Makka va Madina tarixi
Download 160.22 Kb.
|
Makka va Madina tarixi
Makka va Madina tarixiSaydullayev FurqatMakka (arabcha: مكّة المكرمة Makkah Al-Mukarramah) — musulmonlar uchun muqaddas hisoblanadigan shahar. Saudiya Arabistonining gʻarbida, Qizil dengizdan 70 km uzoqlikda joylashgan. Hijoz viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 2 mln. kishidan ortiq (2020). Aholi soni boʻyicha Ar-Riyod va Jiddadan keyin uchinchi oʻrinda turadi. Bu shaharni arablar Umm ul-Qurro, Umm ul-Madoin, yaʼni shaharlar onasi deb yuritadilar. Qurʼonda „Bakka“ nomi bilan kelgan. Makkada musulmonlar haj qiladigan — musulmonchilikning beshinchi ahkomi bajariladigan Kaʼba joylashgan. Musulmon rivoyatlariga koʻra, Makkada Odamato va Momohavo hamda Shis, Ibrohim, Ismoil va Hojar yashaganlar.
Makka qadimiy shahar, asos solingan yili nomaʼlum. Dastlab Zamzam bulogʻi atrofida aholi turar joylari paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 2—1ming yilliklarda Makka arab qabilalari uchun muqaddas joy hisoblangan. Makka ilk bor yunon tarixchisi Ptolemey asarlarida Makoraba nomi bilan tilga olingan va bu yerda milodiy II asrda ibodatxona mavjudliga aytib oʻtilgan. Islom paydo boʻlishidan avval Makka majusiy arab qabilalarining diniy hamda Sharq bilan Oʻrta dengiz boʻyi davlatlari oʻrtasidagi savdoda muhim oʻrin tutgan. Islom vujudga kelishidan koʻp asrlar ilgari Makkadagi Kaʻba ibodatxonasi arab qabilalarining ziyorat markazi boʻlib, unda qabila xudolarining sanamlari saqlangan.
610-yilda Muhammad Makka yaqinidagi Hiro togʻida oʻziga birinchi bor vahiy, yaʼni Qurʼon oyati-karimalari nozil boʻlganini eʼlon qildi. 622-yilda musulmon jamoasi Makka bilan raqobatlashib kelgan Yasrib (Madina) shahriga koʻchib oʻtdi (qarang Hijra). 630-yilda shahar musulmonlar qoʻl ostiga oʻtdi va Makkaga haj qilish islomning 5 arkonidan biriga aylandi Download 160.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling