Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar


Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi


Download 44.15 Kb.
bet3/5
Sana14.10.2023
Hajmi44.15 Kb.
#1703268
1   2   3   4   5
Bog'liq
Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar

Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi
Iqtisodiy o’sish ketidan doim tanazullul kelib turadi. Vaqti vaqti bilan obyektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda ,ayrim bo’g’inlarda o’zgarishlar paydo bo’ladi va bu uzilish iqtisodiy nomutanosibliklarning keskin shakllarda namoyon bo’lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning skill rivojlanishi deb ataladi. Ko’plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib, talabning ko’payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o’sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga etibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro’y berish ketma-ketligida ma’lum izchillik ham aniqlandi.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatdan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to’xtab qolmaydi, balki u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o’zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo’lib, milliy xo’jalik turli tarkibiy qisimlarining amal qilishdagi notekisliklar, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi almashuvini aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Odatda iqtisodiy siklning 4 ta fazasi ajratib ko’rsatiladi. Ular quyidagilar:
1) inqiroz fazasi;
2) turg’unlik fazasi;
3) jonlanish fazasi;
4) yukalish fazasi;

Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jarayonida navbatdagi fazaga o’tish uchun sharoit yuzaga keladi. Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi.


Inqirozdan keyin turg’unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo’ladi. Narxlarning pasayishi to’xtab, ssuda foizlari pasayadi, Tovar zaxiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizliknning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg’unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi biroz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o’sib boradi. Narxlar ham asta ko’tarilib, ssuda foizi o’sa boshlaydi. Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o’sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o’sib o’tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi sikl yuksalishning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi.
Yukslish fazasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o’sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to’lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o’z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to’planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo’yicha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo’ladi.

Download 44.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling