Makroiqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo‘llari Reja


Download 52.08 Kb.
bet1/8
Sana31.01.2024
Hajmi52.08 Kb.
#1828486
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Makroiqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo‘l


Makroiqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga
erishish yo‘llari
Reja

  1. Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta'minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari.

  2. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari.

  3. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklligi. iqtisodiy inqirozlar.

  4. O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o'zgartirish vazifalari.

Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta'minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari


Iqtisodiyot barqaror rivojtanishi uchun uning tomonlari tasida ma'lum muvozanat bo'lishini taqozo qiladi.
Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonllar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir — biriga teng bo'lgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham butun iqtisodiyotining muvozanati tug'risida gap borganda eng avvalo yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidaga tenglik e'tiborga olinadi.
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatlikning shakllanish jarayoni va uni ta'minlash ancha murakkab va ziddiyatli. Chunki u o'z ichiga xususiy va umumiy xarakterdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi.
Xususiy muvozanatlik — bu ikkita o'zaro borliq bo'lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Xususiy muvozanatlik ishlab chiqarish va istmol, aholining sotib olish layoqati va tovar taklifi masalalari, budjet daromadlari va xarajatlari, aholida tovarlarga talab va taklif o'rtasidagi muvozanatliklar ko'rinishida chiqadi. Bu muvozanatliklar ichida Prezidentimiz A. Karimov ta'kidlab o'tganlaridek: «...ichki bozorda talab bilan taklif o'rtasida mutanosiblikka erishish, ya'ni qarilgan pul miqdori bilan unga sotib olinadigan mollar salmog'i o'rtasida to'g'ri nisbatni ta'minlash g'oyat katta rol o'ynaydi.»
Umumiy muvozanatlik jamiyag barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o'zaro teng kelishini bildiradi.
Umumiy iqtisodiy muvozanatlik bozor sharoitida, avvalo, yalpi talab va yalpi taklifning teng keliishda ko'rinadi. Bu nafaqat iste'molchilik ne'matlariga, balki ishlab chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy faoliyat natijalariga umumiy talab va taklifning muvofiq kelishidir.
Umumiy iqtisodiy muvozanatlik bir qator shart-sharoitlarni taqozo qiladi. Birinchidan, bu ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishidir.
Ikkinchidan, iqtisodiy muvozanatlik mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan xo'jalik mexanizmini taqozo qiladi.
Uchinchidan, muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste'molning xarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi. To'rtinchidan, iqtisodiyotda muvozanatlikning umumiy shart-sharoitlari bo'lib, bozor muvozanati, ya'ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va hokazolar)da talab va taklif muvozanatga erishishi xizmat qiladi.
Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqazo qiladi.
Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va to'xtovsiz rivojlanish holatida bo'ladi. Iqtisodiy sikl fazalarqda, bozor konyukturasi, bozor subyektlari daromadlari va talabi tarkibida o'zgarishlar ro'y berib turadi.
Bularning hammasi muvozanatli holatni turg'un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishini taqazo qiladi.
Shunday qilib makro darajada umumiy iqtisodiy muvozanatlik bu mamlakat butun iqtisodiyotning mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo'jaliklarning me'yorida rivojlanishini ta'minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari hamda barcha bozordaga o'zaro bog'liq va bir-birini taqazo qiladigan muvozanatliklar tizimini o'z ichiga oladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o'zaro bog'liq usuldan foydalaniladi: 1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.
2. Jamg'arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko'rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste'mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi (S+1p) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab chiqarishning shunday hajmini, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta'minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+Gp) teng bo'ladi.
Jamg'arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi.
Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste'mol qilmasdan jamg'arishga qo'yish mumkin. Jamg'arish, sarflar — daromadlar oqimidan potensial sarflarni olib qo'yish hisoblanadi. Bunda kamg'armaga qo'yilgan mablag' investitsiyalar bilan to'liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo'ladi.
Investitsion sarflarning ko'payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o'sishiga olib keladi. Bu o'zaro natija multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator amarasi - bu sof milliy mahsulotdagi o'zgarishning sarflaridagi (investitsiyalardagi) o'zgarishga nisbati.

Download 52.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling