Makedoniyalik Iskandarga qarshi xalq harakatlari Spitamen qoʻzgʻoloni


Download 17.6 Kb.
Sana10.01.2023
Hajmi17.6 Kb.
#1087553
Bog'liq
Makedoniyalik Iskandarga qarshi xalq harakatlari


Makedoniyalik Iskandarga qarshi xalq harakatlari
Spitamen qoʻzgʻoloni - Sugʻdiyona va Baqtriyada Aleksandr boshchiligidagi yunonmakedon istilochilariga qarshi ozodlik harakati (mil. av. 329—327 yillar). Rahbari — Spitamen. Mil. av. 329 y. kuzida boshlangan. Spitamen boshchiligidagi qoʻzgʻolonchilar Marokanda (Samarqand)dagi yunonmakedon garnizonini qirib tashlab shaharni egallaydilar. Aleksandr ularga qarshi Farnux boshchiligida 3 ming piyoda va 800 otliq qoʻshin joʻnatgan, Spitamen Politimet (Zarafshon)ning quyi oqimidagi yerlarga chekingan. Bu yerda koʻchmanchilarning otliq qoʻshinlari bilan birlashib hujumga oʻtadi. Toʻsatdan qilingan hujum natijasida yunonmakedon qoʻshinining katta kismi qirib tashlangan, qolganqutganlari esa shahar qalʼasiga yashiringan. Spitamen yana Marokandani qamal qilgan. Aleksandr Spitamenga qarshi Andromax, Menedem va Karan boshchiligida otliq va piyoda qoʻshin yuborgan. Spitamen bundan xabar topib oʻrmon orasidan oʻtadigan yoʻlga pistirma qoʻyib, ularga toʻsatdan hujum qilgan. U mazkur jangda oʻzgacha harbiy usul qoʻllagan. Har bir otga 2 tadan jangchi mindirilgan. Ular dushmanga 2 tomondan zarba berar, biri nayza, qilich yoki kamon bilan hamla qilsa, 2si tosh bilan urib, yovning boshini majaqlar edi. Bu jangda dushman katta talafot koʻrgan. Shundan keyin Spitamenga qarshi Aleksandr asosiy kuchlari bilan otlangan, Spitamen choʻl ichkarisiga chekingan. Aleksandr uni taʼqib etmagan, lekin Zarafshon vohasining tinch aholisidan qattiq oʻch olgan (120 ming kishi qirib tashlangan), shahar, qishloqlarni vayron qilgan, ekinlar, bogʻlarni yondirgan. Aleksandr Sugʻdiyonadagi bir necha qalʼa va poytaxt Marokandada katta qoʻshin qoldirib, oʻzi qolgan kuchlari bilan qishlovni oʻtkazish uchun Baqtriya (baʼzi maʼlumotlarda — Navtaka)ga qaytgan. Mil. av. 328 y. bahorida qoʻzgʻolonning 2bosqichi boshlangan. Koʻplab sugʻdiylar turli qalʼalarda toʻplanib yunonmakedon hokimlarini tan olmaganlar. Bu davrda Sugʻdiyona qoʻzgʻolonning oʻchogʻi boʻlgan. Spitamen Aleksandrning yoʻk^igidan foydalanib raqibining orqa tomonidan aylanib oʻtib, 600 otliq bilan Baqtriyada yunonlarga qaqshatqich zarbalar berib turgan. Yunonlar lashkarboshisi Ken Spitamenga qarshi chiqib, uni dashtga chekinishga majbur qilgan, Spitamen Zarafshonning quyi oqimi boʻylariga ketgan. Mil. av. 328 yilning kuzida Spitamen bu yerdagi qalʼalardan birini egallab, 3 ming otliq bilan Sugʻdiyona poytaxti tomon yurgan. Yunonlar butun kuchlarini unga qarshi tashlaydilar, jangda qoʻzgʻolonchilar magʻlubiyatga uchraydilar. Sugʻdiy va baqtriyalik zodagonlarning bir qismi Spitamenga xiyonat qilib istilochilar tomoniga oʻtib ketganlar. Mil. av. 328 y. oxirida Spitamen xoinona oʻldirilgan. Ayrim tarixchilar uni Aleksandr hujumidan qoʻrqqan massagetlar oʻldirgan deb hisoblaydilar. Baʼzi maʼlumotlarga qaraganda, Spitamenni oʻz xotini oʻldirib, boshini Aleksandr huzuriga keltirgan, biroq Iskandar uni oʻta sovuq kutib olgan. Shunga qaramay, Spitamen qoʻzgʻoloni tugamagan, uning 3bosqichi boshlangan. Shu tufayli Aleksandr mil. av. 328—327 yillar qishlovini Sugʻdda oʻtkazishga majbur boʻlgan. Qoʻzgʻolonchilar togʻ qalʼalarida kurashni davom ettirganlar. Hozirgi tadqiqotlarga koʻra, ular jan.sharkay hududlarda joylashgan. Aleksandr mahalliy aholi qarshiligini kuch bilan yenga olmasligiga ishongach, ularga yaqinlashishga qarakat qilgan, ularga nisbatan siyosatini oʻzgartirgan. Togʻli hududlardagi qoʻzgʻolon boshliqlari Oksiart, Sisimitr, Xoriyen kabilarni afv etib, molmulkini qaytarib bergan. Oksiartning qizi Roxshanakka uylangan. Mahalliy zodagonlarning aksariyati Aleksandr hokimiyatini tan olib uning xizmatiga oʻtib ketishgan. Mil. av. 327 y. oxirida Sugʻdiyona Aleksandr tomonidan batamom egallanib, qoʻzgʻolon bostirilgan.
Download 17.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling