Makroiqtisodiy beqarorlik: inqiroz, ishsizlik va inflyatsiya 23


Inflyasiya quyidagilarda namoyon bo‘ladi


Download 0.99 Mb.
bet7/8
Sana03.03.2020
Hajmi0.99 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8

Inflyasiya quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • tovar (xizmat)larning mavjud taklifiga nisbatan muomaladagi naqd pullar yoki moliyaviy aktivlar hajmining haddan tashqari ortib ketishida.

  • pulning sotib olish layoqatining pasayib borishida.

  • narxlarning uzoq muddatli umumiy o‘sishida.

Inflyasiya – bu pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o‘sishidir.

Muomalada bo‘lgan pul birligi miqdorining tovarlar narxi summasidan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning paydo bo‘lishi pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyasiyani bildiradi.

Inflyasiya bozor xo‘jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari tug‘diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir.

Qog‘oz pul tovarlarga, oltinga va o‘z qadrini, barqarorligini saqlab qolgan chet el valyutalariga nisbatan qadrsizlanadi.



Inflyasiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan aniqlanadi.

Narx indeksi – bu joriy davrdagi narxlarning (Rj) bazis davrdagi narxlarga (Rb) nisbatidir.

Masalan, iste’molchilik tovarlariga narx indeksi 2010 yil 113, 6; 2002 yil - 118,3 ga teng bulsa, inflyasiya sur’ati quyidagicha bo‘ladi.



Inflyasiya sur’ati =

Iqtisodiy fanda va amaliy hayotda iste’mol va investitsion tovarlar, YAIM, eksport va import tovarlari narx indekslaridan foydalaniladi.



Iste’mol tovarlari narx indeksi Iste’mol savatiga kirgan tovarlarning joriy va bazis davrdagi narxlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling