZGA CHIQDI
- QAROR QILINDI
MAJLIS BAYONI
QATNASHDILAR: 27 kasaba uyushmasi a’zosidan 26 kishi. Bir kishi betobligi tufayli yig‘ilishda ishtirok etmadi. K U N T A R T I B I: 1. Guruh kasaba uyushmasi byurosi raisining 2005-2006-o‘quv yilida guruhda amalga oshirilgan ishlar yuzasida hisoboti, byuroning yangi o‘quv yili uchun ish rejasini tasdiqlash hamda byuroning yangi tarkibini saylash. Ma’ruzachi – Dorf T.V. 2. Guruh a’zolarining tartib-intizomi haqida. Ma’ruzachi – guruh “Kamolot” YIH yetakchisi Urcheva L.A. 3. Har xil masalalar. ESHITILDI: guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorf yig‘ilish kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha hisobot berdi. U guruh kasaba uyushmasi byurosi tomonidan o‘tgan o‘quv yilida guruhda amalgam oshirilgan ishlarga batafsl to‘xtaldi(byuro raisi T.V.Dorfning yozma hisoboti majlis bayoniga ilova qilinadi). U so‘zining oxirida yig‘ilish ishtirokchilarini guruh kasaba uyushmasi byurosining yangi o‘quv yili uchun mo‘ljallangan ish rejasi bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilari guruh kasaba uyushmasi byurosining o‘tgan o‘quv yili davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan byuro raisi T.V.Dorfning hisobotini hamda byuroning yangi o‘quv yili uchun mo‘ljallangan ish rejsini muhokama qilishdi. SO‘ZGA CHIQDI: Guruh talabalari S.Jitkiyevich, Y.Shegay, V.Shkayevalar mazkur masala yuzasidan so‘zga chiqishdi va hisobot haqida, byuro a’zolarining ishlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishib, byuro raisi hamda byuro a’zolarini o‘tgan o‘quv yilida yaxshi faoliyat ko‘rsatganliklarini inobatga olib, ularni qayta saylash taklifini bildirishdi. Yig‘ilish ishtirokchilari ular kiritgan takliflar hamda ish rejasi bo‘yich bildirgan qo‘shimchalarni bir ovozdan ma’qullashdi. QAROR QILINDI: 1. Guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorfning byuro tomonidan 2005-2006-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin(yozma hisobot majlis bayoniga ilova qilinadi). 2. Guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorf va u boshchiligidagi byuro a’zolari A.Jukova, H.Doroshenko, T.Korinalarning o‘tgan o‘quv yilida yaxshi ishlaganliklari ta’kidlansin hamda ular keyingi muddatga saylangan deb hisoblansin. 3. Guruh kasaba uyushmasi byurosining 2006-2007-o‘quv yili uchun mo‘ljallangan ish rejasi kiritilgan takliflar inobatga olingan holda tasdiqlansin (ish reja majlis bayoniga ilova qilinadi). Download 25.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling