Mаkrоiqtisоdiy mоdеllаr. Аsоsiy mаkrоiqtisоdiy mоdеllаrning qiyosiy tаhlili


Kichik biznеs vа хususiy tаdbirkоrlikning аhоlini ish bilаn tа`minlаsh vа yangi ish o`rinlаri yarаtishdаgi rоli


Download 159.19 Kb.
bet8/38
Sana22.02.2023
Hajmi159.19 Kb.
#1219809
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
makrodan mustaqil talim

Kichik biznеs vа хususiy tаdbirkоrlikning аhоlini ish bilаn tа`minlаsh vа yangi ish o`rinlаri yarаtishdаgi rоli

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o‘rin egallaydi. Bugungi kunda biz bu sohani rivojlantirmasdan turib iqtisodiyotimizning kelajagini ta’minlay olmaymiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ichki bozorimizni raqobatdosh va sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirishda, aholini ish bilan ta’minlash va shu asnoda ularning munosib daromad topishi, farovonligining oshib borishiga erishishda eng asosiy omillardan biri hisoblanib, jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo‘lgan mulkdorlar sinfining, ya’ni o‘rta sinfning shakllanishi va mustaxkamlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, bu soha hozirda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barkarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni tarakkiyot yo‘lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda. Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy taraqkiyotni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, solik tushumlari hajmining o‘sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barkarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi.


O‘z navbatida u mazkur vazifani ikkita asosiy yo‘l orqali bajarishi mumkin: yangi ish o‘rinlarini barpo etish va vaqtincha bo‘sh bo‘lgan yoki ish bilan kisman band bo‘lgan aholini ishga jalb etish, yoki boshqacha aytganda, ikkilamchi bandlikni ta’minlash. Aholining ish bilan bandligi va qo‘shimcha daromad olish imkonini yaratish orqali jamiyatdagi ijtimoiy muvozanatni saqlashga katta hissa qo‘shish mumkin.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining rivojlantirilishiga xo‘jalik yuritishning ma’muriy-buyrukbozlik tizimi salbiy oqibatlarini bartaraf etishdagi asosiy yo‘nalishlar sifatida ham qarash mumkin. Jumladan, aynan ma’muriy-buyrukbozlik tizimi davrida noto‘g‘ri yuritilgan ijtimoiy siyosat oqibatida yirik shaharlarda ishlab chiqarishning haddan ziyod to‘planishi, kichik shahar va qishloq joylarda esa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning past darajada qolishi tabaqalashuvni keskinlashtirdi. Bunday yaroqsiz usul ayniqsa, mamlakatimizdagi ko‘plab kichik shahar va qishloqlardagi ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Respublika aholisining asosiy qismi qishloqlarda joylashganiga qaramay, mavjud ortiqcha ish kuchi uchun yangi ish joylarini tashkil etish muammosi hal etilmadi. Shunga ko‘ra, bu muammoni tezlik bilan hal etishning asosiy yo‘llaridan biri - kichik korxonalarni, ayniqsa, sanoat ishlab chiqarishga va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan kichik korxonalarni tashkil etishdir.
Yangi ish o‘rinlari yaratishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli katta bo‘lmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, o‘zining qator xususiyatlariga ko‘ra, mehnatga layoqatli aholining bandlik darajasi ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Birinchidan, bu soha kam kapital sig‘imiga ega yangi ish o‘rinlarini tez tashkil etishga qodir. YA’ni, kichik korxonalarda har bir ish o‘rniga kapital sarfi yirik korxonalardagiga nisbatan ancha kam bo‘ladi.
Ikkinchidan, kichik korxonalar uchun kapitalning quyiroq texnik tuzilmasi xos. YA’ni, kichik korxonalarda yirik korxonalarga nisbatan mehnat birligiga ishlatilayotgan ishlab chikarish vositalari birligi ko‘proq to‘g‘ri keladi.
Uchinchidan, kichik biznes iqtisodiy faol aholining ish bilan band bo‘lishi uchun ma’qulrokdir. Chunki bu ularga tashabbus ko‘rsatish va ijodiy g‘oyalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
To‘rtinchidan, bevosita kichik korxonalarda ish bilan bandlikning moslashuvchan shakllarini qo‘llash mumkin. Xo‘jalik yuritishning bu subyektlaridagi to‘liksiz bo‘lmagan ish kuni yoki haftasi, o‘rindoshlik, moslashuvchan ish grafigi mehnatga layoqatli aholining turli toifalari uchun maqbul bo‘ladi.
Beshinchidan, kichik biznes asosan mehnat sig‘imi ko‘p talab etiladigan tarmoqlarda jadal rivojlanib, ijtimoiy mehnatni tashkil kilishning ulkan sohasi, davlat va mahalliy budjetlarga moliyaviy tushumlarning muhim manbai hisoblanadi.



Download 159.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling