Majmua pdf


Sutka va uning dastlabki shakllari


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/85
Sana26.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1127786
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85
Bog'liq
Yordamchi tarix (2)

Sutka va uning dastlabki shakllari. Er sharining o‘z o‘ki atrofida bir marta aylanib
chikishi uchun ketgan vaqt sutka deb ataladi. Sutka – vaqtning dastlabki o‘lchov birlitidir.
Sutkaning 24 dan bir bo‘lagi bir soat, soatning 60 dan bir bo‘lagi daqiqa, daqiqaning 60 dan biri
soniya deyiladi. Er o‘z o‘qi atrofida notekis aylanishi ma’lum, ammo bu notekislik kichik bo‘lib,
100 yilda soniyashgeg mingdan bir ulushi bilan o‘lchanadi. Qadimda kecha va kunduzning
almashishidan vaqt o‘lchovi me’yori sifatida foydalanishgan. Qadimda yunoncha «etega» - sutka
so‘zi ikki ma’noda ko‘llanilgan:
1)Quyosh chiqishidan Quyosh botishigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i;
2)Quyosh chiqishidan keyingi Quyosh chiqishigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i.
Lotincha «dies» - sutka so‘zi ham shu ma’noni bildirgan. Qadimgi YUnoniston, Rim, Bobilda va
Misrda sutka ertalabdan, O‘rta Osiyoda kechqurundan boshlab hisoblangan. Oy kalendaridan
foydalangan afinaliklar, germanlar, iudeylarda ham sutka-kun kechqurundan boshlangan.
Zardushtiylar esa Quyoshning chiqishi bilan yangi kun boshlanadi deb hisoblashgan.
Sutkalarni dastlab misrliklar soatlarga bo‘lganlar. Millodsan avvalgi yilida Misr koxinlari
sutkani 24 soatga bo‘lishgan: Ular soatni kunduz, 2 soatni g‘ira-shira pay., 12 soatni kechasi
hisoblashgan. Bobilda ham bir sutkaning 12 soati kechasi hisoblangan. Geradotning ta’kidlashicha,
yunonlar bobilliklarning shu sistemasidan foydalanishgan. Gerodotning yozishicha, miloddan
avvalgi VI ahamoniylar xukmdori Doro skiflarga yurishi davrida qo‘riqchilariga vaqtni hisoblash
uchun tugilgan arqon, tashlab ketadi. Ular har kuni bitta tugunni echganlar. Qolgan tugunlarning
soni shohning kaytishiga necha kun borligini bildirgan. Ahamoniylar hukmdorligi davrida vaqtni
hisoblashning bundan ham mukammalroq usuli mavjud bo‘lgan, lekin oddiy ko‘riqchi askarlar
yuqoridagi usuldan foydalanishgan.
Erning yulduzlarga nisbatan bir marta aylanib chiqish davri sutkasiga va Quyoshga nisbatan
aylanish davri Quyosh sutkasiga bo‘linadi. YUlduz sutkasi uzunligi bahorgi teng kunlik
nuktasidan ikkita ketma-ket yuqori (yoki pastki) kulminatsiyalari orasidagi vaqgga teng. YUlduz
sutkasi haqikiy (pretsessiya va nutatsiya xisobga olinsa) yulduz sutkalariga ajraladi. Baxorgi teng
kunlik sutkasi nuqgasining pretsession harakati ta’sirida o‘rtacha yulduz sutkasi Erning o‘z o‘qi
atrofida haqikiy aylanish davridan 0,0084 soniyaga qisqa.
Kundalik hayotimizda asosan o‘rtacha kuyosh vaqtidan foydalanamiz. O‘rtacha Quyosh -
ekvator bo‘ylab tropik yil ichida bir marta tekis aylanib chiqadigan hayoliy nuktadir. O‘rtacha
Quyosh markazining yuqori kulminatsiya payti o‘rtacha tushlik payti deyiladi. O‘rtacha Kuyosh
vaqti shu paytdan boshlanadi. O‘rtacha Quyosh markazining pastki kulminatsiya payti yarim tun
deb fukaro vaqgi shu paytdan (soat 24.00) hisoblanadi va kalendarda kun o‘zgaradi.
Astronomiyada 1925 yilgacha kun hisobi tush paytida o‘zgarar, ya’ni yangi kun kunduzi soat 12
dan boshlanar edi. 1925 yildan boshlab astronomiyada ham fuqaro vaqtidan foydalanilmoqsa.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling