3. Investitsiya loyihalarini joylashtirish o„rni
Investitsiya loyihaning joylashish o„rnini belgilovchi omillar turli-
tuman bo„lib, bu omillarni ham tahlil qilish mumkin. Loyiha uchun NPVni
maksimallashtiradigan joy eng yaxshi hisoblanadi. Ko„p hollarda
joylashish o„rnini tanlash ham loyiha ko„lamini belgilashdagi kabi bir
qator jihatlarni hisobga olishni talab etadi. Masalan, sanoat korxonasi yoki
xom ashyo bazasi yaqiniga yoki boshlanich energiya manbai yaqiniga
yoki mahsulot bozori yoniga yoki bo„lmasa tegishli infratuzilmaga yaqin
joyda qurilishi mumkin. Har bir variant o„z afzalliklari va kamchiliklariga
ega. Maksimal NPV ni ta‟minlaydigan joylashish o„rni tanlanishi uchun bu
afzalliklar va kamchiliklar baholanishi hamda taqqoslanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |