Makon va vaqt borliqning fundamental
Download 61.89 Kb.
|
Makon va vaqt reja Makon va vaqt borliqning fundamental shaklla
Ijtimoiy vaqt insonning biologik vaqti o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, u, biologik va planetar-kosmik vaqtdan farqli o‘laroq, notekis oqadi. Insoniyat shakllanish jarayonining dastlabki bosqichida boshlangan ijtimoiy vaqt keyingi davrlarda deyarli o‘zgarishsiz kechdi va fan-texnika taraqqiyotining ilk alomatlari paydo bo‘lishi bilan, XVII-XVIII asrlardan e'tiboran jadalroq sur'at kasb eta boshladi. XX asrda yuz bergan fan-texnika inqilobi ijtimoiy makonni keng qamrab oldi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishiga alohida tus berib, vaqt harakatini misli ko‘rilmagan darajada jadallashtirdi. yer kurrasi «kichrayib», insoniyat uchun tor bo‘lib qoldi, uning bir chetidan narigi chetiga o‘tish endilikda soatlar bilan (Oy, Mars, Venera va boshqa kosmik jismlarga uchish tezligi va vaqtini hisobga olmaganda) o‘lchanmoqdaki, XX asrda buni hatto tasavvur qilish ham mumkin emas edi.
Ijtimoiy vaqtda muayyan odamlar, ijtimoiy jamoalar, ayrim hamjamiyatlar, millatlar, davlatlar va pirovard natijada butun insoniyat borlig‘ining vaqt ko‘rsatkichlarini farqlab, ijtimoiy vaqt strukturasining murakkabligi to‘g‘risida ham so‘z yuritish mumkin. Ulardan har birining yashash vaqti va sur'ati har xil bo‘lib, o‘z xususiyatiga ega. Aslini olganda, turli mamlakatlar va xalqlar jamuljam holda butun insoniyatni ifoda etsa-da, amalda turli tarixiy davrlarda: kimdir o‘tmishda, kimdir hozirgi davrda, kimdir esa kelajakda yashaydi. Bunga, xususan, amerikalik taniqli futurolog E.Toffler e'tiborni qaratadi. Uning fikricha, «er aholisining 70% o‘tmishda (turli o‘tmishda), 25% - hozirgi davrda, 3% - kelajakda yashaydi, qolganlar esa marginallar bo‘lib, ular har qanday vaqtdan tashqaridadir»5. Hozir «Ijtimoiy vaqt mavjudmi» degan masala bahsli emas. Muammo uning mazmunida qanday ustuvorliklar va konstantalar mavjudligida. Ijtimoiy vaqt individ vaqti va avlod vaqtiga bo‘linadi. U kishilik jamiyatining o‘zgaruvchan informatsion sig‘imiga bog‘liq. Falsafiy adabiyotlarda vaqt jarayonlariga makon xossalarining kirishi, ya'ni ijtimoiy vaqt uzunligi – hayot sikllari bosqichlarining ketma-ketligi sifatida, kengligi – faoliyat turlarining miqdoriy rang-barangligi sifatida, chuqurligi – individning o‘zi ishtirok etayotgan faoliyat turlaridagi faollik darajasi sifatida ko‘rsatilishi bilan bog‘liq fikrlarga ham duch kelish mumkin. Makon va vaqt aloqasi hamma joyda har xil bo‘lgan «mahalliy vaqt» tushunchasida yorqin namoyon bo‘ladi. Bularning hammasi makon, vaqt va materiyaning o‘zaro bog‘liq ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Nazariy jihatdan esa, makon va vaqt munosabatlarining relyasion va dinamik konsepsiyalari rivojlanishining ahamiyatini yanada oshiradi, bu borada tadqiqotlar olib borish zaruratini namoyon qiladi. Xulosalar. Makon va vaqt haqidagi hozirgi falsafiy qarashlar tabiiy va aniq fanlar sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning tabiatiga nisbatan materialistik va relyasion qarashlar asosli ekanligini tasdiqlaydi. Makon va vaqt haqidagi falsafiy qarashlarni umumlashtirib va bu kategoriyalar mazmunini dunyo haqidagi hozirgi tabiiy-ilmiy bilimlar bilan boyitib, yuqorida aytilganlar nuqtai nazaridan makon va vaqtning muhim xossalarini qayd etib o‘tamiz - makon ko‘lamlilik, bir jinslilik va ko‘p o‘lchovlilik bilan tavsiflanadigan mavjudlik tartibi, vaqt esa davomlilik, orqaga qaytmaslik va izotroplik, ya'ni mumkin bo‘lgan barcha yo‘nalishlarning teng huquqliligi xos bo‘lgan voqyealarning harakat tartibi va ketma-ketligidir. ADABIYOT
ASOSIY: Download 61.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling