Mаkrоiqtisоdiy mоdеllаr. Аsоsiy mаkrоiqtisоdiy mоdеllаrning qiyosiy tаhlili
Download 159.19 Kb.
|
makrodan mustaqil talim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Оxirgi 10 yillikdа (2008-2017yillаr) YaIM deflyаtоri indeksi dinаmikаsi, о‘tgаn yilgа nisbаtаn % dа.
- 2008 y 2009 y 2010 y 2011 y
- 2017 y YaIM deflyаtоri indeksi
- Milliy hisоblаr tizimidа yalpi ichki mаhsulоt ko`rsаtkichini hisоblаsh shаrtlаri vа usullаri
If = Idef * Iini
Sаnоаt ishlаb chiqаruvchilаr bаhо indeksi iste’mоl nаrxlаri indeksi singаri hisоblаnаdi. Lekin bоzоr sаvаtigа sаnоаt mаhsulоtlаriginа kiritilib ulаr ulgurji bаhоlаrdа hisоblаnаdi. О‘zbekistоndа 2008-2016 yillаr uchun YaIM deflyаtоri indeksi 126,8 % dаn 109,6 % gаchа kаmаydi. 2017 yildа YaIM deflyаtоri indeksining nisbаtаn yuqоri dаrаjаsi (120,8 %) qаyd etildi, bu esа аsоsаn, 2017 yil sentyаbr оyidа vаlyutа bоzоrini liberаllаshtirish vа milliy vаlyutаning devаlvаtsiyаsi bilаn bоg‘liqdir. 2.4-jаdvаl. Оxirgi 10 yillikdа (2008-2017yillаr) YaIM deflyаtоri indeksi dinаmikаsi, о‘tgаn yilgа nisbаtаn % dа.
Milliy hisоblаr tizimidа yalpi ichki mаhsulоt ko`rsаtkichini hisоblаsh shаrtlаri vа usullаri 2018-yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti joriy narxlarda 407514,5 mlrd. soʻmni tashkil qildi va 2017-yilga nisbatan taqqoslaganda 5,1 % ga oʻsdi. YAIMning 1991-2018-yillarda oʻrtacha yillik oʻsish surʼati 4,5 % ni tashkil qildi. MHTdagi YAIM harakatining keyingi bosqichida sof ichki mahsulot hosil boʻladi. Yaʼni, YAIM ishlab chiqarish yalpi hajmining koʻrsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. U mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan asosiy kapitalning oʻrnini qoplash uchun zarur boʻlgan qiymatni ham oʻz ichiga oladi. Bu esa, iqtisodiy rivojlanishning haqiqiy darajasini aniqlashda maʼlum bir qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Shu sababli, mamlakat boʻyicha ishlab chiqarishning haqiqiy natijalarini hisoblash uchun YAIM tarkibidan uni yaratish jarayonida isteʼmol qilingan asosiy kapital qiymatini chiqarib tashlash kerak. Ushbu amal natijasida sof ichki mahsulot (SIM) hosil boʻladi. Sof ichki mahsulot YAIMning tarkibiy qismi boʻlib, u yalpi ichki mahsulotdan amortizatsiya ajratmasini, yaʼni, ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan asosiy kapitalning yemirilgan qismini chegirib tashlangandan keyingi qolgan qismidir. MHTda YAIMning keyingi bosqichdagi harakatida yalpi milliy daromad (YAMD) koʻrsatkichi yuzaga keladi. Keyingi yillarda MDH davlatlarining statistika organlari MHT-2008 xalqaro andozasini oʻzlarining hisob va hisobot tizimiga joriy qilish ishlarini takomillashtirish boʻyicha juda katta ishlarni amalga oshirdilar. Ushbu qilingan ishlarning dastlabki bosqichlarida asosiy eʼtibor MHTning bosh koʻrsatkichi boʻlgan YAIM va uning tarkibiy qismlarini hisoblash usullarini takomillashtirishga qaratilgan edi. Lekin, mamlakatda yaratilgan daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash usullariga unchalik ahamiyat berilmadi. Vaholanki, bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida milliy daromad koʻrsatkichini hisoblash nafaqat iqtisodiyotning umumiy holati va aholi turmush darajasini aniqlash, balki davlatning ijtimoiy siyosati hamda aholining alohida qatlamlarini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ham muhim ahamiyatga egadir. MHT-1968 xalqaro andozasida ushbu koʻrsatkich yalpi milliy mahsulot (YAMM) deb yuritilardi. MHT-1993 va MHT-2008 xalqaro andozalarida esa, YAMMni ishlab chiqarishning haqiqiy darajasini notoʻgʻri ifodalovchi koʻrsatkich sifatida qaralib, uning oʻrniga YAMDni hisoblash ishlari amaliyotga kiritildi. Shuning uchun ham hozirgi kunda dunyoning barcha mamlakatlarida MHT-2008 xalqaro andozasiga asosan YAIM asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida hisoblanmoqda. Oʻzbekistonda YAIMning oʻsish tendensiyalarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar iqtisodiy islohotlar boshlanishidan boshlab, to hozirgi kungacha davom qilmoqda. YAIMning pasayishi 1991-1995-yillar oraligʻida davom etdi va 1996-yildan boshlab hozirgacha oʻsish tendensiyasiga ega boʻlmoqda YAIMda sanoat (metallurgiya, kimyo va neft kimyosi sanoati, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati), xizmat (savdo, maishiy xizmat) koʻrsatish sohalari ulushining jadal surʼatlar bilan ortib borishi, hukumatning maqsadli pul-kredit siyosatini oʻtkazish hisobiga pul qadrsizlanishining pasayishi, iqtisodiyotga xorijiy sarmoya jalb etish muhitining yaxshilanishi, kichik biznes va hususiy tadbirkorlikka keng yoʻl ochilishi, ishlab chiqarish quvvatlarining tez surʼatlar bilan yangilanishi, zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi, sanoat eksport bazasining kengayishi hamda iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiyalash hisobiga erishilmoqda. YAMD bu barcha rezidentlarning birlamchi daromadlari yigʻindisidir. U ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchilarning barcha daromadlari koʻrinishida boʻladi. MHT-2008 da jami pul daromadlari bir qator koʻrsatkichlar tizimini oʻz ichiga oladi. Bular: birlamchi daromadlar; joriy transfertlar; ixtiyoridagi daromad; natural shakldagi ijtimoiy transfertlar; milliy daromad; yalpi ixtiyoridagi daromad. Hozirgi kunda MDH mamlakatlarining milliy hisobchilik amaliyotida yalpi milliy daromad tizimidagi koʻrsatkichlarning aksariyatidan foydalanilmayapti. Ularning koʻpchiligida aholi ixtiyoridagi real pul daromadi koʻrsatkichlari hisoblanadi. Bu yerda muammo shundaki, bunday tartibda daromadlarni hisoblash uslubiyati MHT-2008 talablariga zid keladi. Bu esa, oʻz navbatida, ushbu koʻrsatkichni boshqa makroiqtisodiy koʻrsatkichlar bilan (YAIM) bogʻlab hisob-kitob qilish imkoniyatini qiyinlashtiradi. MDH mamlakatlarida hozirgacha aholi ixtiyoridagi real pul daromadi koʻrsatkichlarini hisoblash aholi pul daromadlari balansi boʻyicha yigʻilgan maʼlumotlar asosida hisobkitob qilinadi. Bunday usul esa, XXB tizimining eng asosiy uslublaridan biridir. Natijada, aholining pul daromadlari tarkibida MHTda nazarda tutilmagan tushumlar ham hisobga olinadi. Bular mulk, aksiya, obligatsiya va shu kabilarni sotishdan tushgan pul mablagʻlaridir. MHT-2008 da esa, bular daromad hisoblanmaydi. Bizning fikrimizcha, aholi real pul daromadlarini toʻliq hisoblash uchun iqtisodiyotning barcha boʻgʻinlari, eng avvalo, uy xoʻjaligi sektori uchun alohida hisoblar tizimini ishlab chiqish va uni mamlakatimiz milliy hisobchiligiga joriy qilish maqsadga muvofiqdir. MHTdagi YAIM harakatining keyingi bosqichida iqtisodiyotning yalpi foydasi shakllanadi. Yalpi foyda YAIMdan ishlab chiqarish jarayonida sarflangan barcha moddiy harajatlar, yollanma ishchilarning ish haqi, shuningdek, ishlab chiqarish va importga sof soliqlar summalarini ayirib tashlash yoʻli bilan aniqlanadi. Download 159.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling