Ichkimakroiqtisodiytartibgasolish-
ichkisoliqyokipul-
kreditsiyosatidantegishlichetelvalyutasiningyetishmasligibartarafqilishmaqsadidafo
ydalanish. Masalan, cheklovchi soliq va pul kredit siyosati tadbirlari mamlakat
milliy daromadini boshqa bir davlat milliy daromadiga nisbatan pasaytiradi
19.3. Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar
Valyuta kursi – bu, bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar
pul birligida ifodalangan bahosidir.
Valyuta kursini o’rnatish kotirovkalash deb ataladi. U to’g’ri va teskari
kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada
ko’rsatilsa, bunga to’g’ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSh dollari
1600so’mga teng. Teskari kotirovkalashda milliy valyutaning bir birligiga to’g’ri
keladigan xorijiy valyutaning miqdori o’rnatiladi.
Dunyoningko’pmamlakatlarida,
shujumladan,
O’zbekistondahamto’g’rikotirovkalashqabulqilingan.
Turlipulbirliklariuchunvalyutakurslarinio’rnatishjarayonidabozorkuchlarinin
gta’siretishdarajasibirxilemas. Bu ta’sir kuchiga bog’liq holda valyuta kurslarini
qabul qilishning bir-biridan farq qiluvchi ikki varianti mavjud.
1. Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki erkin suzib
yuruvchi valyuta kursi tizimi.
2. Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat’iy belgilangan valyuta kursi
tizimi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi.
Masalan, bir o’zbek so’mining AQSh dollariga almashishini qarab chiqamiz.
Milliy valyuta kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa
oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |